Sud ma’muriy ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ekspert: ushbu Kodeksning 21 va 22-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sudning chaqiruviga binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertiza o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar o‘rtasida taqsimlanadi.
Dastlabki himoya choralari turini almashtirish to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralari turini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Dastlabki himoya choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi dastlabki himoya choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
1) ushbu Kodeks 99-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 99-moddasining 2 va 3-bandlarida va 100-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 100-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar;
4) ushbu Kodeks 100-moddasining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holat bartaraf etilguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(113-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(113-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Sud majlisida hozir bo‘lmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa sud majlisida hal etiladi. O‘ziga nisbatan sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan shaxs sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(130-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuniga asosan 11-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Sudya ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki arizachida mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeks 130-moddasi birinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
1) arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi.
Sud tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Biroq tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sud hujjatini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘riladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4, 6 — 8, 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikri aks ettiriladi, shuningdek sud majlisini yozib olishning texnik vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
O‘ziga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tatbiq etiladigan fuqaro yoki yuridik shaxs mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan deb hisoblasa, ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Arizaga ushbu Kodeksning 130-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatning matni ilova qilinadi.
Arizaga (shikoyatga) ushbu Kodeksning 130-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning matni ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(206-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(210-moddaning birinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni apellatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
5) ushbu Kodeks 220-moddasi to‘rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(230-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(234-moddaning birinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan ushbu Kodeksning 28-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 136-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
5) ushbu Kodeks 244-moddasi to‘rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(253-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Ushbu Kodeksning 249, 250, 252 va 253-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan nazorat shikoyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan o‘rganiladi.
1) nazorat shikoyatini ushbu Kodeks 255-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaytarish to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
(255-moddaning birinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Shikoyat bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Nazorat shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida ish nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda nazorat instansiyasi sudi majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
2) ushbu Kodeks 244-moddasi to‘rtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
1) ariza ushbu Kodeksning 270 va 271-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan bo‘lsa;
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.