“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda iste’molchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki iste’mol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi tovarlar sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishga doir ishlarni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmalari tomonidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash monitoringlarini o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan monitoring olib borish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda tasdiqlangan O‘zbekiston iste’molchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi rejalari asosida amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 6-avgustdagi 171-sonli qaroriga muvofiq yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 32-son, 271-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining 1 va 2-ilovalarga muvofiq tuzilmasi to‘g‘risidagi;
bir oy muddatda tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini hamda ikki oy muddatda – hududiy va respublika konferensiyalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini o‘tkazishga doir tashkiliy masalalarni hal etishda zarur yordam ko‘rsatsinlar.
Belgilansinki, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparati, tuman, shahar jamiyatlari, shuningdek ularning hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatlarining ta’minoti har oylik a’zolik badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan solinadigan hamda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladigan jarimalarning 50 foizi, shuningdek xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining quyidagi qo‘pol ravishda buzilishlari uchun oldindan yozma ko‘rsatma bermasdan jarima solishiga ruxsat berilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
iste’molchiga tovar (ishlar, xizmatlar) qiymati ko‘rsatilgan, tovarning xarid qilinganligini yoki ishlarga haq to‘langanligini tasdiqlovchi kassa, tovar cheklari va boshqa hujjatlarni bermasdan tovarlar sotish yoki xizmatlar ko‘rsatish;
yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tib ketgan tovarlarni qabul qilish va sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi natijasida tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) tomonidan olingan mablag‘lar iste’molchilarga qaytariladi yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda respublika budjeti daromadiga olib qo‘yiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
iste’molchilarning jamoat tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini sertifikatlash va ekspertizadan o‘tkazish natijalari to‘g‘risida axborot olishda zarur yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, sanitariya sohasidagi qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablariga rioya etilishini tekshirish ishlariga iste’molchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilsinlar;
iste’molchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xavfsizlik talablariga muvofiqligini o‘zlariga qarashli laboratoriyalarda ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinovdan o‘tkazsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Idoralararo kengash bilan birgalikda 2003/2004 o‘quv yilidan boshlab belgilangan tartibda respublikaning barcha ta’lim muassasalari dasturlariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslarni kiritsinlar.
advokatlik idoralarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlarini jalb etishda ko‘maklashsin.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga ularning ustavdagi vazifalarini hal etishda ko‘maklashsinlar hamda Federatsiya markaziy apparatini, hududiy birlashmalarni, tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarini bir oy muddatda:
ijara shartlarida, ijara haqi undirmasdan va kommunal xizmatlarga imtiyozli tariflar bo‘yicha haq to‘lagan holda xonalar bilan;
11. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tuman, viloyat va respublika konferensiyalari keng yoritilishini ta’minlasinlar;
televideniye va radiokanallarda, davriy matbuot nashrlarida “Iste’molchi” rukni tashkil etilishini ta’minlasinlar, unda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatini, bu sohadagi muammolar va kamchiliklar hamda ularni hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni, iste’mol madaniyatini va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha an’analarni keng va muntazam yoritib borishni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
** mintaqalar | jamiyatlar: | |
tuman | shahar | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar: Andijon Buxoro Jizzax Qashqadaryo Namangan Navoiy Samarqand Sirdaryo Surxondaryo Toshkent Farg‘ona Xorazm Toshkent shahri | 15 14 13 12 14 12 9 17 9 14 15 16 10 11 | 2 3 2 1 1 1 2 2 3 1 6 4 1 |
Jami: | 181 | 29 |
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
1. Ushbu Nizom “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘llash tartibini tasdiqlash haqida” 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Nizom Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ( keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi)ning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish va undan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
4. Jamg‘arma jamoat birlashmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatining iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarini, kafolatlarini hamda rag‘batlantirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish;
harakatning samarali faoliyat ko‘rsatishini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tadbirlarning rivojlantirilishini va amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jamg‘arma iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan solinadigan hamda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladigan jarimalarning 50 foizi, shuningdek xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari a’zolarining manfaatdorligini oshirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari a’zolari tashabbusi natijasida va tashabbusiga ko‘ra aniqlangan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan jarima solingan taqdirda, olib qo‘yiladigan va Jamg‘armaga o‘tkaziladigan mablag‘larning 35 foizi ularning hisob raqamlariga yo‘naltiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining maxsus hisob raqamida jamlanadi.
8. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyati (tadbirlari) xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashga quyidagi maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalaniladi:
jamoatchilikni hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni jalb etgan holda monitoringlar, ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga doir materiallarni e’lon qilish, sharhlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, plakatlar, bukletlar, davriy nashrlarni ishlab chiqish, ommaviy-axborot vositalarida chiqishlarni, axborotlarni, seminarlarni, davra suhbatlarini hamda iste’molchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarini aniqlashga va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tanlovlar, viktorinalar, olimpiadalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
9. Jamg‘arma mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.