Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 07.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, toshqin va yer ko‘chkisi xavfi bo‘lgan tumanlarda qirg‘oqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlari (keyingi o‘rinlarda FVV ixtisoslashtirilgan otryadlari deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) qarorlariga asosan boshqa tashkilotlar tomonidan faqatgina toshqin suvlari va sel oqimlarini o‘tkazib yuborishning imkoniyatsizligi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi;
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi davlat organlari tomonidan ushbu qarorning 4-bandida ko‘rsatilgan nazorat funksiyalarining lozim darajada bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi vaqtlarda daryolar o‘zanlari, ko‘llar, suvni muhofaza qilish zonalari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obyektlarini tozalash, shuningdek, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash (keyingi o‘rinlarda daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash deb yuritiladi) ishlarini o‘tkazish ko‘rinishida amalga oshiriladigan qum-shag‘al materiallarini nazoratsiz qazib olish holatlari ko‘paydi.

Ushbu faoliyat daryo tublarining yuvilib ketishiga, qirg‘oqlarning o‘pirilishiga sabab bo‘ladi, bu, o‘z navbatida, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi hamda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mulkiga, shuningdek, atrof tabiiy muhitga zarar yetishi uchun shart-sharoit yaratmoqda.

Faqat 2017-yilning o‘tgan davrida daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish bo‘yicha 228 ta holat aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Yuzaga kelgan vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ko‘rish, shuningdek, mazkur sohada huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, transport va gidrotexnika infratuzilmasi obyektlarining xavfsiz ishlashini ta’minlash sohasida aniq vazifalar belgilandi.

Xususan, daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari faqatgina toshqin suvlari va sel oqimlarini o‘tkazib yuborishning imkoniyatsizligi bilan bog‘liq salbiy oqibatl�rning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Mazkur ishlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sel, toshqin va yer ko‘chkisi xavfi bo‘lgan tumanlarda qirg‘oqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlari tashkil etiladi. Ushbu faoliyat bilan boshqa tashkilotlar ham shug‘ullanishi mumkin.

Bunday ishlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son qarori bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha Hukumat komissiyasining qarori asos hisoblanadi.

Bunda Komissiya tomonidan shunday qaror Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining daryolar o‘zanlarini o‘rganish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish imkoniyatlarini baholash natijalari bo‘yicha qo‘shma xulosalariga asosan qabul qilinadi.

Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishga loyiha hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.

Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish budjet mablag‘lari, markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olishni tartibga solish, uning ekologiyaga salbiy ta’sirini bartaraf etish maqsadida daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘�qlarini mustahkamlashda amalga oshiriladigan mazkur faoliyat litsenziyalanishi shart.

Daryolar o‘zanlarida noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun litsenziya Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-maydagi PQ-1524-son qarori bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan zaxiralar mavjudligi va suv rejimiga salbiy ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan beriladi.

Noruda foydali qazilmalar konini ishlab chiqish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan yer qa’ridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlovchi ishlab chiqish tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Mazkur sohadagi qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida viloyat, tuman va shaharlar darajasida tarkibiga 12 ta vazirlik, idora va tashkilotlarning, shu jumladan, davlat chegaralarini himoya qilish, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining vakillari kiritilgan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi idoralararo guruhlar tashkil etiladi.

Ushbu guruhlar respublikada mavjud umumiy uzunligi 12,7 ming kilometrni tashkil etuvchi 437 ta daryo va boshqa suv obyektlari hududlari bo‘yicha o‘z faoliyatini olib boradi.

Idoralararo guruhlar faoliyatiga rahbarlik prokuratura organlariga yuklanadi.

Idoralararo guruhlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

– daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining holatini loyiha hujjatlari, litsenziya shartlari va qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi nuq�ai nazaridan o‘rganish;

– daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish holatlarini aniqlash va oldini olish, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish;

– ushbu sohadagi qonun hujjatlariga rioya etish masalalari bo‘yicha profilaktika tadbirlarini o‘tkazish.

Bundan tashqari, davlat rahbari tomonidan daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibini buzganlik uchun ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilishgacha bo‘lgan javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Ushbu qarorning ro‘yobga chiqarilishi, shak-shubhasiz, daryo va suv havzalarining o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishni, noruda foydali qazilmalarni qazib olishni tartibga solish, shuningdek, qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olishning atrof-muhitga salbiyni ta’sirini bartaraf etish imkonini beradi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”