Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur qarorning 11-bandining amal qilishi TDYU huzuridagi akademik litseyga, TDYUga quyidagi huquqlar taqdim qilingan holda, tatbiq etilsin:
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi va ularni amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. O‘quv jarayonini tubdan yaxshilash, o‘qitish sifatini oshirish chora-tadbirlari

1.

Kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish:

attestatsiyadan o‘tolmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;

kollejni malakali boshqaruv va pedagog kadrlar bilan to‘ldirish.

2017-yil noyabr

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

2.

Toshkent yuridik kollejining yangilangan ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil noyabr

Adliya vazirligi

3.

Kollejning “yurisprudensiya” yo‘nalishi doirasida mutaxassisliklar va kasblarni belgilash.

2017-yil noyabr

Adliya vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

4.

2017/2018 o‘quv yilining ikkinchi semestridan boshlab Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilarining bilimini baholash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, tasdiqlash va jo�iy etish.

2017-yil noyabr-dekabr

TDYuU, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

5.

O‘rta maxsus yuridik ma’lumot bo‘lishini talab etadigan mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirish nazarda tutilgan holda, Asosiy xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining klassifikatorini qayta ko‘rib chiqish.

2017-yil noyabr-dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Toshkent davlat yuridik universiteti

6.

Tegishli mutaxassisliklar va kasblarni hisobga olgan holda, “yurisprudensiya” yo‘nalishi doirasida o‘quv rejalari, dasturlari va malaka talablarini ishlab chiqish.

2017-yil dekabr

Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Toshkent yuridik kolleji

P. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash darajasi, huquqiy madaniyati va ongini oshirish chora-tadbirlari

7.

Toshkent yuridik kollejida Odob-axloq qoidalari, shuningdek, Ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil noyabr

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

8.

Kollejda kuratorlik tizimini tanqidiy tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqish, kuratorlarning o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan ishlash bo‘yicha samarali mexanizmini yaratish.

2017-yil noyabr

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik k?lleji

9.

O‘quvchilarning elektron o‘quv resurslaridan onlayn rejimida foydalanishi va kollej faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida kollejning zamonaviy veb-saytini va ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini yaratish.

2017-yil dekabr

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

10.

Kollejning ta’lim va sport to‘garaklari, axborot-resurs markazida o‘quvchilarning bilim olishi va madaniyati darajasini yuksaltirish bo‘yicha doimiy monitoring tizimini ta’minlash.

muntazam

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

11.

Kollejda o‘quvchilar muloqot qilishining zamonaviy shakllarini yaratish (bahs-munozaralar klublari, o‘quvchilarni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha kollokviumlar, shu jumladan tegishli mutaxassislarni taklif etgan holda).

muntazam

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

12.

Kollej binolari va hududining ko‘rinarli joylarida bilim olishga intilish, o‘z intellektual darajasini oshirish, adabiy kitoblar o‘qishga qiziqish va turli yoshlar tadbirlarini o‘tkazishga da’vat etadigan targ‘ibot, shu jumladan xorijiy tillardagi materiallarini (videoroliklar, plakatlar, bukletlar, flayerlar va boshqalarni) tayyorlash va joylashtirish.

muntazam

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda

13.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi TDYuU boshlang‘ich tashkilotining faollarini kollej o‘quvchilarining huquqiy madaniyati va ongini, ijtimoiy faolligini oshirish, adabiy kitoblar o‘qishga qiziqtirish va turli yoshlar tadbirlarini o‘tkazish maqsadida ular bilan ishlashga jalb qilish.

muntazam

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda

14.

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyatining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda muhim masalalarni muhokama etish uchun o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish.

har chorakda

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda

III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash chora-tadbirlari

15.

adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kollej uchun o‘quv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek kollej o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash.

zaruratga ko‘ra

Adliya vazirligi, Toshkent yuridik kolleji

16.

Kollejga 2 ta yengil, jumladan, bitta biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratish.

2017-yil noyabr

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

17.

Kollej xodimlariga har oylik ustamalar belgilash uchun TDYuUning budjetdan tashqari (reja-kontrakt) mablag‘lari hisobidan, shuningdek TDYuUning budjetdan tashqari (faqat o‘qitishning bazaviy qiymatidan oshadigan miqdori qismi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushumlar mablag‘lari hisobidan kollej o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil dekabr

TDYuU, Adliya vazirligi

18.

“Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha yangi mutaxassisliklar va kasblar ochilishi munosabati bilan kollej shtat jadvalini qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil yanvar

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji, Moliya vazirligi

19.

Toshkent yuridik kollejini uning talabnomasiga binoan Internet tarmog‘iga belgilangan tartibda ulashni ta’minlash.

2018-yildan boshlab

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”