Vazirlik hay’ati | Vazir | Vazir yordamchisi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi 5 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazirning birinchi o‘rinbosari | Vazir o‘rinbosari | Vazir o‘rinbosari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Teatrlarni rivojlantirish boshqarmasi 4 | Muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi 3 | Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi 3 | Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi 3 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Konsert-tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi 3 | Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy madaniy meros sho‘basi 2 | Buxgalteriya 3 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kadrlar boshqarmasi 3 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ishlar boshqarmasi 3 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ijodkor yoshlar bilan ishlash va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi 3 | Badiiy ekspertiza boshqarmasi, Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish respublika ilmiy-metodika markazi, Respublika ko‘zi ojizlar markaziy kutubxonasi, “Guliston”, “Moziydan sado” jurnallari tahririyati, qo‘riqxona-muzeylar, hayvonot bog‘lari, davlat muzeylari, uy-muzeylar, vazirlik tizimiga kiruvchi ko‘rgazmalar va ta’lim muassasalari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi, Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati, “Binolarni �kspluatatsiya qilish va foydalanish bo‘yicha direksiya” davlat korxonasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Repertuar-tahririyat sho‘basi 2 | Bosh yuriskonsult 1 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat teatrlari, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, O‘zbek davlat sirki, O‘zbekiston orkestrlari birlashmasi, O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, “Yoshlar madaniyat va san’at markazi” davlat korxonasi, “Teatr” jurnali tahririyati, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroyi, Farg‘ona viloyati Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyi, “Diydor” va “Tomosha”teatr-studiyalari | Matbuot kotibi 1 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ta’lim muassasalari va tarmoqni metodik ta’minlash boshqarmasi 4 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali direksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.10.2017 yildagi PQ-3325-son
Кучга кириш санаси
17.10.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 17.10.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Keyingi tahrirga qarang.
Madaniyat va san’at sohasidagi boshqaruv tizimida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va san’at sohasida xalqaro madaniy tashkilotlar va xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va san’atga doir homiylikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
madaniyatlararo ijodiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va o‘zbek san’atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatdoshligi bilan bog‘liq jihatlarni namoyish etish;
madaniyat va san’at sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan ta’minlash;
xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish;
xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mablag‘ va ko‘mak berish;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy ta’mirlash;
xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlari bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni ta’minlash;
jahondagi ilg‘or tajribalarni mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va san’at sohasini moliyalashtirish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish;
aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmini va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi budjet tashkilotlari fondiga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ajratilayotgan maqsadli mablag‘lardan to‘g‘ri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat o‘rnatish;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tadbirlar uchun maqsadli mablag‘lar ajratish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy ajratmalardan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli fondlariga majburiy to‘lovlardan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin, unda, jumladan, Jamg‘arma ijrochi direksiyasi tuzilmasini tasdiqlashni ko‘zda tutsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berishdan undiriladigan davlat boji tushumi summasidan 70 foiz miqdoridagi ajratmalar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi davlat foydasiga o‘tkazilgan mulkni sotishdan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga tushadigan mablag‘larning bir qismi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qaroriga muvofiq “O‘zsharobsanoat” AJning o‘z tashabbusi bilan homiylik tartibida har yili ajratiladigan mablag‘lar.
4. Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini moliya tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qarori:
a) 3-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5496-son Farmoniga muvofiq tahrirda bayon etilgan.
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2778-son qarorining 2-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 53-bandi 1 — 6-kichik bandlari ikkinchi xatboshilari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 7-son, 56-modda) quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga tushishi kerak bo‘lgan mablag‘larning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi