22.02.2018 yildagi 136-son
Hujjat 23.02.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan Toshkent shahrida transportda tashuvlarga tariflarning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 2017-2018-yillarda “Toshshahartransxizmat” AJga subsidiyalar ajratish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi ushbu qarorning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar olingandan keyin uch kun muddatda Toshkent shahar Davlat moliya nazorati boshqarmasi bilan birgalikda, subsidiyalar ajratishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlaydi va uni barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi;