[
OKOZ:
1.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON SSJ DAVLAT IDORALARI, JAMOAT TAShKILOTLARI VA AYRIM FUQAROLARI MUASSIS BO‘LGAN OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI RO‘YXATGA OLIShNI TARTIBGA SOLIShNI TARTIBGA SOLISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Belgilab qo‘ysinki, O‘zbekiston CCJ davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va ayrim fuqarolari muassis bo‘lgan gazetalar, jurnallar va o‘zga ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston SSJ Davlat matbuot komitetida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ommaviy axborot vositalarini jumhuriyat hududida nashr etishga va tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 15-dekabr,
PF-112-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 1-2-son, 25-modda)