O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq hamda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni nazorat qilish va hisobga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibini belgilaydi.
davlat foydasiga voz kechish — bojxona rejimida vakolatli shaxs tovardan voz kechadi hamda uni bojxona to‘lovlari to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda tekinga davlat mulkiga o‘tkazadi;
davlat bojxona xizmatining hududiy organi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar bo‘yicha, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari — qimmatli qog‘ozlar va qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar bo‘yicha;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 260-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/260/1000-son)
tovar — har qanday ko‘char mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, transport vositasi (yo‘lovchilarni tashuvchi transport vositasi, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
tovarning kuzatuv hujjatlari — hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab jo‘natish varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va o‘zga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish bilan bog‘liq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar, shuningdek konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi mavjudligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 787-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega bo‘lgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish yurituvchi shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi — davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning bojxona organlari tomonidan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
3. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish va realizatsiya qilish tartiboti mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa o‘sha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tovarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 21-bobi qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida vakolatli shaxsning arizasi (mazkur Nizomga 2-ilova) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha xabarnomani elektron shaklda axborot tizimlari orqali olishga roziligini bildiradi.
Tovarlarning davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali taqdim etiladi.
6. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovar to‘g‘risida bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan so‘ng, ushbu tovarlar bo‘yicha tegishli barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olib, bir ish kuni mobaynida o‘zi joylashgan hududdagi davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organiga yozma xabarnoma yuboradi.
7. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ yozma xabarnomani olgan kuni davlat bojxona xizmatining hududiy organi bilan kelishilgan holda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish va qabul qilish joyini belgilaydi.
8. Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
9. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi o‘rtasida 3-ilovaga muvofiq tuzilgan dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi.
10. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarning kelgusidagi realizatsiyasini ta’minlash uchun bojxona yuk deklaratsiyasi, tovarning kuzatuv hujjatlari, agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim bo‘lsa, ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasini davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan:
qimmatli qog‘ozlarni — Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun topshiradi. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni — ular Davlat asillik darajasini belgilash palatasida ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga topshiradi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni texnik ekspertizadan o‘tkazishda asillik darajasi to‘lovi undirilmaydi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Boshqa tovarlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kimoshdi savdosini o‘tkazish tartibida sotuvga qo‘yiladi. Tez buziladigan va past qiymatli tovarlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali sotiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 260-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/260/1000-son)
12. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilib topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha olingan tovarlarning sotilishi yuzasidan Davlat bojxona xizmatining hududiy organiga har oy yakunida ma’lumot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda undan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar sotilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga taqdim etadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarning realizatsiyasi bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi elektron shaklda amalga oshiriladi.
13. Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamida (yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida (yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) qoladi va davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni baholash, saqlash va realizatsiya qilish hamda davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning tasarruf etish va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga | |||||||||||||||
№ ___________________________ | |||||||||||||||
raqam va sana (yil, oy, kun) | |||||||||||||||
Mazkur dalolatnoma O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq | |||||||||||||||
___________________________________________________________________________________________ | |||||||||||||||
davlat bojxona xizmatining hududiy organi | |||||||||||||||
tomonidan _________________________________________________________________________________ | |||||||||||||||
davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ | |||||||||||||||
ga davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan quyidagi tovarlarni topshirish-qabul qilish uchun tuzilgan: | |||||||||||||||
№ | Tovar nomi | TIF TN | O‘lchov birligi | Miqdori | BYuD raqami | Izoh | |||||||||
Qabul qildim: _____________________________ | __________ | M.O‘.* | |||||||||||||
(davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli shaxsning F.I.O., lavozimi) | imzo | ||||||||||||||
Topshirdim: _______________________________ | ___________ | M.O‘. | |||||||||||||
(davlat bojxona xizmatining hududiy organi xodimining F.I.O., lavozimi) | imzo | ||||||||||||||