O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘pisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
standartlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, o‘lchovlar, sertifikatlashtirishning, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishning yagonaligini, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‘lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil etish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;
yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni ta’minlash.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 159-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zstandart” agentligining bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. “O‘zstandart” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktoriga, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki, 7-ilovaga muvofiq korxonalarning ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketi (ulushlar) ular belgilangan tartibda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga berilgunga qadar O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga ishonchli boshqaruvga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zstandart” agentligi deb ataladi) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish bo‘yicha milliy organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari:
Hududiy boshqarmalar ikki tomonlama bo‘ysunadilar hamda Agentlikka va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga hisob beradilar.
3. “O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. “O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “O‘zstandart” agentligi, uning hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Milliy etalonlar markazi faoliyatini moliyalashtirish “O‘zstandart” agentligiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar va mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
6. “O‘zstandart” agentligi, uning hududiy boshqarmalari, mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan unga qarashli boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
standartlashtirish, o‘lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‘lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil etish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;
yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni ta’minlash.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. “O‘zstandart” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda bajarilishini ta’minlash sohasida:
(8-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihalari bo‘yicha umumlashgan takliflar kiritadi;
o‘z vakolati doirasida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining umumiy va maxsus reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z vakolati doirasida umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarga va ularga o‘zgartirishlarga standartlarni, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish bo‘yicha normalar va qoidalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
(8-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko‘maklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
sertifikatlashtirish va yuklash-tushirishdan oldin inspeksiya o‘tkazish sohasidagi yuridik shaxslarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi, yuridik shaxslarning sinov, o‘lchov, tahliliy, kalibrlash va tekshirish laboratoriyalarini attestatsiyadan o‘tkazadi va akkreditatsiya qiladi;
(8-bandning “a” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “a” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini qo‘llanish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
b) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga o‘z vakolatlari doirasida rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilishni rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni, konsepsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi;
(8-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
O‘zbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakllantiradi va rivojlantiradi, milliy etalonlarni xalqaro etalonlar bilan solishtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan Standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnika qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni hamda uning ishlarini tashkil etish Reglamentini tasdiqlaydi, ularga muvofiq standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnika qo‘mitalari tomonidan, amaldagi standartlardagi talablar darajasidan past bo‘lmagan yangi talablar joriy etilishini ta’minlash shartlariga rioya etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari va tashkilotlar standartlari ishlab chiqiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, standartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnika qo‘mitalarining, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarning takliflarini hisobga olgan holda, davlat boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo‘yicha texnika qo‘mitalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarini, tashkilotlar standartlarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishning har yilgi jadvalini tasdiqlaydi;
amaldagi standartlarni, maxsus texnik reglamentlarni qayta ko‘rib chiqadi hamda mahsulotlarning raqobatbardoshliligini va sifatini ta’minlamaydigan, shuningdek qonunchilik talablariga zid bo‘lgan standartlarning, maxsus texnik reglamentlarni bekor qilish, amal qilishini cheklash to‘g‘risida davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi.
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi akkreditatsiya qilish milliy tizimining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi guvohnomani belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, tasdiqlaydi, amal qilishini to‘xtatib turadi, to‘xtatadi va uni bekor qiladi;
mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish, o‘lchash va sinash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, o‘lchashlarni bajarish metodikalarini hamda sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish qoidalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
broshyuralar, jurnallar nashr etadi, ommaviy axborot vositalarida yoki rasmiy veb-saytda akkreditatsiya qilish masalalariga oid ma’lumotlarni e’lon qiladi;
doimiy ravishda xalqaro amaliyotni o‘rganib boradi, uning natijalari bo‘yicha akkreditatsiya qilishning ilg‘or usullarini joriy etishga doir takliflar kiritadi;
akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga to‘siqlar yaratilishiga va ular o‘rtasidagi raqobatni cheklashga yo‘l qo‘ymaydi.
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qaroriga asosan o‘ninchi — o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
v) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash borasida:
respublikada ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha olib kelinayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, chet mamlakatlarning sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlari natijalarini e’tirof etish ishlarini tashkil etadi;
o‘z vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ro‘yxatdan o‘tkazadi;
shtrixli kodlashtirishni joriy etish siyosatini amalga oshiradi va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning Davlat reyestrini yuritadi;
manfaatdor shaxslarni mahsulotlarni, sinov va o‘lchov usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar bilan ta’minlaydi, shuningdek mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targ‘ibotini amalga oshiradi;
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida xalqaro, davlatlararo va milliy normativ hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yaratadi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va o‘lchovlar yagonaligini ta’minlash ishlarini amalga oshirishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo‘lgan muvofiqlikni baholash obyektlari ro‘yxatini va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
(8-bandning “v” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar, menejment tizimlari, o‘lchash vositalari, sinash vositalari va o‘lchashlarni bajarish metodikalari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlari davlat reyestrlarini yuritadi;
(8-bandning “v” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
g) kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish borasida standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi ilmiy va muhandis-texnik kadrlarni o‘qitishni amalga oshiradi;
(8-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
d) mahsulotlar, ishlar, xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‘lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida:
o‘z vakolatlari doirasida mahsulot sifati va xavfsizligi bo‘yicha majburiy talablarni belgilaydi hamda ushbu talablarga rioya etilishini nazorat qiladi;
standartlarga rioya qilish, o‘lchovlar va sertifikatlash qoidalarining yagonaligini ta’minlash masalalari bo‘yicha nazorat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, o‘lchovlarning yagonaligi va ishonchliligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari ta’minlanishini tashkil etadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
9. “O‘zstandart” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z hududiy boshqarmalari, o‘ziga qarashli organlar va muassasalar orqali amalga oshiradi.
10. “O‘zstandart” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya, sinash sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish masalalarini hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish hamda mahsulotlar sifatini boshqarish masalalari bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan xulosalar berish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ekspertiza qilish;
o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu reglamentlarni bekor qilish;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar va tashkilotlardan “O‘zstandart” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va materiallarni belgilangan tartibda olish;
Idoralararo kengashda davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy sheriklar bilan birgalikdagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining standartlashtirish, metrologiya, mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha axborotlarini tinglash;
Keyingi tahrirga qarang.
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish bo‘yicha tarmoq va tarmoqlararo texnika qo‘mitalari tashkil etishda qatnashish;
davlat nazorati natijalarini tahlil qilish asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshliligini oshirish hamda sifat tizimlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar kiritish;
standartlashtirish, metrologiya, respublika iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish muammolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha vaqtinchalik ilmiy-texnika komissiyalari tuzish;
nazorat qilinayotgan mahsulotlar ko‘rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida sotish va saqlash korxonalarida nazorat xaridini o‘tkazish yo‘li bilan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining davlat nazoratini amalga oshirish;
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maxsus jamg‘armani shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish uchun foydalanish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qo‘llash;
mahsulotning raqobatbardoshliligini va sifatini ta’minlamaydigan hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan normativ hujjatlarni bekor qilish, ularning amal qilish muddatini cheklash yoki qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
huquqiy ta’sir ko‘rsatish chorasi sifatida akkreditatsiya qilish va attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish, ko‘rsatib o‘tilgan guvohnomalarni bekor qilish yoki o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sudga murojaat qilish.
(10-bandning o‘n uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar, yuklab jo‘natishdan oldingi inspeksiya organlari, sinov, o‘lchash, tekshirish va kalibrlash laboratoriyalari faoliyati ustidan o‘z vakolatlari doirasida inspeksiya nazorati o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish bo‘yicha xalqaro va davlatlararo tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qilish;
11. “O‘zstandart” agentligi belgilangan tartibda o‘z vakolati doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.
“O‘zstandart” agentligi, zarur hollarda, belgilangan tartibda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
13. “O‘zstandart” agentligini maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladigan Bosh direktor boshqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh direktorning bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Bosh direktorning o‘rinbosari maqomiga ko‘ra vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligining bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. “O‘zstandart” agentligi bosh direktorining o‘rinbosari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Bosh direktor va Bosh direktor o‘rinbosari ayni bir vaqtda lavozimiga ko‘ra tegishli ravishda Standartlar va o‘lchovlarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat bosh inspektori va davlat bosh inspektorining o‘rinbosari hisoblanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
“O‘zstandart” agentligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va “O‘zstandart” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z o‘rinbosari vakolatini belgilaydi, “O‘zstandart” agentligi tizimi boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, o‘z o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning “O‘zstandart” agentligi faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va Agentlikka qarashli organlar va muassasalarning ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
“O‘zstandart” agentligi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida “O‘zstandart” agentligi markaziy apparati, shuningdek Agentlikka qarashli organlar va muassasalar shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
“O‘zstandart” agentligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, shuningdek “O‘zstandart” agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
“O‘zstandart” agentligi markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar rahbarlarini, O‘zstandart” agentligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, sifat va davlat nazorati bo‘yicha organlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan idoralararo tusdagi xalqaro, davlatlararo shartnomalarni belgilangan tartibda imzolaydi;
(15-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. “O‘zstandart” agentligida Bosh direktor (hay’at raisi), uning o‘rinbosari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek “O‘zstandart” agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Bosh direktorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Agentlik faoliyatining standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, shuningdek standartlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, o‘lchovlar, sertifikatlashtirishning, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishning yagonaligini, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
“O‘zstandart” agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun “O‘zstandart” agentligi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at “O‘zstandart” agentligi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga “O‘zstandart” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda bosh direktor paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
17. Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
“O‘zstandart” agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari lavozimiga ko‘ra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va o‘lchovlar yagonaligi ta’minlanishi ustidan nazorat bo‘yicha davlat bosh inspektorlari hisoblanadilar.
18. “O‘zstandart” agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda bo‘limlarining zimmasiga davlat nazoratini amalga oshirish yuklangan boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, mutaxassislari lavozimiga ko‘ra ayni bir vaqtda standartlar va o‘lchovlar yagonaligi ta’minlanishi ustidan nazorat bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
19. Standartlar va o‘lchovlar yagonaligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
20. “O‘zstandart” agentligini qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 159-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 159-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
T/r | Korxonalar nomi | Davlat ulushi, % |
1. | Andijon “Etalon” zavodi AJ | 25 |
2. | Buxoro “Etalon” zavodi AJ | 25 |
3. | Qo‘qon “Etalon” zavodi AJ | 25 |
4. | Namangan “Etalon” zavodi AJ | 25 |
5. | Nukus “Etalon” zavodi AJ | 25 |
6. | Samarqand “Etalon” zavodi AJ | 25 |
7. | Urganch “Etalon” zavodi AJ | 25 |
8. | Farg‘ona “Etalon” zavodi AJ | 25 |
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga;
milliy etalon bazani, “O‘zstandart” agentligi tizimidagi sinov va o‘lchov laboratoriyalarini rivojlantirishga;
o‘zaro hamkorlik tadbirlariga hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga badallar to‘lashga;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga;
binolar, inshootlar va muhandislik tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va saqlashga, asbob-uskunalar sotib olishga;
standartlarni hamda normativ hujjatlarning majburiy talablariga rioya qilinishi o‘lchovlarining yagonaligi ta’minlanishini davlat tomonidan nazorat qilishga;