Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR

1-bob. Asosiy qoidalar

1-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

2-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari

3-modda. Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi va murojaatning shakli

4-modda. Iqtisodiy ish

5-modda. Sud hujjatlari

2-bob. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish prinsiplari

6-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi

7-modda. Qonun va sud oldida tenglik

8-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi

9-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi

10-modda. Sud ishlari yuritiladigan til

11-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi

12-modda. Sud muhokamasining bevositaligi

13-modda. Ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish

14-modda. Chet davlat huquqi normalarini qo‘llash

15-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi

3-bob. Sudning tarkibi

16-modda. Ishlarning yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi

17-modda. Sud tarkibini shakllantirish

18-modda. Masalalarni sudyalar hay’ati tarkibi tomonidan hal qilish tartibi

19-modda. Ishni ko‘rishda sudyaning takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi

4-bob. Sudyani va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini rad qilish

20-modda. Sudyani rad qilish

21-modda. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini va tarjimonni rad qilish

22-modda. Rad qilish haqidagi arizalar

23-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal etish tartibi

24-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari

5-bob. Iqtisodiy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi

1-§. Sudga taalluqlilik

25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi

26-modda. Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar

27-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar

28-modda. Hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlar

29-modda. Nizolarni hal etishni hakamlik sudiga topshirish

30-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha ishlar

31-modda. Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar

2-§. Sudlovga tegishlilik

32-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi

33-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari

34-modda. Da’vogarning tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik

35-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi

36-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi

37-modda. Alohida sudlovga tegishlilik

38-modda. Shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik

39-modda. Ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazish

6-bob. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari

1-§. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi, huquq va majburiyatlari

40-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi

41-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar

42-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari

43-modda. Taraflar

44-modda. Ishda bir necha da’vogar va javobgarning ishtirok etishi

45-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish

46-modda. Protsessual huquqiy vorislik

47-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar

48-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar

49-modda. Ishda prokurorning ishtiroki

50-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki

51-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar

52-modda. Sud majlisining kotibi

53-modda. Guvoh

54-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari

55-modda. Ekspert

56-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari

57-modda. Mutaxassis

58-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari

59-modda. Tarjimon

60-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari

2-§. Sudda vakillik

61-modda. Vakillar orqali ish yuritish

62-modda. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish

63-modda. Vakilning vakolatlari

64-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ular vakillarining vakolatlarini tekshirish

65-modda. Sudda vakil bo‘la olmaydigan shaxslar

7-bob. Dalillar va isbotlash

66-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari

67-modda. Isbotlash

68-modda. Isbotlash majburiyati

69-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish

70-modda. Dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish

71-modda. Dalillarning aloqadorligi

72-modda. Dalillarning maqbulligi

73-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari

74-modda. Dalillarga baho berish

75-modda. Yozma dalillar

76-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish

77-modda. Ashyoviy dalillar

78-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash

79-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish

80-modda. Ekspertiza

81-modda. Ekspertizani o‘tkazish tartibi

82-modda. Qo‘shimcha va takroriy ekspertizalar

83-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi

84-modda. Komissiyaviy ekspertiza

85-modda. Kompleks ekspertiza

86-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi

87-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)

88-modda. Guvohning ko‘rsatuvlari

89-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari

90-modda. Dalillarni ta’minlash

91-modda. Sud topshiriqlari

92-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi

8-bob. Da’voni ta’minlash

93-modda. Da’voni ta’minlash asoslari

94-modda. Da’voni ta’minlash choralari

95-modda. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza

96-modda. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish

97-modda. Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish

98-modda. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimni ijro etish

99-modda. Da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish

100-modda. Da’voni ta’minlash tufayli javobgarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash

9-bob. Ish yuritishni to‘xtatib turish

101-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati

102-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi

103-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish muddatlari

104-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turishning huquqiy oqibatlari

105-modda. Ish yuritishning tiklanishi

106-modda. Ish yuritishni to‘xtatib turish va uni tiklash tartibi

10-bob. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish

107-modda. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish asoslari

108-modda. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish tartibi

109-modda. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish oqibatlari

11-bob. Ish yuritishni tugatish

110-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari

111-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari

12-bob. Sud xarajatlari

112-modda. Sud xarajatlarining turlari

113-modda. Davlat boji

114-modda. Da’voning bahosi

115-modda. Davlat bojini qaytarish

116-modda. Sud chiqimlari

117-modda. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni to‘lash

118-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi

13-bob. Protsessual muddatlar

119-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash

120-modda. Protsessual muddatlarning tugashi

121-modda. Protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari

122-modda. Protsessual muddatlarni to‘xtatib turish

123-modda. O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash

124-modda. Protsessual muddatlarni uzaytirish

14-bob. Sud jarimalari

125-modda. Sud jarimalarini solish

126-modda. Sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tartibi

15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari

127-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi

128-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish

129-modda. Ish yuritish vaqtida manzilning o‘zgarishi

16-bob. Kelishuv bitimi

130-modda. Taraflarning kelishuvi

131-modda. Kelishuv bitimini tuzish

132-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni

133-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish

134-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish

II BO‘LIM. BIRINChI INSTANSIYA SUDIDA ISh YuRITISh

17-bob. Sud buyrug‘i

135-modda. Sud buyrug‘i berish bo‘yicha talablar

136-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni

137-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘chirma nusxalarini qarzdorga topshirish

138-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

139-modda. Davlat boji

140-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish

141-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish

142-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga e’tiroz

143-modda. Sud buyrug‘ini berish tartibi va muddati

144-modda. Sud buyrug‘i berishni rad etish

145-modda. Sud buyrug‘ining mazmuni

146-modda. Sud buyrug‘ining qonuniy kuchga kirishi

147-modda. Sud buyrug‘ini bekor qilish

18-bob. Da’vo taqdim etish

148-modda. Ish qo‘zg‘atish asoslari

149-modda. Da’vo arizasining shakli va mazmuni

150-modda. Da’vo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborish

151-modda. Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar

152-modda. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish

153-modda. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish

154-modda. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish

155-modda. Da’vo arizasini qaytarish

156-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr

157-modda. Da’voning asosini yoki predmetini, da’vo talablari miqdorini o‘zgartirish, da’vodan voz kechish

158-modda. Ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish

159-modda. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish

160-modda. Qarshi da’voni taqdim etish huquqi

161-modda. Qarshi da’voni taqdim etish va ish yuritishga qabul qilish

19-bob. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash

162-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim

163-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha harakatlari

20-bob. Sud muhokamasi

164-modda. Sud muhokamasining muddati

165-modda. Sud majlisi

166-modda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish

167-modda. Sud majlisidagi tartib

168-modda. Dalillarni tekshirish

169-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi

170-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr, qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganda, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar kelmaganida nizoni hal qilish

171-modda. Sud muhokamasini keyinga qoldirish

172-modda. Sud majlisida tanaffus

173-modda. Sud muzokaralari

174-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash

175-modda. Sud hujjatini qabul qilish uchun sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi

21-bob. Sudning hal qiluv qarori

1-§. Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari

176-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish

177-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida hal etiladigan masalalar

178-modda. Hal qiluv qarorini tuzish

179-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni

2-§. Da’vo ishini yuritish tartibida hal etiladigan alohida toifadagi nizolar bo‘yicha hal qiluv qarorlari mazmunining xususiyatlari

180-modda. Pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori

181-modda. Mol-mulkni undirib berish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori

182-modda. Ijro hujjatini ijro etish mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori

183-modda. Shartnoma tuzish yoki uni o‘zgartirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori

184-modda. Muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori

185-modda. Bir necha da’vogar foydasiga yoki bir necha javobgarga qarshi qabul qilingan hal qiluv qarori

3-§. Sudning hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyingi harakatlari

186-modda. Hal qiluv qarorini e’lon qilish

187-modda. Hal qiluv qarorining o‘zgarmasligi

188-modda. Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini yuborish

189-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori

190-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish

191-modda. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish

4-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi

192-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi

193-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash

194-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish

22-bob. Sud ajrimi va qarori

195-modda. Ajrim chiqarish

196-modda. Ajrimning mazmuni

197-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborish

198-modda. Ajrimni ijro etish

199-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari

200-modda. Xususiy ajrim va qaror

23-bob. Sud bayonnomasi

201-modda. Bayonnoma

202-modda. Bayonnoma yuritish

203-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar

24-bob. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish

204-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish

205-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar

206-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi

207-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni

208-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasining xususiyatlari

209-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni aniqlash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori

25-bob. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish

210-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi

211-modda. Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqi

26-bob. Korporativ nizolar bo‘yicha ish yuritish

212-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish

213-modda. Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasiga doir talablar

214-modda. Korporativ nizolar bo‘yicha da’voni ta’minlash choralari

27-bob. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish

215-modda. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida murojaat qilish huquqi

216-modda. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish

217-modda. Huquqiy ta’sir choralari

218-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni

219-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

220-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha xabarlar va chaqiruvlar

221-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud muhokamasi

222-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori

28-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish

223-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish

224-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni

225-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi

226-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari

227-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrim

29-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish

228-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari

229-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni

230-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi

231-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari

232-modda. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrim

30-bob. Yo‘qolgan sud ishini va ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish

233-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash tartibi

234-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risida ariza berish

235-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish

236-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha hal qiluv qarori

237-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish

238-modda. Yo‘qolgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash bilan bog‘liq sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)

III BO‘LIM. ChET ELLIK ShAXSLAR IShTIROKIDAGI IShLARNI YuRITISh

31-bob. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni ko‘rib chiqishning umumiy qoidalari

239-modda. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha vakolatlari

240-modda. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha mutlaq vakolatlari

241-modda. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha vakolatlarini belgilash to‘g‘risidagi bitim

242-modda. Sudning immuniteti

243-modda. Chet davlat sudi tomonidan ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ishlarni ko‘rishning protsessual oqibatlari

32-bob. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni ko‘rish xususiyatlari

244-modda. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni ko‘rish tartibi

245-modda. Chet ellik shaxslarning protsessual huquqlari va majburiyatlari

246-modda. Chet elga mansub hujjatlarga qo‘yiladigan talablar

247-modda. Ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi sud topshiriqlari

33-bob. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish

248-modda. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish

249-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza

250-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni

251-modda. Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

252-modda. Chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

253-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani qaytarish

254-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi

255-modda. Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish asoslari

256-modda. Chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad qilish asoslari

257-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrim

258-modda. Chet davlat sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini ijroga qaratish

IV BO‘LIM. IQTISODIY SUDLARNING SUD HUJJATLARINI QAYTA KO‘RISh BO‘YIChA ISh YuRITISh

34-bob. Apellatsiya instansiyasida ish yuritish

259-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi

260-modda. Hal qiluv qarorlarining qonuniyligini va asosliligini apellatsiya tartibida tekshiruvchi sudlar

261-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi

262-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati

263-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni

264-modda. Apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini yuborish

265-modda. Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar

266-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddati

267-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish

268-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

269-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

270-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish

271-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish

272-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish

273-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish

274-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi

275-modda. Apellatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellatsiya protestini chaqirib olish

276-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish chegaralari

277-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati

278-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

279-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari

280-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori

281-modda. Birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan apellatsiya shikoyati (protesti)

35-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish

282-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi

283-modda. Hal qiluv qarorlarining qonuniyligini va asosliligini kassatsiya tartibida tekshiruvchi sudlar

284-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi

285-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati

286-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni

287-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini yuborish

288-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar

289-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddati

290-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish

291-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

292-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

293-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish

294-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish

295-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish

296-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish

297-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi

298-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Kassatsiya protestini chaqirib olish

299-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish chegaralari

300-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati

301-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

302-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari

303-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori

304-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi ko‘rsatmasining majburiyligi

305-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)

306-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyat (protest)

36-bob. Sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish

307-modda. Nazorat tartibida qayta ko‘riladigan sud hujjatlari

308-modda. Ishlarni nazorat tartibida ko‘radigan sudlar

309-modda. Ishni talab qilib olish

310-modda. Nazorat shikoyati (protesti) berish tartibi va muddati

311-modda. Nazorat shikoyatining (protestining) mazmuni

312-modda. Nazorat shikoyatini o‘rganish

313-modda. Nazorat shikoyatini qaytarish

314-modda. Nazorat shikoyatini qabul qilishni rad etish

315-modda. Nazorat shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim

316-modda. Nazorat shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim

317-modda. Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan nazorat tartibida ko‘rib chiqish

318-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish

319-modda. Ishni nazorat tartibida ko‘rish muddatlari va tartibi

320-modda. Nazorat shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni chaqirib olish

321-modda. Ishni nazorat tartibida ko‘radigan sudning vakolatlari

322-modda. Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari

323-modda. Ishni nazorat tartibida ko‘radigan sudning qarori

324-modda. Ishni nazorat tartibida ko‘rgan sud ko‘rsatmalarining majburiyligi

37-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish yuzasidan ish yuritish

325-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish huquqi

326-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘radigan sudlar

327-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish asoslari

328-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati

329-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni

330-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish

331-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qaytarish

332-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi va muddati

333-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqariladigan ajrim

V BO‘LIM. IQTISODIY SUDLARNING SUD HUJJATLARINI IJRO ETISh.

334-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish

335-modda. Ijro varaqasi

336-modda. Ijro varaqasini berish

337-modda. Ijro varaqasining mazmuni

338-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati

339-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi

340-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash

341-modda. Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish

342-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish

343-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi

344-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilish

345-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish

346-modda. Ijro ishini yuritishni tiklash

347-modda. Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish

Hujjat 01.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Sud ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
5) ushbu Kodeksning 30-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno;
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida ko‘rsatilgan ishlar nizo yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat’i nazar, sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlar ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan ishlarni ushbu Kodeksning 8, 28 va 29-boblarida ko‘rsatilgan xususiyatlar bilan birgalikda iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqadi.
Korporativ nizolar bo‘yicha da’volar ushbu Kodeksning 30-moddasida ko‘rsatilgan yuridik shaxs joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi.
Ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan protsessual harakatlar amalga oshirilayotgan vaqtda sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi sifatida qatnashadi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sud chaqiruviga binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertiza o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar o‘rtasida taqsimlanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
1) ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
2) ushbu Kodeks 101-moddasining 2 va 5-bandlarida, 102-moddasining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilinguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 101-moddasining 3 va 4-bandlarida va 102-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tguniga qadar;
4) ushbu Kodeks 102-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — sud tomonidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, shuningdek ushbu Kodeks 110-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan holda davlat bojini budjetdan qaytarish va sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud majlisida hozir bo‘lmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa sud majlisida hal etiladi. O‘ziga nisbatan sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan shaxs sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi qarorining xulosa qismida ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari, ish bo‘yicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
Sudya ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha, shuningdek agar bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Arizani qabul qilish bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmaganligi asosida rad etilganligi kreditorning ushbu talab bo‘yicha umumiy tartibda da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
1) ariza ushbu Kodeksning 136-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan bo‘lsa;
3) bildirilgan talabni tasdiqlovchi, shuningdek ushbu Kodeksning 138-moddasida sanab o‘tilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa;
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani ushbu modda birinchi qismining 1 — 6-bandlari asosida qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu modda birinchi qismining 7-bandi asosida esa sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqidagi ariza kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Sudya ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini, agar da’vo arizasiga davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki da’vogarda mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi tegishli iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
1) da’vo arizasining ushbu Kodeks 149-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;
Sud ushbu Kodeks 160-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lmagan qarshi da’voni qaytaradi.
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida belgilangan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi.
Sud tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala mazkur bobda belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini, sudning hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan ko‘riladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4, 6 — 8, 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikrlari aks ettiriladi, shuningdek sud majlisida yozib olish texnik vositalaridan foydalanganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Korporativ nizo bo‘yicha da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi va uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan hujjat ilova qilinadi.
Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Ushbu Kodeks 223-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rad etilishi kerak.
Ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida, mazkur moddaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 226-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini qabul qilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak.
Ushbu Kodeks 228-moddasining ikkinchi qismi talablariga rioya etilmaganda, shuningdek ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rad etiladi.
Ushbu Kodeks 37-moddasining to‘rtinchi qismida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmaganda, shuningdek ariza olti oylik muddat o‘tgach berilgan taqdirda va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 231-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun iqtisodiy sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan iqtisodiy sudning ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarorini qabul qilgan bo‘lsa, iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
Iqtisodiy sudning ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ajrimi bilan ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ishni ko‘rishda ushbu Kodeksning 255-256-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudiga taqdim etilgan, bildirilgan talablar va e’tirozlarni asoslovchi dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 157-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni apellatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
5) ushbu Kodeks 279-moddasi to‘rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisida audio- yoki videoyozuv amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvlarning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan ushbu Kodeksning 36-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 157-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etishga va ishni kassatsiya tartibida ko‘rishga haqli.
3) ushbu Kodeks 302-moddasi to‘rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni hal qiluv qarori bekor qilingan sud instansiyasiga yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ushbu sud hujjatlari tufayli buzilgan bo‘lsa, ushbu shaxslarning shikoyatlari bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarining protesti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida qayta ko‘rilishi mumkin.
Agar sud hujjati nomuayyan doiradagi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini yoki jamiyat va davlat manfaatlarini buzsa, ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protesti bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Kodeksning 307, 308, 310 va 311-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan nazorat shikoyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan o‘rganiladi.
1) nazorat shikoyatini ushbu Kodeks 313-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaytarish to‘g‘risida;
2) nazorat shikoyatini qabul qilishni ushbu Kodeks 314-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra rad etish haqida;
Shikoyat bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, yangidan umumiy tartibda murojaat qilishga haqli.
Nazorat shikoyati (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida ish nazorat tartibida ko‘rib chiqilayotganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda nazorat instansiyasi sudi majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
2) ushbu Kodeks 302-moddasi to‘rtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
1) ariza ushbu Kodeksning 328 va 329-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilgan bo‘lsa;
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Agar sud hujjatining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, undiruvchi, qarzdor va davlat ijrochisi sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”