02.02.2018 yildagi 131-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi to‘g‘risida”gi Nizomiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2012-y, 50-son, 559-modda), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob uskunalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (25.04.2013-yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, raqami 2452, O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2013-y, 17-son, 229-modda)ga muvofiq tumanda 2018-yil qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish ish rejasi 1-ilovaga* muvofiq, qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.