10.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2961
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 10.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2961
Кучга кириш санаси
10.01.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017-yil 18-iyuldagi PQ-3138-son “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (bundan buyon matnda Ittifoq deb yuritiladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
8. Har yili 10-fevral kuniga qadar mazkur Nizomning 2-bandida ko‘zda tutilgan talabalar Yoshlar Kengashiga Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
18. Talabalar safidan chiqarilgan yoki akademik ta’tilga chiqqan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 28 va 29-bandlariga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lgan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan moddiy yordam ko‘rsatish puli qayta hisob-kitob qilinishi va Ittifoqning Markaziy Kengashiga qaytarilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan chiqarilgan talaba Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 27-bandiga muvofiq o‘zining to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib olish huquqiga ega bo‘lmagan hollarda Ittifoqning Markaziy Kengashi to‘langan moddiy yordam ko‘rsatish pulini talabadan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
21. Mazkur Nizomning 19 — 21-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar yuz bergan taqdirda Yoshlar Kengashi Ittifoqning Markaziy Kengashini o‘n kalendar kuni mobaynida xabardor qilishi shart.