T/r | Tadbirning nomi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Mas’ul ijrochilar |
I. Futbol sohasida iste’dodli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya) faoliyati samaradorligini oshirish va o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonini sifatli tashkil qilish | ||||
1. | Mahallada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasidagi faoliyat natijasiga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari –yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish | 2018-yil may | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (U. Axmatdjanov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
2. | Har bir hududda futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari negizida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalarini, shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida “Bunyodkor” stadioniga joylashtiriladigan Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil qilish | 2018-yil iyul | ijrochilar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), “O‘zbekneftgaz” AJ (A. Sultanov), O‘zbekiston futbol |
4. | Innovatsion ilmiy-metodik ishlanmalar va ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda ayollar futboli, plyaj futboli va futzal (mini-futbol) bo‘yicha tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish | 2018-yil iyul | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
5. | Innovatsion ilmiy-metodik ishlanmalar va ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda futbol bo‘yicha seleksionerlarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish | 2018-yil sentyabr | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston futbol |
6. | Futbol bo‘yicha sport ta’lim muassasalarida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil qilishning samaradorligini monitoring qilish tizimini joriy etish | 2018-yil oktyabr | ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti |
7. | Futbol bo‘yicha seleksionerlarni moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish | 2018-yil noyabr | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
8. | Futbol bo‘yicha professional futbol klublari va milliy terma jamoalar uchun zaxirani samarali tayyorlashni ta’minlash maqsadida ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash | 2019-yil fevral | ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti |
9. | Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida sport ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida futbol musobaqalarini tizimli tashkil qilish | taqvim rejaga muvofiq | mahalliy budjet, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
10 | Mashhur mahalliy va xorijiy futbolchilar, trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun futbol bo‘yicha festivallar va master-klasslar o‘tkazish | taqvim rejaga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) |
11. | Iqtidorli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida umum ta’lim maktablari o‘quvchilari, akademik litsey, professional ta’lim muassasasi o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida futbol musobaqalarini tashkil etish | taqvim rejaga muvofiq | mahalliy budjet, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Azizov) |
12. | Yoshlar, ayniqsa ularning uyushmagan qismi o‘rtasida tanlab olish (seleksiya)ni amalga oshirish maqsadida “Charm to‘p” turnirlari va boshqa musobaqalarni tizimli asosda o‘tkazish | taqvim rejaga muvofiq | mahalliy budjet, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
II. Trenerlar, hakamlar va futbol sohasidagi boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
14. | Futbol bo‘yicha hududiy texnik direktorlar lavozimlariga xorijiy mutaxassislarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish | 2018-yil iyul | — | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
15. | Futbol bo‘yicha hududiy texnik direktorlar lavozimlarini to‘ldirish uchun xorijiy mutaxassislardan nomzodlarni tanlab olishni tashkil etish | har yili | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekis�on futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
16. | O‘zbekiston Respublikasida futbol bo‘yicha trenerlik ta’limi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish | 2018-yil mart | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston futbol |
17. | Malakali trener kadrlarni tayyorlash maqsadida futbol bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan shaxslar uchun joylarda trenerlik kurslarini o‘tkazish | O‘zbekiston futbol assotsi�tsiyasining hududiy bo‘linmalari talabnomalariga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
18. | Osiyo futbol konfederatsiyasining “V” va “A” diplomlari dasturi bo‘yicha xalqaro trenerlik kurslarini o‘tkazish | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari talabnomalariga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
19. | FIFA va AFC instruktorlarini jalb qilgan holda Osiyo futbol konfederatsiyasining “PRO” dasturi bo‘yicha xalqaro trenerlik kurslarini o‘tkazish | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari talabnomalariga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
20. | FIFA va AFC instruktorlarini jalb qilgan holda Osiyo futbol konfederatsiyasining boshqa dasturlari bo‘yicha (ayollar futboli, futzal (mini futbol), plyaj futboli, darvozabonlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha trenerlar) xalqaro trenerlik kurslarini o‘tkazish. | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari talabnomalariga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
21. | FIFA, UEFA va OFK mutaxassislarini jalb qilgan holda trenerlik ta’limi bo‘yicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan kurslarni o‘tkazish | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
22. | Futbolning turli yo‘nalishlar� (futzal (mini futbol) va plyaj futboli) bo‘yicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar uchun FIFAning ixtisoslashtirilgan seminarlarini tashkil etish va o‘tkazish | har yili | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
23. | Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
24. | Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda futbol bo‘yicha faoliyat yuritayotgan trenerlar va hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
25. | O‘zbekiston Respublikasida futbol bo‘yicha hakamlarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish | 2018-yil | – | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
26. | Hakamlarni tayyorlash bo‘yicha instruktorlar uchun FIFAning ixtisoslashtirilgan kurslarini tashkil etish va o‘tkazish | har yili | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston �utbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
27. | Har yili futbolchilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda futbol bo‘yicha ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
28. | FIFA, UEFA va AFCning trenerlar tayyorlash �o‘yicha yetakchi xorijiy markazlarida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillarining stajirovkasini tashkil etish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi |
III. 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasidagi saralash turnirlarida ishtirok etish uchun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sifatli va samarali tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash | ||||
29. | Istiqbolli futbolchilarni jalb qilgan holda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangilangan tarkibini shakllantirish va tasdiqlash | 2018-yil dekabr | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (U. Axmatdjanov) | |
30. | Futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning jahondagi yetakchi futbol jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini tizimli asosda tashkil etish | 2018 — 2022-yillar davomida | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
31. | Futbol infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda o‘quv-mashq yig‘inlarini tashkil etish | 2018 — 2022-yillar davomida | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
32. | Futbol bo‘yicha milliy terma jamoa futbolchilari uchun chet tillarni o‘rganish kurslarini tashkil etish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
IV. Futbolni rivojlantirishning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish | ||||
33. | Mahallalarda futbol maydonlari qurilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurilishini nazarda tutuvchi “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini ishlab chiqish | 2018-yil may | ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
34. | “Bunyodkor” stadionini barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining balansiga o‘tkazishni ta’minlash | 2018-yil may | — | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R. Gulyamov), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov), “O‘zbekneftgaz” AJ (A. Sultanov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), vazirlik |
35. | Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish | 2019-yil iyun | ijrochilar va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Toshkent viloyat hokimligi (G. Ibragimov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi (U. Axmatdjanov) |
37. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida sun’iy qoplamali zamonaviy futbol stadioni qurish | 2020-yil | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
38. | Surxondaryo viloyati Termiz shahrida zamonaviy futbol stadioni qurish | 2021-yil mart | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Surxondaryo viloyati hokimligi (E. Turdimov), O‘zbekiston futbol |
39. | Sirdaryo viloyati Guliston shahrida zamonaviy futbol stadioni qurish | 2022-yil fevral | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Sirdaryo viloyat hokimligi (G. Mirzayev), O‘zbekiston futbol |
40. | Futzal (mini-futbol) bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish uchun asbob-uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy sport zallari tarmog‘ini qurish | 2022-yil dekabr | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
41. | Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ishtirokchilari — professional futbol klublari stadionlarini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq rekonstruksiya qilish | 2022-yil dekabr | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston �espublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston futbol |
42. | Har bir hududda plyaj futboli bilan shug‘ullanish uchun qumli maydonchalarni qurish | 2022-yil dekabr | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston futbol |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 16.03.2018 yildagi PQ-3610-son
Кучга кириш санаси
17.03.2018
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJning:
“Bunyodkor” stadionini barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga (keyingi o‘rinlarda “Bunyodkor” stadioni deb yuritiladi) futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini tashkil qilish va sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi etib belgilash;
istiqbolli yosh futbolchilarni keyinchalik professional tarzda tayyorlash hamda futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida joylarda ularni tanlab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari, shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Futbol bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash respublika maktabini tugatib, futbol bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifasini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuklash;
O‘zbekiston Futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarini tugatish hamda bo‘shagan mablag‘larni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
mahallalarda futbol maydonlari qurilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurilishini nazarda tutuvchi “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini;
fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari — yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarorlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyatini tanqidiy o‘rgansin va natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
ularning negizida 14 ta hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil qilish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufiga o‘tkazish hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolishni;
futbol bo‘yicha boshqa davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini hududlarda sport turlarini rivojlantirish zarurati va ustuvorligini inobatga olgan holda, boshqa olimpiya va milliy sport turlari, shu jumladan sportning o‘yin turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga qayta ixtisoslashtirishni;
bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga, shuningdek, qayta ixtisoslashtirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga beriladigan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish dasturini tasdiqlashni;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini “Bunyodkor” stadioniga joylashtirishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritsin.
“Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi” MChJ “Bunyodkor” stadionidan foydalanuvchi tashkilot hisoblanadi;
“Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi” MChJni (keyingi o‘rinlarda — Direksiya), shuningdek, “Bunyodkor” stadionini saqlash va undan foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari “O‘zbekneftgaz” AJ va Direksiya mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
“O‘zbekneftgaz” AJ bir oy muddatda “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasi” MChJning ta’sis hujjatlariga Direksiya O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida faoliyat yuritishini nazarda tutgan holda tegishli o‘zgartishlar kiritilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Moliya vazirligining quyidagi mablag‘larni:
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar respublika Kalendar rejasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘larini;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish uchun ajratiladigan mablag‘larini;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
homiylar va xayriya qiluvchilarning mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘larni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi faoliyatini va unga yuklatilgan vazifalarni moliyalashtirish manbalari etib belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublari — barcha turdagi soliqlar;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublari — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq futbol bo‘yicha sport obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelim va maxsus professional sport kiyimlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalarini olib kirganlik uchun bojxona to‘lovlarini (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublari tomonidan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar futbolni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son)
foyda solig‘ini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi va professional futbol klublarining faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan homiylik va xayriya yordami shaklidagi mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
futbol bo‘yicha mashg‘ulot va yig‘inlarni o‘tkazish vaqtida futbolchilar va boshqa mutaxassislar (hakam, instruktor, trener, texnik direktor, sport direktori, shifokor va massajchi, seleksioner, video-operator va fotograf), shu jumladan xorijiy mutaxassislarning sport oziq-ovqatlari bilan ovqatlanishini, shuningdek, ularni mukofotlash (rag‘batlantirish)ni tashkil etishga sarflanadigan mablag‘lar jismoniy shaxslarning daromadlari hisoblanmaydi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga ko‘ra xorijdan jalb etiladigan mutaxassislar, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Birlashmasi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi delegatsiyalari hamda xalqaro rasmiy va norasmiy uchrashuvlarga taklif etiluvchi hakamlarga kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga ko‘ra xorijdan jalb etiladigan mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda ko‘p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishi, berilishi va muddatining uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga ko‘ra o‘rnatilgan to‘lovlarni undirmagan holda O‘zbekiston Respublikasiga chet el mutaxassislarini jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (uzaytirilishi)ni, shuningdek, ko‘rsatilgan chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishi (uzaytirilishi)ni belgilangan tartibda ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 06/19/5887/4116-son)
16. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Adliya vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hududiy bo‘linmalarining rahbariyati va ma’muriy tarkibi (apparati)ning namunaviy tuzilmasini yangilash, shuningdek, ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Sh.X. Israilov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi U.M. Axmatjanov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)