Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari (to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushumlarning faqat to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari (to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushumlarning faqat to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litsey uchun o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish hamda akademik litseyning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratish

3-bob. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylar uchun o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish

4-bob. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasarrufidagi akademik litseylarga o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish

5-bob. Yakuniy qoidalar

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-noyabrdagi 901-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari (to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushumlarning faqat to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalari rahbariyati oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari (to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushumlarning faqat to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash huquqiga ega.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”