Sud ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
5) ushbu Kodeksning 30-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida ko‘rsatilgan ishlar nizo yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat’i nazar, sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi O‘RQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Iqtisodiy sudlar ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan ishlarni ushbu Kodeksning 8, 28 va 29-boblarida ko‘rsatilgan xususiyatlar bilan birgalikda iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqadi.
Korporativ nizolar bo‘yicha da’volar ushbu Kodeksning 30-moddasida ko‘rsatilgan yuridik shaxs joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi.
Ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan protsessual harakatlar amalga oshirilayotgan vaqtda sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi sifatida qatnashadi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sud chaqiruviga binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertiza o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar o‘rtasida taqsimlanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
1) ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 101-moddasining 2 va 5-bandlarida, 102-moddasining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilinguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 101-moddasining 3 va 4-bandlarida va 102-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tguniga qadar;
4) ushbu Kodeks 102-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, shuningdek ushbu Kodeks 110-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan holda davlat bojini budjetdan qaytarish va sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(116-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(116-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Sud majlisida hozir bo‘lmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa sud majlisida hal etiladi. O‘ziga nisbatan sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan shaxs sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi qarorining xulosa qismida ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari, ish bo‘yicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
Sudya ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha, shuningdek agar bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Arizani qabul qilish bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmaganligi asosida rad etilganligi kreditorning ushbu talab bo‘yicha umumiy tartibda da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
1) ariza ushbu Kodeksning 136-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan bo‘lsa;
3) bildirilgan talabni tasdiqlovchi, shuningdek ushbu Kodeksning 138-moddasida sanab o‘tilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa;
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani ushbu modda birinchi qismining 1 — 6-bandlari asosida qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu modda birinchi qismining 7-bandi asosida esa sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqidagi ariza kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Sudya ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini, agar da’vo arizasiga davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki da’vogarda mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi tegishli iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
1) da’vo arizasining ushbu Kodeks 149-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;
Sud ushbu Kodeks 160-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lmagan qarshi da’voni qaytaradi.
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida belgilangan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi.
Sud tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini, sudning hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan ko‘riladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4, 6 — 8, 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikrlari aks ettiriladi, shuningdek sud majlisida yozib olish texnik vositalaridan foydalanganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjat ilova qilinadi.
Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Ushbu Kodeks 223-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rad etilishi kerak.
Ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida, mazkur moddaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 226-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini qabul qilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak.
Ushbu Kodeks 228-moddasining ikkinchi qismi talablariga rioya etilmaganda, shuningdek ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rad etiladi.
Ushbu Kodeks 37-moddasining to‘rtinchi qismida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmaganda, shuningdek ariza olti oylik muddat o‘tgach berilgan taqdirda va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 231-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun iqtisodiy sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan iqtisodiy sudning ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarorini qabul qilgan bo‘lsa, iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
Iqtisodiy sudning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ajrimi bilan ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ishni ko‘rishda ushbu Kodeksning 255-256-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudiga taqdim etilgan, bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 157-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni apellatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
5) ushbu Kodeks 279-moddasi to‘rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisida audio- yoki videoyozuv amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvlarning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(292-moddaning birinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan ushbu Kodeksning 36-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 157-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
3) ushbu Kodeks 302-moddasi to‘rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni hal qiluv qarori bekor qilingan sud instansiyasiga yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ushbu sud hujjatlari tufayli buzilgan bo‘lsa, ushbu shaxslarning shikoyatlari bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarining protesti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida qayta ko‘rilishi mumkin.
Agar sud hujjati nomuayyan doiradagi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini yoki jamiyat va davlat manfaatlarini buzsa, ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protesti bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Kodeksning 307, 308, 310 va 311-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan nazorat shikoyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan o‘rganiladi.
1) nazorat shikoyatini ushbu Kodeks 313-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaytarish to‘g‘risida;
2) nazorat shikoyatini qabul qilishni ushbu Kodeks 314-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra rad etish haqida;
Shikoyat bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, yangidan umumiy tartibda murojaat qilishga haqli.
Nazorat shikoyati (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida ish nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda nazorat instansiyasi sudi majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
2) ushbu Kodeks 302-moddasi to‘rtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
1) ariza ushbu Kodeksning 328 va 329-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan bo‘lsa;
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Agar sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, undiruvchi, qarzdor va davlat ijrochisi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.