Guliston shahar hokimining
Qarori
Guliston shahar mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
Guliston shahar mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli ko‘rsatkichlarini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining
24
,
25-moddalariga
binoan Xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Guliston shahar mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli ko‘rsatkichlari tasdiqlansin.
2. Shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U. Kamolov, shahar Davlat soliq inspeksiyasi (N. Shaydullayev) hamda shahar moliya bo‘limi (B. Xatamov) hududlarni kompleks rivojlantirish, jumladan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish orqali mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini oshirish yuzasidan aniq, manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
3. Shahar hokimligi asosiy e’tiborni, birinchi darajali xarajatlar — ish haqi, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalarni to‘liq moliyalashtirilishiga va o‘z vaqtida to‘lanishiga qaratib, ushbu masalalarga shahar Kengashi deputatlari, jamoatchilikni keng jalb etishni ta’minlasinlar.
4. 2018-yil budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari yetakchi o‘rinni egallab, ushbu sohalarga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish choralari ko‘rilsin.
5. Shahar moliya bo‘limi (B. Xatamov), shahar g‘aznachilik bo‘limi (T. Ummatqulov) budjet mablag‘larining maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi U. Toshboyevga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror rasmiy nashrda e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kengashi raisi Sh. ISMATULLAYEV
Guliston sh.,
2017-yil 31-dekabr,
20/2-son