T/r | Tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
I. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik sanoati deb yuritiladi) | ||||
1. | O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasining (keyingi o‘rinlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi deb yuritiladi) ta’sis yig‘ilishini o‘tkazish, o‘rnatilgan tartibda Ustav | Tashkiliy-huquqiy tadbirlar | 2018 yil qadar | “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
2. | “O‘zbekyengilsanoat” AJni tugatish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni o‘tkazish. | Tashkiliy-huquqiy tadbirlar | 2018 yil qadar | “O‘zbekyengilsanoat”AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
3. | To‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash tizimini, shu jumladan: tarmoqda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar (muhandis-texnik mutaxassislar, texnologlar, kashta, gazlama va to‘qish turlarining zamonaviy uskunalarini dasturlovchilar, mexanik-sozlovchi va to‘qimachilik uskunalari elektronchilari va boshqalar) bo‘yicha kadrlar tayyorlashning muhim va istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash; to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quv dasturlarini takomillashtirish; o‘quv yuklamalarining umumiy hajmida amaliy mashg‘ulotlarni, birinchi navbatda, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida ko‘paytirish; oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; to‘qimachilik sanoati sohasida ilmiy izlanishlarni, shu jumladan tayanch ilmiy-tadqiqot muassasalarini yaratish orqali faollashtirish; yetakchi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzish, ularning mutaxassislarini, shuningdek, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi-amaliyotchilarini ta’lim berish uchun taklif qilish orqali takomillashtirish. | Normativ-huquqiy | 2018-yil qadar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi |
4. | Respublika mutaxassislarini (xususan davlat ta’lim muassasalari, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari) to‘qimachilik sanoati rivojlang�n xorijiy mamlakatlarda o‘qishini tashkil etish, o‘quv jarayoniga xorijiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini, jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar ko‘magida jalb etish. | Stajirovkalar rejasi | 2018-yil 15-yanvarga qadar tasdiqlash Reja asosida amalga oshirish | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
II. To‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarishni, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish | ||||
5. | Ishlab chiqarish, narxlarni shakllantirish va paxta xomashyosini sotish jarayonlariga, shu jumladan ishlab chiqarish rentabelligini oshirishni hisobga olgan holda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tanqidiy va har tomonlama o‘rganish, shuningdek, takliflar tayyorlash. | O‘rganish o‘tkazish, | 2018-yil qadar | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat investitsiya qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa |
6. | Paxta eksporti hajmini tobora qisqartirish va ichki bozorda uni chuqur qayta ishlashning o‘sishini ta’minlash. | Tahliliy ma’lumotnoma, | 2018-yil qadar | Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik |
7. | Gazlamalar ishlab chiqarish, bo‘yash, rasm solish, sanoat kashtachiligi va yuqori qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlari bilan bog‘liq boshqa faoliyat bo‘yicha ishlarni (xizmatlarni) amalga oshiruvchi korxonalar faoliyatini yanada rag‘batlantirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy | 2018-yil qadar | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ |
8. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini quyidagilarni hisobiga olgan holda tanqidiy qayta ko‘rib chiqish: respublika bozorida yuqori import ulushi bo‘lgan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik mahsulotlari deb yuritiladi) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni ushbu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash tashkil etilayotgan to‘qimachilik korxonalarining, shu jumladan yangi tashkil etilayotgan va mavjud yuklanmagan ishlab chiqarish quvvatini real ta’minlash imkoniyatini hisobga olgan holda yangi quvvatlarni kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni optimallashtirish orqali muvozanatini ta’minlash; to‘qimachilik sanoati korxonalariga xomashyo resurslarini yetkazib berishning amaldagi tizimini o‘rganish hamda talab qilingan miqdor va sifatdagi xomashyo resurslariga kafolatlanga� holda ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; ishlab chiqariladigan to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha barcha shart-sharoit va qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omillarni yaratish; tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarilishini cheklovchi import bo‘yicha olib kirilayotgan butlovchi buyumlar turlarini batafsil o‘rganish, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni yaratishni rag‘batlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish; Dasturga kiritilgan loyihalar bajarilishining har yillik inventarizatsiyasini o‘tkazish, amaldagi to‘qimachilik sanoati korxonalarini texnologik auditdan o‘tkazish va Dasturlar parametrlari va keyingi yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ro‘yxatiga tuzatishlar kiritish; xalqaro tajriba hamda qurilish va ishlab chiqarishni jihozlashning zamonaviy texnologiyalariga muvofiq ravishda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan obyektlarni loyihalashtirish sifati va samaradorligini oshirish, loyiha institutlari, shu jumladan “O‘zengsanloyiha” bazaviy instituti ishlarini takomillashtirish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2018-yil qadar | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Quyidagi maqsadlarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan, shu jumladan bevosita to‘qimachilik komplekslari tashkilotlarini moliyalashtirish orqali foydalanishni kengaytirish: investitsiya jozibadorligi bo‘lmagan to‘qimachilik sanoati obyektlariga investorlarni jalb qilish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvati sust bo‘lganlarning ish darajasini oshirish; respublika hududlarida yagona kompleksda mahalliy xomashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash va tayyor mahsulot tayyorlash imkonini beruvchi zamonaviy paxta-to‘qimachilik klasterlarini yaratish; yagona ishlab chiqaruvchi klasterlar doirasida mahalliy xomashyoni ishlab chiqarishdan boshlab tayyor to‘qimachilik mahsulotini tayyorlashning barcha bosqichlarini birlashtirishni nazarda tutuvchi maxsus hududlarni (texnoparklar, sanoat hududlari) yaratish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2018-yil qadar | Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat investitsiya qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
10. | To‘qimachilik sanoati korxonalari tashkil etilgan hududlar va joylardagi energiya ta’minotining tashqi muhandislik infratuzilmasini ularni modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini qabul qilish bilan inventarizatsiyadan o‘tkazish. | Inventarizatsiya tashkil etish, modernizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish | 2018-yil qadar | “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar tarmoq korxonalari |
11. | Fermer xo‘jaliklari yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari (keyingi o‘rinlarda fermer xo‘jaliklari deb yuritiladi) va to‘qimachilik sanoati korxonalari o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermer xo‘jaliklarida paxta-chigitni mahalliy to‘qimachilik sanoati korxonalarining buyurtmasi va dastlabki avanslari bo‘yicha ishlab chiqarishni tajribadan o‘tkazish uchun hududlar va yer uchastka maydonlari ro‘yxatini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil qadar | Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, DSQ, “O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
12. | Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan olib kiriladigan, bojxona to‘lovlari va boshqa yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinadigan texnologik uskunalarga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallar ro‘yxatining tasdiqlanishini ta’minlash (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori asosida). | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil | DBQ, DSQ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat investitsiya qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ |
13. | To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan, bojxona bojlari va boshqa yig‘imlardan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinadigan paxta, sun’iy va sintetik tolalar, jun, xomashyo va boshqa materiallar ro‘yxatining tasdiqlanishini ta’minlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil qadar | DBQ, DSQ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat investitsiya qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ |
14. | Mahsulotlarni yagona “Uztextile” belgisi bilan eksport qilish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2018-yil qadar | Tashqi savdo vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat investitsiya qo‘mitasi, DBQ |
15. | To‘qimachilik sanoati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan aksessuarlar, furnituralar, bo‘yoqlar va kimyoviy vositalarning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi yarmarkasini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil qadar | Tashqi savdo vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat investitsiya qo‘mitasi, MTRK, |
16. | Paxta-chigit, tabiiy va sun’iy tolalarni qayta ishlash, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish, shu jumladan eksport qilish sohasida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish. | Idoraviy hujjatlar | 2018-yil qadar | Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi “O‘zpaxtasanoat” AJ, DSQ, DBQ, Axborot texnologiyalari |
17. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida keng turdagi, shuningdek, aholi uchun arzon bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari yarmarkasini doimiy asosda, biroq yiliga kamida to‘rt marotaba tashkil etish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy to‘qimachilik mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazishda, shu jumladan yarmarkalar o‘tkazish uchun joylarni beg‘araz ajratish orqali | Yarmarkalar o‘tkazish rejasi Tashkiliy chora-tadbirlar | Reja asosida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi |
III. Tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, to‘qimachilik sanoatiga xalqaro standartlarni joriy qilish | ||||
18. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi paxta, to‘qimachilik mahsulotlarining eksportini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish: paxta va mahsulotlar eksportining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, eksport qiluvchilarni diversifikatsiyalash, shuningdek, ichki bozor ehtiyojlarining hisobini yuritish; bojxona to‘lovlarini optimallashtirish va tayyor mahsulotlar yirik iste’molchilari hisoblangan xorijiy mamlakatlar bozoriga chiqish imkoniyatlarini soddalashtirish masalasida ular bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil qadar | Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat investitsiya qo‘mitasi |
19. | Mahalliy paxta-tolasini sotish uchun, shu jumladan boshqa ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning paxta hajmlarini jalb qilishni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan elektron birja savdolari maydonlarini yaratish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil qadar | Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
20. | Quyidagilarga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilarning transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida samarali logistika tizimini rivojlantirish: yirik ko‘p funksiyali transport-logistika xablarini qurish; to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazishning optimal yo‘nalish va yo‘laklarini tanlash; tashish tariflarini optimallashtirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2018-yil qadar | Tashqi savdo vazirligi, Avtomobil va daryo transporti agentligi, DBQ, “O‘zpaxtasanoat” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi |
21. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi to‘qimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish: xalqaro akkreditatsiyaga ega bo‘lgan mavjud laboratoriyalar sonini ko‘paytirish; to‘qimachilik sanoati milliy standartlarini xalqaro standartlarga tezkorlik bilan va to‘liq muvofiqlashtirishni ta’minlash; to‘qimachilik sanoati korxonalarida zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2018-yil qadar | “O‘zstandart”agentligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
22. | Quyidagilar hisobiga mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorda reklama qilish va ilgari surish bo‘yicha samarali ishlarni yo‘lga qo‘yish: to‘qimachilik mahsulotlari yirik bozorlarida O‘zbekiston savdo uylari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqaruvchilar mablag‘larini jalb qilish va tarmoq korxonalarining amaldagi xorijiy savdo uylaridan foydalanish orqali tashkil etish; to‘qimachilik mahsulotlarini, birinchi navbatda, mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarda ilgari surish bo‘yicha reklama va marketing faoliyatini faollashtirish; milliy to‘qimachilik mahsuloti yagona brendini rivojlantirish; o‘z brendlariga ega bo‘lgan yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonning to‘qimachilik tarmoqlariga jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni faollashtirish; sohani ommaviy axborot vositalari va Internetda, yirik to‘qimachilik korxonalarining xorijiy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uyushmalari bilan uzviy hamkorlik qilish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2018-yil qadar | Tashqi savdo vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat investitsiya qo‘mitasi, MTRK, “O‘zekspomarkaz” AJ |
1. | Mirzayev Z.T. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Komissiya raisi |
2. | Sadikov Sh.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori |
3. | Abduraxmonov I.Y. | — | O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri |
4. | Xodjayev B.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
5. | Xaitov A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
6. | Davletov R.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri |
7. | Xaydarov A.Y. | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
8. | Samadov S.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari |
9. | Ravshanov A.E. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri |
10. | Vaxobov A.D. | — | O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari |
11. | Sharipov N.Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi |
12. | Maksudov A.I. | — | “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi |
13. | Salixov M.M. | — | “O‘zpaxtayog‘” AJ boshqaruvi raisi |
14. | Axmadjanov Sh.X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozl�shtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori |
15. | Ikramov A.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
16. | Yusupov B.T. | — | O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
17. | Namozov Sh.E. | — | Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori |