Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 01.01.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 78-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda):
1) 6-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 34-moddasining uchinchi qismidagi “sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot idoralarining” degan so‘zlar “sog‘liqni saqlash organlari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 37-moddasidagi “ijtimoiy ta’minot” degan so‘zlar “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 38-moddasining birinchi qismidagi “Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 1998-yil 1 mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, №5, 124-modda, №9, 229-modda) 16-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi , 28-moddasining uchinchi qismidagi va 35-moddasining ikkinchi qismidagi “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 25-moddasining ikkinchi qismidagi “Mehnat vazirligining” degan so‘zlar “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda):
1) 32-moddasining to‘rtinchi qismidagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 37-moddasi birinchi qismining “a” bandi birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, “g” bandidagi, 40-moddasining birinchi qismidagi “Pensiya fondiga” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 43-moddasining to‘qqizinchi qismidagi “Pensiya fondiga” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 52-moddasidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” degan so‘zlar “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 66-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Pensiya fondi”, “Pensiya fondini”, “Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga”, “Pensiya fondiga” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 3-sentabrda qabul qilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 339-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 3-bandidagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga” degan so‘zlar “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 250-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 17-moddasi birinchi qismidagi 6.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda):
1) 9-moddasining birinchi qismidagi, 46-moddasining birinchi qismidagi, 49-moddasining birinchi qismidagi, 51-moddasining to‘rtinchi qismidagi, 56-moddasining matnidagi, 59-moddasining birinchi qismidagi, 71-moddasining birinchi qismidagi, 117-moddasining ikkinchi qismidagi, 137-moddasining ikkinchi qismidagi, 225-moddasining uchinchi qismidagi, 241-moddasining uchinchi qismidagi “Mehnat vazirligi”, “Mehnat vazirligining” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 67-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3) 76-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) 97-moddasi 5-bandining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5) 98-moddasi ikkinchi qismining birinchi jumlasi “korxonaning rahbari” degan so‘zlardan keyin “uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 100-moddasi ikkinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7) 101-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8) 102-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
X. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda):
1) 16-moddasining beshinchi qismidagi “ijtimoiy ta’minot” degan so‘zlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 17-moddasining uchinchi qismidagi “Mehnat vazirligi va” degan so‘zlar “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 21-moddasining birinchi qismidagi, 22-moddasining ikkinchi qismidagi, 29-moddasining birinchi qismidagi “va ijtimoiy ta’minot”, “ijtimoiy ta’minot”, 21-moddasining uchinchi qismidagi “aholini ijtimoiy himoya qilish” degan so‘zlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda) I bo‘limining 5-bandidagi 1-kichik bandning sakkizinchi xatboshisi, 11-bandining 1-kichik bandi, shuningdek 12-bandi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda):
1) 4-moddasining ikkinchi xatboshisi “to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi” degan so‘zlardan oldin “shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
1-bandidagi “va soliqlarni” degan so‘zlar “soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandidagi “soliqlarni hisoblab chiqarish” degan so‘zlar “soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddasi birinchi qismining 1-bandi “to‘g‘ri hisoblab chiqilishi” degan so‘zlardan oldin “shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 14-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi, 20-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga”, “Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
1) 3-moddasining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 4-moddasi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
uchinchi—o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha beshinchi—o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
1) 12-moddasining to‘rtinchi qismidagi “va O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondi organlarida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi – oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
to‘rtinchi — oltinchi qismlari tegishincha yettinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”