09.10.2017 yildagi PQ-3317-son
Hujjat 10.10.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

I. SUG‘URTA FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida sanoat korxonalari va qurilish obyektlarini barcha xatarlardan kompleks sug‘urtalashni ta’minlash maqsadida sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan yangi innovatsion sug‘urta mahsulotlari va maxsus dasturlar yaratish.

Maxsus sug‘urta mahsulotlari

2017-2018-yillar

2.

Tibbiyot sug‘urtasi, texnik va yuridik assistans bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi assistans tashkilotini tashkil etish.

Assistans tashkilotini tashkil etish

2018-yil II chorak

3.

Respublika hududlarida bo‘linmalarini ochgan holda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida hayotni sug‘urtalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tashkil etish.

Sug‘urta tashkilotini tashkil etish

2018-yil IV chorak

4.

Aksiyadorlik jamiyatlari menejerlari, shifokorlar, loyiha va qurilish tashkilotlari va boshqalarning mas’uliyatini sug‘urtalash qoidalarini ishlab chiqish.

Namunaviy qoidalar

2018-yil III chorak

5.

Yoshlar uchun uylar qurish dasturlariga muvofiq uy-joylarni sug‘urtalashni amalga oshirish.

Sug‘urtalash shartnomalarini tuzish

2017-2018-yillar

6.

Shartnoma asosida sug‘urta bozorining ixtisoslashtirilgan professional ishtirokchilarini, boshqa mutaxassislarni (shifokorlar, ekspertlar, yuristlar va boshqalar) jalb etish va autsorsing ishlarini davom ettirish.

Hamkorlik to‘g‘risida tegishli shartnomalarni tuzish

2017-2018-yillar

7.

2017-2018-yillar davrida sug‘urta xizmatlari hajmini 1,5 barobarga oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil IV chorak

8.

2017-2018-yillarda aktivlarning o‘sishini 1,3 barobarga yetkazgan holda ularni oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil IV chorak

9.

“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan taklif etiladigan sug‘urtalash va xizmatlar afzalliklari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-2018-yillar

II. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

10.

Jamiyatning sug‘urta portfelini diversifikatsiya qilish va samarali boshqarish maqsadida sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, to‘lov qobiliyatiga bo‘lgan zarur talablarga rioya qilish hamda taqdim etilayotgan sug‘urta va qayta sug‘urtalash xizmatlarining yuqori sifatini ushlab turish.

Hamkorlik to‘g‘risida tegishli shartnomalarni tuzish

2017-2018-yillar

11.

Jahon sug‘urta hamjamiyatibilan integratsiyalashuv. Yetakchi xorijiy sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish.

Hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish

2018-yil III chorak

12.

Xalqaro reyting baholarini olish uchun xalqaro normalar, mezonlar va standartlarni joriy etish, xalqaro auditni o‘tkazish va ISO sifat menejmenti tizimini qo‘llab borish.

Shartnomalar tuzish

2018-yil IV chorak

III. FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASh

13.

Mustaqil ekspertlar tomonidan korporativ boshqaruv tizimini har chorakda baholab borish.

Baholash to‘g‘risida hisobot

Har chorakda

14.

Faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) takomillashtirish.

Jamiyatning biznes-rejasiga o‘zgartirishlar kiritish

2018-yil I chorak

15.

Jamiyat bo‘linmalarining faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularni tezkor tahlil qilish.

Tahliliy ma’lumot

2017-yil IV chorak

IV. KORPORATIV BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

16.

Jamiyatning minoritar aksiyadorlari qo‘mitasini tashkil etish

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori

2018-yil II chorak

17.

Xatar-menejmenti, audit, kadrlar va mukofotlar masalalari bo‘yicha jamiyatning kuzatuv kengashi huzurida turdosh qo‘mitalar tashkil etish.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori

2017-yil IV chorak

18.

Korporativ boshqaruv Kodeksi talablarini joriy etish va unga rioya qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

19.

Jamiyatning veb-saytini yanada takomillashtirish.

Veb-saytni takomillashtirish

2017-yil IV chorak

V. NR-MENEJMENTI SAMARADORLIGINI OShIRISh

20.

Jamiyat boshqaruvi soni va tuzilmasini maqbullashtirish.

Shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish

2017-yil III chorak

21.

Jamiyatning yuqori va o‘rta bo‘g‘ini menejerlarini korporativ menejment va biznes-jarayonlarini boshqarish bo‘yicha kurslarda, shu jumladan xorijda o‘qitish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil I chorak

22.

Asosan masofaviy turib seminar-treninglar o‘tkazish (videokonferensiyalar, testlar, o‘qitish).

Seminar va treninglar tashkil etish

2017-2018-yillar

23.

Sug‘urta tarmog‘i uchun mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha respublikaning oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ish olib borish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil II chorak

VI. ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISh

24.

Mahalliy va xalqaro to‘lov tizimlari orqali onlayn to‘lovni amalga oshirish imkoniyati bilan ko‘ptilli internet-magazinini qo‘llagan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali sug‘urtalash xizmatlari realizatsiyasini rivojlantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

25.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sug‘urta xizmatlarini realizatsiya qilishning virtual ofis va yangi kanallarini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

26.

Moliya operatsiyalarining to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilayotganligi ustidan nazoratni kuchaytirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil IV chorak

 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.