Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mulk uning barcha shakllarida daxlsizdir va unga nisbatan har qanday tajovuz qonun bilan ta’qib etiladi.
Tushuntirilsinki, agar bitim, shartnoma tuzilishi paytida taraflar xohish-irodasi erkin ifoda etilgan bo‘lib, uning shakliga nisbatan Fuqarolik kodeksida belgilangan quyidagi talablar bajarilgan bo‘lsa, u qonun talablariga muvofiq tuzilgan hisoblanadi, ya’ni:
11. Qonun talablariga muvofiq tuzilgan bitimlar, shartnomalardan kelib chiqadigan arizalar sudni chetlab surishtiruv, dastlabki tergov organlariga tushganda, ular JPK 329-330-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi va jinoyat belgilari mavjud bo‘lmagan taqdirda, manfaatdor shaxslarga nizo fuqarolik sud ishi yurituvi tartibida hal etilishi zarurligi tushuntirilishi lozim.
Shuni nazarda tutish lozimki, sudning aynan bir masala bo‘yicha fuqarolik, iqtisodiy sud ishi yuritish tartibida chiqarilib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorining mavjudligi, JK 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga va uning jinoyat sudlov ishini yuritish tartibida ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
13. Firibgarlik jinoyatidan aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyatini (JK 170-moddasi) farqlash lozim, chunki bunday holda shaxs o‘zganing mulkini bevosita olib qo‘ymasdan va unga nisbatan huquqqa ega bo‘lmasdan, qonunga (shartnomaga) ko‘ra mulkdor egaligi yoki tasarrufiga o‘tishi lozim bo‘lgan tovar-pul qimmatliklarini o‘zlashtiradi va ular hisobiga boyiydi (masalan, avtomobillarga texnik yordam ko‘rsatish shoxobchasi xodimi naryadda ko‘rsatilmagan ishlarni bajarib yoki vagon kuzatuvchisi yo‘lovchini chiptasiz tashib, mijozdan olingan haqni o‘zlashtiradi, bosmaxona bosh injeneri buyurtma qilingan mahsulotning hisobga olinmagan tiraji uchun olingan haqni o‘z mulkdorligiga qaratadi va h.k.).
Agar korxona, muassasa, tashkilotlarning firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilingan mulki summasi eng kam oylik ish haqining MJtK 61-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan miqdoridan oshmasa, ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud bo‘ladi. Bunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganda ham, agar talon-toroj summasi ko‘rsatilgan miqdordan oshmasa, ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi. Bunda oz miqdorda talon-toroj necha marta sodir etilganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, MJtK 61-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari ularning mol-mulkini firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilganda, faqat ularning rahbari, mulkdori yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra javobgarlikka tortilishi mumkin.
Boshqa shaxs tomonidan tayyorlangan qalbaki hujjatdan foydalangan holda firibgarlik sodir etgan shaxsning harakatlari JK 168-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK 228-moddasi uchinchi qismi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi, chunki bunday holda hujjat aybdor tomonidan o‘z maqsadiga erishish uchun aldash vositasi sifatida foydalanilgan bo‘ladi.
20. Tushuntirilsinki, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib firibgarlik sodir etish (JK 168-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi) deganda, moliya, bank muassasalari, fondlar va sh. k. larda bo‘lgan mulkni aldov yo‘li bilan kompyuter texnikasi vositalari yordamida manipulatsiya qilish orqali amalga oshiriladigan talon-toroj tushuniladi. Bunday firibgarlik kompyuter tizimida ishlov beriladigan, tegishli axborot tashuvchilarda saqlanadigan yoki ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari bo‘yicha beriladigan axborotni o‘zgartirish yo‘li bilan ham, kompyuter tizimiga yolg‘on axborot kiritish yo‘li bilan ham sodir etilishi mumkin.
21. Xizmat mavqeidan foydalanib firibgarlik sodir etganlik (JK 168-moddasi uchinchi qismi “v” bandi) uchun javobgarlik mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeidan faqat aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish uchun foydalanib, o‘zganing mulkini yoki unga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish maqsadida o‘z xizmat vakolatlari doirasiga kirmaydigan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirgan hollardagina vujudga keladi.
23. Firibgarlik natijasida olingan, shuningdek ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jabrlanuvchiga tegishli pul va boshqa qimmatliklar JPK 211-moddasi 4-bandiga ko‘ra, o‘z egasiga qaytarib berilishi lozim, pul va boshqa qimmatliklar ular egasining tashabbusi bilan, bila turib, pora predmeti sifatida berilgan hollar bundan mustasno. Pul va boshqa qimmatliklar topilmagan hollarda ularning summasi yoki pul birligidagi qiymati sud tomonidan jabrlanuvchi yoki davlat foydasiga undiriladi.
Firibgarlikning o‘g‘rilikdan (JK 169-moddasi) farqi shundaki, firibgarlikda aybdor mulkni o‘zganing egaligidan olib qo‘ymaydi, balki u tomonidan yanglishtirilgan jabrlanuvchining o‘zi mulkni yoki mulkka bo‘lgan huquqni berishiga erishadi.
Tovlamachilikdan (JK 165-moddasi) firibgarlik shu bilan farqlanadiki, tovlamachilikda jabrlanuvchi qo‘rquv ta’siri ostida harakat qiladi, erki sindirilgan bo‘ladi, firibgarlikda esa aldov natijasida jabrlanuvchining erki yanglishtirilgan.
Firibgarlik jinoyatidan o‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish (JK 176-moddasi) qasd yo‘nalishi va soxtalashtirish xususiyati bilan farqlanadi. Bunda pul belgisi yoki chet el valyutasi pul aylanmasiga kiritish uchun soxtalashtiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq firibgarlikda esa, (masalan, pul kupyurasiga bir necha nol raqamlarini qo‘shib yozish, suvenir banknotlarni, banknot yoki qimmatli qog‘ozlarning foto-kseronusxalarini ishlatish va h.q.) qasd muayyan shaxsni aldash va mulkiy foyda olishga qaratilgan bo‘ladi.
25. JPK 415-moddasiga muvofiq sud ayblovni o‘zgartirishi va sudlanuvchining harakatlarini JK boshqa moddasi (qismi, bandi)ga kvalifikatsiya qilishga, shuningdek, jinoyatning ayrim (sudlanuvchining aybiga kiritilgan harakatlardan) epizodlarini sudlanuvchiga ayb e’lon qilinmagan JK moddasiga kvalifikatsiya qilishga haqli.
26. JK 168-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplanishi ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llashni istisno etadi, shu sababli, zarar to‘liq qoplanmagan hollarda sudlar aybdorga nisbatan ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning maqsadga muvofiq-muvofiq emasligi masalasini muhokama qilishlari shart.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”