Rangli metall parchalari va chiqindilarini to‘plash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni tayyorlashni rag‘batlantirish, xomashyo resurslarini qayta ishlash va samarali ishlatish quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta’minlash, shuningdek zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini faol joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ aksiyadorlarining korxona nomini “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJga (keyingi o‘rinlarda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ deb ataladi) o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ ning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchi — O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida, jumladan rangli metall parchalari va chiqindilari muntazam hosil bo‘ladigan yuridik shaxslar bilan fyuchers shartnomalari, shuningdek “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga metall parchalari topshiruvchilardan rangli metall parchalari hamda chiqindilarini to‘plash va topshirish uchun yuridik shaxslar bilan topshiriq shartnomalarini tuzish orqali rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda metall parchalari topshiruvchilardan qabul qilish bo‘yicha samarali tizimni tashkil etish;
ikkinchi — ishlab chiqarishni yangi turdagi mahsulotlar tayyorlashni o‘zlashtirish bo‘yicha modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, rangli metallarni qayta ishlaydigan zamonaviy, energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish, shuningdek xomashyo bazasini kengaytirish;
uchinchi — ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning eksport hajmlarini, jumladan yangi bozorlarni o‘zlashtirish hisobidan oshirish, tashqi bozorlardagi pozitsiyalarni mustahkamlash;
to‘rtinchi — mahsulot tannarxini, xususan, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va operatsiya xarajatlarini maqbullashtirish, tovarlar hamda xizmatlar importi hajmlarini qisqartirish hisobidan pasaytirishga doir aniq maqsadli ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish;
beshinchi — ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonlariga innovatsiya ishlanmalarini joriy etish, ilm-fan va ishlab chiqarishning yanada yaqin aloqasini ta’minlash;
oltinchi — oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda ilmiy muassasalar bilan kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish orqali muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarining to‘liq hamda sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ ijro etuvchi apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 77 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qarori bilan “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ ijro etuvchi apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (F.R. Abdullayev) bilan birgalikda 2018 — 2020-yillarda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJni rivojlantirish dasturini uch oy muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida rangli metall parchalari va chiqindilarini faqat “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ tayyorlashi belgilab qo‘yilsin.
yuridik va jismoniy shaxslar bilan topshirilgan siniq parchalar uchun metall parchalari topshiruvchilar tomonidan rangli metall parchalari hamda chiqindilari topshirilishini rag‘batlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarga xalq hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun rangli metall parchalari hamda chiqindilarini sotishga ruxsat berilsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek tashkiliy-huquqiy shakli hamda idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga rangli metall parchalari va chiqindilarini to‘plash, saqlash, ulardan foydalanish hamda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga topshirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
9. Quyidagilarning erkin (shartnomaviy) narxda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga majburiy tartibda topshirilishi belgilab qo‘yilsin:
tarkibida rangli metallar bo‘lgan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar korxonalarda bankrotlik jarayonlarini o‘tkazish, ularni tugatish, rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiyalash davomida hisobdan chiqariladigan jismonan va ma’nan eskirgan uskunalar;
Keyingi tahrirga qarang.
barcha turdagi elektr dvigatellar, transformatorlar, avtotransport vositalari, elektron va maishiy texnikani ta’mirlash hamda ularga servis xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilotlarning xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatida hosil bo‘ladigan rangli metall parchalari va chiqindilari.
10. “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (F.R. Abdullayev), “O‘zmetkombinat” AJ (A.X. Xursanov) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (D.D. Asamov) topshirilgan qora va rangli metall parchalari hamda chiqindilarini tayyorlash, saqlash hamda ular uchun hisob-kitob qilish tartibini takomillashtirishga doir takliflarni 15 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (M.V. Toxiriy) bilan birgalikda ishlab chiqarish-texnik, maishiy va boshqa buyumlar parchalari hamda rangli metall chiqindilarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqilishining oldini olish bo‘yicha doimiy ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (F.R. Abdullayev), O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) bilan birgalikda:
tarkibida rangli metallar bo‘lgan uskunalar, parchalar va chiqindilarni qabul qiladigan noqonuniy punktlar faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ularni to‘plash, tayyorlash, saqlash, foydalanish hamda topshirish bo‘yicha noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish;
tashkilotlar, muassasalar, qurilish maydonlari va boshqa obyektlarda tarkibida rangli metallar bo‘lgan uskunalar, parchalar va chiqindilarni, shu jumladan qabristonlardagi rangli metallardan tayyorlangan yodgorliklar hamda panjaralarning o‘g‘irlanishi, ularga zarar yetkazilishi va noqonuniy muomalada bo‘lishining oldini olish;
aholi o‘rtasida rangli metall parchalari va chiqindilarining muomalada bo‘lish tartibi, shuningdek ularni o‘g‘irlash, noqonuniy tayyorlash va respublika tashqarisiga kontrabanda yo‘li bilan olib chiqib ketish uchun javobgarlik choralari haqida profilaktika ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (B.R. Parpiyev) ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatida rangli metall parchalari va chiqindilari hosil bo‘ladigan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini reja asosida muvofiqlashtirilgan tekshiruvlarni belgilangan tartibda o‘tkazishda xo‘jalik subyektlari tomonidan rangli metall parchalari hamda chiqindilarining muomalada bo‘lish tartibiga rioya etilishini o‘rganish uchun “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ mutaxassislarini majburiy tartibda jalb qilsin.
13. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilarini tayyorlash, sotib olish, foydalanish hamda sotish tartibi buzilishining oldini olish va bunga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida muntazam yoritilishini ta’minlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda kiritsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.