Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi PF-5044-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2972-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
a) nomidagi “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari “O‘zbekenergo” AJ” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1 va 8-bandlardagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “davlat-aksiyadorlik kompaniyasining” so‘zlari “AJning” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “va ko‘mir” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
sakkizinchi xatboshidagi “kompaniyaning” so‘zi “O‘zbekenergo” AJning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “va ko‘mir sanoati” “(gidroenergetikadan tashqari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 6-band va 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 4-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Loyihalash tashkilotlarida davlat nomidan aksiyador (qatnashchi) funksiyalarini amalga oshiruvchi hamda “ToshuyjoyLITI” AJ, “Issiqlikelektrloyiha” AJ va “Energotarmoqloyiha” AJdagi muassislar ulushlarini ularga sotadigan vazirliklar va idoralar ro‘yxatining 24-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”