Xalq Deputatlari Guliston tuman Kengashining
Qarori
Guliston tumani mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
Guliston tumani mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli ko‘rsatkichlarini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining
24
,
25-moddalariga
binoan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Guliston tumani mahalliy budjetining 2018-yilga asosiy istiqbolli ko‘rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari M. Xaitov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi (T. Elmurodov), tuman moliya bo‘limi (X. Atabayev) hududlarni kompleks rivojlantirish, jumladan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish orqali mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini oshirish, shu orqali tumanning subvensiya ulushini kamaytirish yuzasidan aniq, manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
3. Tuman hokimligi asosiy e’tiborni, birinchi darajali xarajatlar — ish haqi, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalarni to‘liq moliyalashtirilishiga va o‘z vaqtida to‘lanishiga qaratib, ushbu masalalarga tuman Kengashi deputatlari, jamoatchilikni keng jalb etishni ta’minlasinlar.
4. 2018-yil budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari yetakchi o‘rinni egallab, ushbu sohalarga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish choralari ko‘rilsin.
5. Tuman moliya bo‘limi (X. Atabayev), tuman bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmasi (F. Ashurmatov) budjet mablag‘larining maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi P. Turopovga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror rasmiy nashrda e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
8. Qaror matni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Kengash raisi A. IBODULLAYEV
Dehqonobod sh.,
2017-yil 31-dekabr,
120/34-05-son