Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-apreldagi 146-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi va 1995-yil noyabrdagi 436-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3.7. 3.6.-band qoidalari diplomatik pochtani bir marta tashish uchun tayinlangan vaqtinchalik kuryerlarga (ad hoc diplomatik kuryerlarga) nisbatan ham qo‘llanadi, ulardagi eslatib o‘tilgan daxlsizlik huquqlari bunday kuryer tomonidan unga yuklangan diplomatik pochta belgilangan joyga yetkazib berilgan vaqtda to‘xtatiladi.
3.16. Ushbu Nizomning 3.8, 3.9, 3.11, 3.12 va 3.13-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar diplomatik vakolatxona boshlig‘i, diplomatik personal a’zolarining ular bilan birga yashaydigan oila a’zolariga, agar oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmasa, tatbiq etiladi.
3.17. Diplomatik vakolatxonaning ma’muriy-texnik personali a’zolari va ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmasa yoki O‘zbekistonda doimiy yashamasa, 3.1, 3.8, 3.9, 3.10, 3.11-bandlarda (3.11-bandda ko‘rsatilgan imtiyozlarning dastlabki joylashib olish uchun mo‘ljallangan tovarlarga nisbatan qo‘llanishini istisno qilgan holda), 3.13 va 3.15-bandlarda (O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik va ma’muriy yurisdiksiyasidan daxlsizlik huquqining faqat xizmat vazifalarini bajarayotgan ma’muriy-texnik personal xodimlari tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlargagina tatbiq qilinishi istisno qilgan xolda) nazarda tutilgan imtiyozlar va daxlsizlik huquqlaridan foydalanadilar.
4.7. Ushbu Nizomning 2.5, 2.6, 3.1-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar konsullik muassasasiga nisbatan ham qo‘llanadi.
4.10. Ushbu Nizomning diplomatik pochta va diplomatik kuryer to‘g‘risidagi 3.5 va 3.6-bandlarida nazarda tutilgan daxlsizlik huquqlari va imtiyozlar konsullik valizasiga va konsullik kuryeriga nisbatan ham qo‘llanadi. Konsullik valizasida rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan rasmiy xat-xabarlar, hujjatlar va buyumlardan tashqari boshqa narsalar bor deb hisoblash uchun jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno bo‘lishi mumkin. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari vakolatli organlar ishtirokida konsullik valizasini ochishni talab qilishga haqlidir. Bunday talabni bajarish rad etilgan taqdirda valiza jo‘natuvchiga qaytarib yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”