O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(I va II bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi,1997-y., 4-5-songa ilova)
III. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 13-modda, 1994-yil, № 11- 12, 285-modda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1995-yil, № 9, 193-modda):
“3. Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, tashkil etish va ularning faoliyat tartibi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi”;
“Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ta’sis shartnomasi va ustav asosida ish yuritadi”;
jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, uning rejalarini va ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash;
ijroiya organi va taftish komissiyasi a’zolarini saylash, chaqirib olish hamda ularning faoliyat yuritishi tartibini tasdiqlash;
jamiyat, shu jumladan uning filiallari faoliyatining yillik natijalarini, shuningdek taftish komissiyasining hisobotlari va xulosalarini, daromadni (foydani) taqsimlash va zararni qoplash tartibini tasdiqlash;
filiallar va vakolatxonalarni tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish, ular to‘g‘risidagi nizomlarni (ustavlarni) tasdiqlash;
jamiyatni boshqarish organlarining mansabdor shaxslarini mulkiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
jamiyatning tartib-taomil qoidalarini va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlash, jamiyatning tashkiliy tuzilishini belgilash;
jamiyatni, uning filiallarini va vakolatxonalarini boshqarish organlari mansabdor shaxslarining mehnatiga haq to‘lash shartlarini belgilash;
jamiyat faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash, tugatish balansini tasdiqlash;
Jamiyatning ustavida umumiy yig‘ilishning mutlaq vakolatiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
Jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, uning rejalarini va rejalarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash, jamiyat ustavini, ustav fondini o‘zgartirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar jamiyat qatnashchilarining to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik ovoz bilan, qolgan masalalar yuzasidan esa oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Qatnashchini jamiyatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish chog‘ida bu qatnashchi yoki uning vakili ovoz berishda ishtirok etmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda) 4-moddasining 1-bandi quyidagi mazmundagi “yu” bandchasi bilan to‘ldirilsin:
“yu) iste’molchilar — o‘zlarining huquqlari buzilishi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan, shuningdek tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari — iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qilinadigan da’volar yuzasidan:
Keyingi tahrirga qarang.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda; 1994-yil, № 11- 12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5- 6, 69-modda) 16-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, investorlar, investitsiya institutlari, shuningdek ularning birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari), qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat tomonidan vakolat berilgan organlar va boshqalar qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari hisoblanadilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 130-modda) 28-moddasida:
“Birinchi navbatda fuqarolarning mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish va mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lanishi xususidagi talablari, shuningdek agar tugatilayotgan yuridik shaxs fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun javobgar bo‘lsa, ularning talablari tegishli vaqtbay to‘lovlarni kapitallashtirish yo‘li bilan qondiriladi”.
“Undirib olinayotgan summa birorta navbatdagi talablarni to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, bu talablar har bir undirib oluvchiga tegishli summaga mutanosib tarzda qondiriladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5- 6, 69-modda):
Ov qilish, baliq tutish yoki baliq zaxiralarini muhofaza etish qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov qilish yoki baliq tutish, shuningdek ov qilish yoki baliq tutishning boshqa qoidalarini muntazam ravishda buzish —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga, yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi”;
“Ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan eri to‘g‘risida axborot bo‘lmagan tovarlarni realizatsiya qilish, shuningdek realizatsiya qilish maqsadida sotib olish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Monopoliyaga qarshi qaratilgan faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki ularga atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismida “90” raqami “90-moddaning ikkinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, “178” raqami esa chiqarib tashlansin;
5) 257-moddaning birinchi qismi “(sanitariya-ekologiya ekspertizasi qismida)” degan so‘zlardan keyin “178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 261-moddaning birinchi qismi “89-moddalarida (atmosfera havosiga zararli fizik ta’sir ko‘rsatish bundan mustasno)” degan so‘zlardan keyin “90-moddaning birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin, “162-moddasida” degan so‘zlardan keyin esa “178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 265-moddaning birinchi qismi “ushbu Kodeksning” degan so‘zlardan keyin “178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlariga ushbu Kodeksning 178-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga quyidagilar haqlidirlar:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga.
Arxitektura va qurilish organlariga ushbu Kodeksning 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga quyidagilar haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda;
arxitektura va qurilish hududiy organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — eng kam ish haqining to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda):
birinchi qismining tavsif qismi “o‘q-dorilarni” degan so‘zlardan keyin “shuningdek giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismining tavsif qismi “psixotrop moddalarni” degan so‘zlardan keyin “ko‘p miqdorlarda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatining respublikaga olib kirilayotgan, respublikadan olib chiqilayotgan va tranzit bo‘lib o‘tayotgan karantindagi materiallarni tekshirish va ko‘zdan kechirish, shuningdek hujjatlar berish bilan bog‘liq xarajatlari yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan qoplanadi”.
X. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining Ro‘yxati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda; 1994-yil, № 4, 109-modda, № 5, 143-modda, № 8 - 9, 244-modda, № 10, 258-modda) quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, yozib olish, ko‘paytirish va sotish”.
Keyingi tahrirga qarang.