18.01.2018 yildagi PQ-3481-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Xalqaro investitsiya forumi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 10-fevraldagi F-4613-sonli farmoyishiga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Xuzhou Construction Machinery Group Co., Ltd” (XXP) korporatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — xorijiy investor deb yuritiladi) o‘rtasida 2016-yil 28-iyun kuni “Urganch ekskavator” AJ aksiyalarining 51 foizini xorijiy investorga realizatsiya qilish to‘g‘risida oraliq bitimi imzolandi;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 18-moddasi talablariga muvofiq, jamiyatning ustav jamg‘armasi (ustav kapitali) qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin;