Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladi:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (bundan buyon matnda Ittifoq deb yuritiladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibini belgilaydi.
4. Moddiy yordam ko‘rsatish Ittifoq tomonidan mazkur Qoidalarning 1-bandida ko‘rsatilgan talabalarga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qish uchun tuzilgan shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash orqali ko‘rsatiladi. Bunda talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.
17. Talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik ta’tilga chiqqan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 28 va 29-bandlariga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan moddiy yordam ko‘rsatish puli qayta hisob-kitob qilinishi va Ittifoqning Markaziy Kengashiga qaytarilishi lozim.
18. Oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan chiqarilgan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 27-bandiga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lmagan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi to‘langan moddiy yordam ko‘rsatish pulini talabadan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi.
20. Mazkur Qoidalarning 17 — 19-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar yuz bergan taqdirda Ittifoqning Yoshlar Kengashi Ittifoqning Markaziy Kengashiga o‘n kun ichida xabar beradi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”