— | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi | |
D.A. Kuchkarov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Kengash raisi o‘rinbosari |
B.A. Xodjayev | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri |
G.K. Saidova | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
I.U. Majidov | — | O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri |
U.I. Inoyatov | — | O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri |
A.K. Shadmanov | — | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri |
B. Sayfullayev | — | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri — O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori |
A.A. Karimov | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari |
A.A. Yuld�shev | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
lavozimi bo‘yicha | — | qurilish vaziri o‘rinbosari |
R.J. Kurbanov | — | O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining raisi |
T.A. Ishmetov | — | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari |
— | Kasb-hunar ta’limi markazi direktori | |
lavozimi bo‘yicha | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
A.M. Boboyev | — | Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi Direksiya direktori o‘rinbosari, Kengash kotibi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 24.08.2017 yildagi PQ-3242-son
Кучга кириш санаси
04.09.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
|
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilg‘or o‘quv, tashxis va davolash uskunalari, axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash, jamlanadigan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi va Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etildi.
birinchi, Jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘larni keyinchalik ulardan qonunchilikka muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar musiqa va san’at maktablari, oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari) hamda tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;
ikkinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek, o‘yin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini o‘rash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
uchinchi, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni, shu jumladan idoraviy bo‘ysunuvdagilarni, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, jumladan, zarur hollarda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
to‘rtinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
beshinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;
oltinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
yettinchi, zamon talablarini hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa cholg‘u asboblari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa shakllari bilan, shuningdek, o‘quv mebellari va asbob-anjomlari bilan jihozlash va qo‘shimcha jihozlashni moliyalashtirish;
sakkizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, sog‘liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish;
to‘qqizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqib, bolalar musiqa va san’at maktablarini eng yangi musiqa va cholg‘u asboblari va maxsus uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari, o‘quv mebellari va anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish.
LexUZ sharhi
2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan. Rus tili matniga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi va Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining barcha aktiv va passivlari Jamg‘armaga topshiriladi.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamg‘armaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni to‘lashdan tushadigan mablag‘lar;
“Ta’lim” va “sog‘liqni saqlash” sohasi xarajatlari hisobiga alohida bo‘lim bilan ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari;
xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
5. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tuzilmasida Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish shu’basi tashkil qilinganligi;
LexUZ sharhi
5-bandning to‘rtinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha G‘aznachilikning amaliyot boshqarmalarida tegishli ravishda Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish shu’basi tashkil qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
hududiy moliya boshqarmalarining tuzilmasida moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafardan iborat Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish, ulardan foydalanishni tahlil qilish va monitoring qilish shu’basi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat bo‘lgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida markaziy apparatda 2 nafardan hamda ularning hududiy boshqarmalarida 1 nafardan iborat bo‘lgan bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy tuzilmalarida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat bo‘lgan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarini cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari tashkil qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili hududlar kesimida ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashga oid takliflarni shakllantiradilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘lari doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradilar hamda uni O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlari va Davlat budjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan rivojlanish davlat dasturlariga mustaqil bo‘lim sifatida kiritiladi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
LexUZ sharhi
7-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga, oliy ta’lim muassasalarini esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, shuningdek, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar zimmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
ta’lim muassasalarini jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) bo‘yicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi zimmasiga;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan ta’minlanadigan sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi zimmasiga, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadiganlari esa, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qurilish bo‘yicha Birlashgan direksiyasi zimmasiga;
tibbiyot muassasalarini jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) bo‘yicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan. Rus tili matniga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.Xodjayev, moliya vazirining o‘rinbosari — Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori A. Karimov zimmasiga ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yillik Dasturiga kiritilgan obyektlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, shu jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, shuningdek, laboratoriya, diagnostika, davolash uskunalari hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlanishi (qo‘shma jihozlanishi) ustidan tizimli asosda doimiy monitoring olib borsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” PQ-1024-son qarori:
a) 9-bandining birinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 29-ilovaning 5-bandidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-sentabrdagi “Ummon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1197-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-apreldagi “Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1736-sonli qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-sentabrdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1821-sonli karori 7-bandining uchinchi xatboshidagi “budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6-dekabrdagi “Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, Xorazm viloyatini obodonlashtirish va aholisini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1874-sonli qarorining 2-ilovasidagi:
a) I bo‘limining “Moliyalashtirish manbalari” ustuni 1.4. kichik bo‘limi 1 — 13-kichik bandlaridagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish. mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) yakuniy qismidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-apreldagi “Buxoro muhandislik-texnologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida” PQ-1954-sonli qarorining 10-bandidagi “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-maydagi “Fosforit xomashyosi ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1975-sonli qarori 4-bandining uchinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2042-sonli qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 7-noyabrdagi “450 MVT quvvatdagi ikki bug‘gaz moslamasini qurilishi bilan birgalikda Tolimarjon IESni kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2063-son qarori 3-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 10-dekabrdagi “Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondining moliyaviy hamkorligida “Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2082-sonli qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-dekabrdagi “Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondining moliyaviy hamkorligida “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2088-son qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “va budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-noyabrdagi “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016 — 2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida” PQ-2435-sonli qarori 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevraldagi “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2492-sonli qarori 10-bandining 7 xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-iyundagi “Ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish to‘g‘risida” PQ-2543-sonli qarori 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-noyabrdagi “2016 — 2020-yillarda O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2650-sonli qarori 1-ilovasining 6-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik lineylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2653-sonli qarori 13-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2664-son qarori 12-bandining to‘rtinchi xatboshida “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilgi O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 23-dekabrdagi PQ-2697-sonli qarori:
a) 2-bandining beshinchi xatboshidagi “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy- texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-ilovasining nomlanishidagi “Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2705-sonli qarori 1-ilovasining 23-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi”so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017 — 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2707-sonli qarori:
a) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovasidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida” PQ-2731-sonli qarori 1-ilovasining 41, 42, 48, 53, 54, 56 va 57-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash to‘g‘risida” PQ-2754-sonli qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yilda Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiada va XVI Paralimpiada o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida” PQ-2821-sonli qarori 1-ilovasining 12-bandi va 2-ilovasining 1-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-martdagi “Quyuv mexanika zavodi” ShK mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2837-sonli qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2838-sonli qarori 5-ilovasi:
a) 19, 21 va 22-bandlari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin:
b) yakuniy qismidagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2857-sonli qarori 2-ilovasining 22-bandi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 10-noyabrdagi “Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” PQ-1432-sonli qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1533-sonli qarorining 4-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 21-noyabrdagi “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida” PQ-1645-sonli qarori.