Davlat boshqaruvining uyg‘un sistemasini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish, davlat organlari faoliyatida parallelchilik va bir-birining ishini takrorlashga, bir organlarni boshqa organlar vazifasini bajarishiga barham berish maqsadida hamda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida ijroiya hokimiyatini butun choralar bilan mustahkamlash, davlat, xo‘jalik va sotsial-madaniy qurilishning hamma jabhalarida intizom va tartib o‘rnatish ayniqsa muhim ekanligini hisobga olib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti qaror qiladi:
I. 1. Prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborilsin. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirilsin, O‘zbekiston SSR Prezidenti ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘ladi. O‘zbekiston SSR Prezidentining va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining apparati O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilsin.
2. O‘zbekiston SSR Vitse-Prezidenti lavozimi ta’sis etilsin. Vitse-Prezidentni O‘zbekiston SSR Prezidenti tayinlab, so‘ngra O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tasdiqlaydi. O‘zbekiston SSR Vitse-Prezidenti O‘zbekiston SSR Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiladi va uning ishini tashkil etadi.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Prezidiumi, Ministrlar Sovetining Raisi, Ministrlar Soveti Raisining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari lavozimi tugatilsin.
4. Vazirlar Mahkamasi Raising davlat-xo‘jalik va sotsial-madaniy qo‘rilishning asosiy belgilovchi yunalishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari lavozimlari ta’sis etilib, ular zimmasiga o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarmoqlar bo‘yicha faoliyatni uyg‘unlashtirish va piravard natijalarini ta’minlash vazifasi yuklatilsin. Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlarini, vazirlarni va qo‘mitalarning raislarini Prezident tayinlaydi, so‘ngra ular respublika Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanadi.
5. Respublika hukumati tarkibiga Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari, vazirlari, davlat komitetlarining raislari, yirik konsernlarning va birlashmalarning rahbarlari kiradi. Hukumat a’zolarini tayinlash va ozod qilish O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi.
1. 89-moddaning so‘nggi qismidagi “O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston SSR Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“8) O‘zbekiston SSR Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston SSR Vitse-Prezidentining, O‘zbekiston SSR Vazirlar Mahkamasi Raisi birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlarining tayinlanishini, O‘zbekiston SSR Vazirlar Mahkamasi tarkibini hamda unga kiritiladigan o‘zgartishlarni tasdiqlaydi; O‘zbekiston SSR Prezidentining O‘zbekiston SSR Ministrliklari va davlat komitetlarini tuzish hamda tugatish haqidagi qarorlarini tasdiqlaydi; O‘zbekiston SSR Prezidentining SSR Bosh prokurori bilan kelishilgan taqdimiga muvofiq O‘zbekiston SSR prokurorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi;
9) O‘zbekiston SSR Xalq nazorati komitetining raisini, O‘zbekiston SSR Oliy sudini, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini saylaydi, O‘zbekiston SSR Bosh davlat hakamini, O‘zbekiston SSR Tabiatni muhofaza qilish davlat komitetining raisini tayinlaydi”;
“O‘zbekiston SSR Oliy Sovetida qonun loyihalarini taklif etish huquqiga O‘zbekiston SSR xalq deputatlari, O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining Raisi, O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining komitetlari va komissiyalari, O‘zbekiston SSR Prezidenti, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyaviy nazorat komiteti, Qoraqalpog‘iston ASSR nomidan uning davlat hokimiyatining oliy organi, O‘zbekiston SSR Xalq nazorati komiteti, O‘zbekiston SSR Oliy sudi, O‘zbekiston SSR prokurori. O‘zbekiston SSRning Bosh davlat hakami, O‘zbekiston SSR Tabiatni muhofaza qilish davlat komitetining raisi ega”;
“O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi O‘zbekiston SSR Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy sudi, oblastlar, Toshkent shahar sudlari sudyalariga malaka klasslari beradi. Bu masalalar yuzasidan O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining Prezidiumi qarorlar qabul qiladi”.
“Mansabdor shaxslarni tayinlash, saylash va tasdiqlash, hukumat tomonidan tayyorlangan respublikani iqtisodiy va sotsial rivojlantirish planlarini, eng muhim respublika programmalarini, O‘zbekiston SSRning davlat budjetini, shuningdek tasdiqlangan plan, budjet, kompleks programmalarni o‘zgartishlar to‘g‘risida takliflar O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tegishli komitetlarining xulosalari mavjud bo‘lganda tasdiqlanadi”;
birinchi qismning 4-bandidagi “O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston SSR hukumati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin:
birinchi qismning 5-bandidagi “O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi qismdagi “yoki O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetiga” degan so‘zlar “yoki O‘zbekiston SSR hukumatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8. 12-1 va 13-boblar 13-bobga birlashtirilib, u “O‘zbekiston SSR Prezidenti va hukumati” deb atalsin.
“O‘zbekiston SSR Prezidenti O‘zbekiston SSRda oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiradi. ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘ladi”.
“4) O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bahamjihat ishlarini ta’minlaydi; O‘zbekiston SSR ministrliklarini hamda O‘zbekiston SSR davlat komitetlarini tuzadi va tugatadi, so‘ngra O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining tasdig‘iga kiritadi”;
“6) O‘zbekiston SSR Vitse-Prezidentini, Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosarlarini, o‘rinbosarlarini tayinlab, so‘ngra O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining tasdig‘iga taqdim etadi.
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetiga O‘zbekiston SSR Xalq nazorati komitetining raisi, O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi, O‘zbekiston SSR Bosh davlat hakami, O‘zbekiston SSR Prokurori, prokuror o‘rinbosarlari, O‘zbekiston SSR Tabiatni muhofaza qilish davlat komitetining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
mazkur mansabdor shaxslarni vazifasidan ozod etish to‘g‘risida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetiga taqdimnomalar bilan kiradi. O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi bundan mustasnodir;
xalq deputatlari oblast Sovetlari, Toshkent shahar Soveti ijroiya komiteti raisi lavozimiga tayinlash uchun Sovetlarning raislari bilan kelishilgan holda nomzodlar tavsiya etadi”;
“7) O‘zbekiston SSR Hukumati a’zolarini lavozimidan ozod qiladi va tayinlaydi, so‘ngra O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining tasdig‘iga taqdim etadi;
8) O‘zbekiston SSR qonunlarini imzolaydi; qonunga oid e’tirozlarini ko‘pi bilan ikki hafta muddat ichida bildirib, takroriy muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston SSR Oliy Sovetiga qaytarishga haqlidir. Agar O‘zbekiston SSR Oliy Soveti ovozlarning uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi bilan ilgari o‘zi qabul qilgan qarorni tasdiqlasa, O‘zbekiston SSR Prezidenti qonunni imzolaydi; O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston SSR qonunlariga, O‘zbekiston SSR Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga muvofiq kelmagan taqdirda O‘zbekiston SSR ministrliklari, davlat komitetlari va idoralari, xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya komitetlari hujjatlarining amal qilishini to‘xtatadi va ularni bekor qiladi”.
Ushbu moddaning 9-bandi chiqarib tashlanib, uning o‘rniga quyidagi mazmunda bo‘lgan yangi 9-band kiritilsin:
“9) Grajdanlarning xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini ko‘zlab, O‘zbekiston SSRning butun territoriyasida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etib, qabul qilgan qarorini zudlik bilan O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining tasdig‘iga kiritadi”.
“118-5-modda. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzurida O‘zbekiston SSR Prezidentlik Kengashi faoliyat ko‘rsatadi. Prezidentlik Kengashining vazifalari Prezidentlik Kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.
O‘zbekiston SSR Prezidentlik Kengashining a’zolari O‘zbekiston SSR Prezidenti tomonidan tayinlanadi. O‘zbekiston SSR Vitse-Prezidenti lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston SSR Prezidentlik Kengashi tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining Raisi va Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Sovetining Raisi O‘zbekiston SSR Prezidentlik Kengashining majlislarida qatnashishga haqlidirlar.
118-6-modda. O‘zbekiston SSR Prezidenti O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va O‘zbekiston SSR qonunlari asosida hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun territoriyasida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi”.
“118-9-modda. Agar O‘zbekiston SSR Prezidenti u yoki bu sabablarga ko‘ra o‘z vazifalarini bajarishni davom ettira olmasa, O‘zbekiston SSR yangi Prezidenti saylovi uch oylik muddat ichida o‘tkazilishi kerak. Bu davrda Prezidentning vazifalari Vitse-Prezident zimmasiga, buning imkoni bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining Raisi zimmasiga yuklanadi”.
“120-modda. O‘zbekiston SSR hukumati O‘zbekiston SSR Prezidenti, Vitse-Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston SSR vazirlari, O‘zbekiston SSR davlat komitetlarining raislari, yirik konsernlarning va birlashmalarning rahbarlaridan iborat bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston SSR hukumati tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston SSR Prezidentining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston SSR Vitse-Prezidenti Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiladi va uning ishini uyushtiradi.
O‘zbekiston SSR hukumatining vakolati va vazifalari O‘zbekiston SSR hukumati to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi”.
17. 131-moddadagi “O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston SSR hukumati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Sovet va uning ijroiya komiteti ishini tashkil etishni ta’minlash uchun yagona apparat tuziladi. Apparatning tuzilishi va shtatlari Sovet tomonidan belgilanadi”.
“144-modda. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari tomonidan saylanadigan ijroiya komitetlari mahalliy Sovetlarining ijroiya va boshqaruv organlari bo‘ladi. Ular tegishli territoriyada qonunlarni, Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, tegishli Sovetlar, shuningdek yuqori turuvchi Sovetlar hamda ularning ijroiya va boshqaruv organlarining qarorlarini ro‘yobga chiqaradilar.
Xalq deputatlari Soveti ijroiya komitetlarining raislari lavozimiga ko‘ra xalq deputatlari tegishli oblast, Toshkent shahar va rayon Soveti raisining birinchi o‘rinbosarlari bo‘ladilar.
Xalq deputatlari oblast Sovetlari, Toshkent shahar Soveti ijroiya komitetining raisi O‘zbekiston SSR Prezidentining Sovet raisi bilan kelishilgan tavsiyasiga ko‘ra tegishli Sovetning sessiyasida tayinlanadi.
Xalq deputatlari shahar (rayon va oblastga bo‘ysunuvchi shahar), posyolka, qishloq va ovul Sovetlarining tegishli xalq deputatlari Sovetlari tomonidan saylanadigan raislar ushbu territoriyada ham ijroiya, ham boshqaruv hokimiyatini bir o‘zlari amalga oshiradilar.
Xalq deputatlari Soveti ijroiya komitetining raisi lavozimiga tayinlash chog‘ida muqobil nomzodlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Mahalliy Sovetlarning ijroiya komitetlari ham o‘zlarini saylagan Sovetga, ham yuqori ijroiya va boshqaruv organiga, shuningdek O‘zbekiston SSR Prezidentiga bevosita hisob beradilar”;
20. 152-moddadagi “O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston SSR hukumati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
21. 153-moddadagi “O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining” degan so‘zlar “O‘zbekiston SSR hukumatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
22. 154-moddadagi “O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston SSR hukumati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23. 159-moddadagi “O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti” degan so‘zlar “O‘zbekiston SSR hukumati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24. 160-moddadagi “O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining degan so‘zlar “O‘zbekiston SSR hukumatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
175-modda. O‘zbekiston SSR territoriyasida barcha ministrliklar, davlat komitetlari va idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya va boshqaruv organlari, kolxozlar, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar, shuningdek grajdanlar tomonidan qonunlarning aniq, bir xilda bajarilishini oliy darajada nazorat qilish O‘zbekiston SSR prokurori hamda unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
176-modda. O‘zbekiston SSR prokurori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston SSR Prezidentining SSSR bosh prokurori bilan kelishilgan taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tayinlanadilar, ular Oliy Sovet oldida mas’uldir va unga hisob beradilar.
Qoraqalpog‘iston ASSR Prokurori respublika Prokurorining O‘zbekiston SSR Prezidenti bilan kelishilgan taqdimiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Soveti tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston SSR prokurori, Qoraqalpog‘iston ASSR prokurori, oblast, rayon va shahar prokurorlarining vakolat muddati — 5 yil.
177-modda. O‘zbekiston SSR Prokuraturasining organlari o‘z vakolatlarini amalga oshirishda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, mansabdor shaxslardan erkin bo‘lib, faqat O‘zbekiston SSR Prokuroriga bo‘ysunadilar.