LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalda oshirish, yoshlarning ta’lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, oliy ma’lumot olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklarining respublika oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga to‘lash uchun tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berishni 2001/2002 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, ta’lim kreditlari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.
2. Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va oliy ta’lim muassasalarining:
chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda bolalikdan I va II guruh nogironlari uchun — foizsiz ta’lim kreditlari berish;
kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalar uchun — kredit uchun qo‘shilgan foizlar summasining 50 foizini Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lagan holda imtiyozli kreditlar berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
kreditning asosiy summasi o‘quv yurtini bitirgandan keyin qaytariladigan imtiyozli davrli kreditlar berish;
ta’lim kreditlari uchun foiz stavkasi miqdorini Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorlarda belgilash tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “O‘zteleradio” kompaniyasi, Milliy axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida ta’lim kreditlari, shu jumladan imtiyozli shartlardagi ta’lim kreditlari olish imkoniyatlari va ularning ijtimoiy ahamiyati keng yoritilishini ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
2. Tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berish ularni qaytarish, to‘lovning ta’minlanganligi, muddatliligi va ulardan maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
3. Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga, (bundan keyin matnda “Qarz oluvchi” deb ataladi) berilishi mumkin.
4. Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga — nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
talabalarning qolgan toifalariga — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan o‘zgaruvchi foiz stavkalari belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi va tijorat banklari tomonidan qo‘shiladigan foizlar uchun to‘lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.
6. Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman bo‘limlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) mablag‘laridan to‘lanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan imtiyozga huquqli bo‘lgan oilalar Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish va ularga moddiy yordam tayinlash va berishning amaldagi tartibiga muvofiq (Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qaroriga ilova) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ta’lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to‘lash ta’lim muassasasiga o‘tkazilgan summa berilgan vaqtdan, asosiy qarzni qaytarish esa talaba tomonidan oliy ta’lim muassasasida o‘qishning ta’limning ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng, ayrim kurslarda takroran o‘qish muddati hisobga olinmasdan, uch oy o‘tgandan so‘ng boshlanadi.
Talaba muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan davrda ta’lim kreditlari uchun foiz stavkalari hisoblanmaydi.
8. Ta’lim kreditlari, qoidaga ko‘ra, qarz oluvchi yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. O‘qish uchun to‘lov miqdori keyingi yillarda o‘zgargan hollarda kontraktlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy ta’lim muassasasi o‘n kun muddatda bankka yozma ravishda ma’lum qiladi, so‘ngra qarz oluvchi, bank va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi;
v) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan qarz oluvchining yashash joyi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnoma:
Keyingi tahrirga qarang.
d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko‘chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.
10. Olingan kredit qaytarilmasligi xavfini oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etish lozim, uning amalga oshirilishi unga qo‘yilgan asosiy talab hisoblanadi:
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun).
11. Bank qarz oluvchi tomonidan kredit olish uchun taqdim qilingan ariza va boshqa hujjatlarni o‘rganib chiqadi.
Agar kreditni qaytarish ta’minlanishi sifatida kafolat yoki kafillik shartnomasi taqdim qilingan bo‘lsa, bank garant va kafilning moliyaviy ahvolini baholaydi.
Agar kreditni qaytarish ta’minlanishi sifatida mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar qo‘yilgan bo‘lsa, bank ularning bozor narxlarini aniqlaydi.
12. Agar taqdim etilgan hujjatlar bank talablariga javob bersa, bank, qarz oluvchi va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
13. Kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o‘qishi uchun ta’lim kreditlari berish uchun har bir tomonning mazkur Nizomdan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari aniq belgilangan holda bank, qarz oluvchi, oliy ta’lim muassasasi va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi o‘rtasida ko‘p tomonlama kredit shartnomasi tuziladi.
14. Tijorat banklari qarz oluvchi tomonidan ta’lim krediti berishni so‘rab bankka taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan to‘la hujjatlar to‘plamini 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqishi va kredit shartnomasini imzolashi yoki kredit berilmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi ko‘rsatilgan yozma xulosa berishi lozim.
15. Ta’lim krediti qarz oluvchining ssuda hisob raqamidan uning shaxsiy yozma topshirig‘i asosida oliy ta’lim muassasasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.
16. Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini ikki teng qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o‘qiganlik uchun boshlang‘ich to‘lov joriy yilning 1-oktabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun — navbatdagi kalendar yilning 15-martigacha to‘lanadi.
O‘qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to‘lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabr va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to‘lanadi.
Kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalarning o‘qishiga ta’lim kreditlari uchun foizlar qarz oluvchi va Jamg‘arma tomonidan har oyda, hisoblangan foizlar summasining 1/2 qismi bo‘yicha teng ulushlarda to‘lanadi.
Jamg‘arma hisoblangan foizlar summasini to‘lov topshiriqnomasi bilan bank bildirishnomasi olingandan keyin uch ish kuni mobaynida o‘tkazadi.
18. Ta’lim krediti berilgandan so‘ng bank kredit ta’minlanishi bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan tartibda monitoring olib boradi.
19. Agar talaba o‘qish davri tugamasdan talabalar safidan o‘chirilsa, ta’lim muassasasi rahbariyati rektor (direktor)ning buyrug‘i chiqqan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida bu haqda bankka xabar berishi kerak, qarz oluvchi esa o‘z navbatida uch oy muddatda ta’lim krediti va unga qo‘shilgan foizlar bo‘yicha qarzlarni to‘liq qaytarishi lozim.
Talabaning talaba safidan chiqarilishi oliy ta’lim muassasasi tomonidan bankka o‘z vaqtida ma’lum qilinmagan taqdirda, ta’lim muassasasi ushbu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka to‘lashga majbur.
Ushbu shartlar bank, qarz oluvchi va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida aks ettirilishi kerak.
20. Ta’lim kreditlari kredit shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilmagan taqdirda, bank garov to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditni ta’minlash obyektini tasarruf etish yo‘li bilan kredit bo‘yicha qarz summasini undirib oladi. Agar kreditning qaytarilishini ta’minlash sifatida ta’minlashning boshqa shakllari taqdim etilgan bo‘lsa, bank belgilangan muddatda qaytarilmagan ta’lim kreditini ular hisobiga o‘z vaqtida qaytarilishi choralarini ko‘rishi kerak.