1. | Kudbiyev Sh.D. | — | Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Kuzatuv kengashi raisi |
2. | Haydarov A.Y. | — | Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Kuzatuv kengashi raisining o‘rinbosari |
3. | Niyozmatov B.B. | — | Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari |
4. | Butayev U.U. | — | Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari |
5. | Kosimov R.K. | — | “Asaka” ATB raisining birinchi o‘rinbosari |
6. | Dadabayev A.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi |
7. | Vafayev Sh.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori |
8. | Ochilov B.I. | — | “Iskandar bobo” fermer xo‘jaligi rahbari (Buxoro viloyati Jondor tumani) |
9. | Xudoyberganov N.D. | — | “Dushamboy Ibrohim” fermer xo‘jaligi rahbari (Xorazm viloyati Shovot tumani) |
№ | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
I. Mikromoliyaviy xizmatlar hajmini ko‘paytirish | ||||
1.1. Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, o‘quv muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati, kasanachilik, hunarmandchilik va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish | ||||
1. | Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun mikrokreditlar ajratish. | Tashkil eti�ganiga 6 oydan oshmagan tadbirkorlik subyektlariga 24 oygacha mikrokreditlar ajratish: yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlariga — eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha; mikrofirmalar va dehqon xo‘jaliklariga (yuridik shaxs maqomiga ega), kam ta’minlangan oilalar va o‘quv muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilik, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish uchun — eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha. | 2017 — 2020-yillar | “Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi |
2. | Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga o‘z faoliyatini kengaytirish uchun mikrokreditlar ajratish. | Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan 24 oygacha eng kam oylik ish haqining 500 baravarigacha beriladigan mikrokreditlar hajmini ko‘paytirish. | 2017 — 2020-yillar | “Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi |
3. | O‘�uv muassasalarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan bitiruvchilarining “Start-up” loyihalarini amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlash. | Oliy o‘quv muassasalari va kollejlar bitiruvchilari — “Start-up haftaliklari” dasturi doirasida taqdim etilgan va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “bisnes.mehnat.uz.” saytida joylashtirilgan istiqbolli loyihalar mualliflari uchun mikrokreditlar ajratish. | 2017 — 2020-yillar | “Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, |
4. | O‘quv muassasalari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun mikrokreditlarni ko‘paytirish. | Oliy o‘quv muassasalari va kasb-hunar kollejlarining biznes bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan bitiruvchilariga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “college.mehnat.uz” va “otm.mehnat.uz.” saytlari ko‘magida mikrokreditlar ajratish. | 2017 — 2020-yillar | “Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, |
5. | O‘quv muassasalari bitiruvchilariga ajratiladigan mikrokreditlarni monitoring qilish va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ta’minlashni takomillashtirish. | “college.mehnat.uz” i “otm.mehnat.uz” saytlarining axborot bazasini birlashtirish choralarini ko‘rish. | 2017-yilning.IV choragi | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
6. | Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga birgalikdagi javobgarlik (guruh kafolati) asosida mikrokreditlar ajratish. | Ilg‘or jahon tajribasiga muvofiq birgalikdagi javobgarlik asosida mikrokreditlar ajratish, jumladan: 3 — 5 kishidan iborat guruh tashkil etilganidan qat’i nazar, birgalikdagi javobgarlik asosida kafolat ta’minotisiz kredit ajratish; guruhning har bir a’zosiga bir yilgacha eng kam oylik ish haqining 15 baravarigacha bir xil miqdorda mikrokredit ajratish. | 2017 — 2020-yillar | “Mikrokreditbank” ATB, Savdo-�anoat palatasi, |
7. | Hunarmandlik faoliyatini tashkil etish uchun mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish. | Milliy matolar (adras, atlas va boshqalar), milliy poyabzal, do‘ppi, yog‘och buyumlar tayyorlash yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan hunarmandchilik ustaxonalarini jihozlash uchun tegishli uskunalar xarid qilish, shuningdek hunarmandlarning bozorlar va savdo rastalaridagi savdo qilish joylarini ta’mirlash uchun hunarmandchilikni rivojlantirishga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish. | 2017 — 2020-yillar | Tijorat banklari, “Hunarmand”uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
8. | Kasanachilikni rivojlantirish uchun mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish. | Yirik sanoat korxonalari, davlat ulushiga ega kompaniyalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining buyurtmalarini bajaradigan, uyida tikuvchilik, attorlik, pillachilik, mebel, elektronika mahsulotlari, shu jumladan telekommunikatsiyalar va servis xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur uskuna �amda asboblar to‘plami ishlab chiqaradigan, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan kasanachilarni uskuna, xomashyo va materiallar bilan ta’minlash uchun kredit ajratish mexanizmini yaratish. | 2017 — 2020-yillar | “Mikrokreditbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
1.2. Kam ta’minlangan oilalar va ayrim toifadagi shaxslar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish | ||||
9. | Mehnat organlari bilan hamkorlikda oilalar daromadini ko‘paytirish va ularning kam ta’minlanganlik darajasidan chiqishi bo‘yicha alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalar uchun quyidagilarni amalga oshirish orqali alohida dasturlarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish: kam ta’minlangan oilalarni mikrokreditlar bilan kafolatli ta’minlash uchun beriladigan sug‘urta polislari bo‘yicha 1 foizgacha sug‘urta mukofoti undirishni amaliyotga joriy qilish; uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun iste’mol kreditlari ajratish. | 2017-yil III chorak | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, sug‘urta kompaniyalari, Moliya vazirligi, |
10. | Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish orqali kam ta’minlangan oilalar a’zolarining bandligini ta’minlash uchun ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish. | Aholiga, birinchi navbatda, kam ta’minlangan oilalarga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratish. | 2017 — 2020-yillar | Tijorat banklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
11. | Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan qatlamlarini, mehnat migrantlari, chekka qishloq joylarida yashaydigan xotin-qizlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish. | Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilad�gan mikromoliyaviy xizmatlar hajmini oshirish, jumladan: Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda asosan qishloq joylardagi olis aholi punktlarida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida; muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “military.mehnat.uz” sayti axboroti bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlar uchun; ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va zararli ta’sirlarga berilmagan fuqarolar uchun. | 2017 — 2020-yillar | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari, Xotin-qizlar qo‘mitasi |
12. | Zamonaviy mini-texnologiyalarni joriy qilish asosida qishloq joylarda ish o‘rinlari yaratish loyihalarini moliyalashtirish. | Qishloq joylarda yangi mini-texnologiyalarni joriy etish loyihalarini moliyalashtirish, jumladan: quyosh panellari (batareyalari); suv isitgich quyosh qurilmalari; sizot suvlarni chiqarish uchun suv nasoslarini o‘rnatish; kam quvvatli texnologik uskunalar (motoblok, minitexnika, boshqa bog‘dorchilik texnikasi). | 2017 — 2020-yillar | Tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi |
II. Aholi bandligini ta’minlash mexanizmini yaratish | ||||
2.1 Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga mikromoliyalashtirish tarkibiy qismlarini joriy etish | ||||
13. | Aholi bandligini ta’minlash maqsadida respublikaning aholi yashash joylarini bank xizmatlari bilan qamrab olishni kengaytirish. | Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularning ro‘yxatini shakllantirish. Tijorat banklari tomonidan kam ta’minlangan oilalar a’zolarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun moliyaviy yordamni maqsadli taqsimlashni tashkil etish. | 2017-yil III chorak | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari |
14. | Tadbirkorlik faoliyatining asoslari, biznes-rejalar tuzish, ushbu sohadagi qonunchilik bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish. | Joylarda tadbirkorlik sohasidagi sharoitlar va qonunchilikni, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlar uchun tijorat banklarining mikrokreditlarini olish shartlari va mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha ikki haftalik seminarlar tashkil qilish. | 2017-yil IV chorak | Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari |
15. | Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda bank xizmatlarining roli va ishtirokini kengaytirish. | Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda bank xizmatlarining ahamiyati va rolini oshirish, ishtirokini kengaytirish bo‘yicha yangi mexanizmni yaratish, jumladan: | Tijorat banklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi | |
“Mahalla” jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilayotgan tizimda tijorat banklarining ish�irok etishi; | 2017-yil IV-chorak | |||
mikrokreditlar ajratish mexanizmi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlar uchun bank filiallarida ikki kunlik kurslar tashkil qilish; | 2018-yil I-chorak | |||
bandlikka ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan va mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmagan fuqarolarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlash; | 2017 — 2020-yillar | |||
jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining a’zolari ishtirokida kredit olgan tadbirkorlar faoliyatini qiyosiy tahlil va monitoring qilish mexanizmini yaratish. | 2018-yil I-chorak | |||
16. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Mikrokreditbank” ATBning yagona axborot-kommunikatsiya bazasini tashkil qilish. | “Mikrokreditbank” ATB hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida kredit berish bo‘yicha elektron axboro� almashish bazasini tashkil etish. “Mikrokreditbank” ATBning aholi bandligini ta’minlashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha markazlashtirilgan Call-markazini tashkil qilish. | 2017-yil III chorak | “Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
17. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasidagi tashkiliy hamkorlikni quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali kuchaytirish: | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, | |
normativ hujjatlar va loyihalarni amalga oshirish uchun vazirliklar va banklar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishni amaliyotga joriy qilish; | 2017-yil III chorak | |||
zarur hollarda, bank t�shkiliy tuzilmasini o‘zgartirish, ishga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, bank tarmog‘i xodimlari mehnatining samaradorlik ko‘rsatkichlari tamoyili bo‘yicha (KPI) ularning mehnatiga haq to‘lashga bosqichma-bosqich o‘tishga doir tegishli takliflarni ishlab chiqish. | 2017 — 2020-yillar | |||
2.2 Aholi keng qatlamlari o‘rtasida aholi bandligini ta’minlashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqida tushuntirish ishlarini o‘tkazish | ||||
18. | Axborot materiallari bazasini shakllantirish. | Bandlikka ko‘maklashish markazlari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida quyidagi axborot materiallarini joylashtirish: mikromoliyaviy xizmatlar turlari va mexanizmlari to‘g‘risida standartlashtirilgan ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha kredit olish uchun zarur hujjatlar namunalari; biznes-rejalar namunalari, zarur va ixcham uskunalar, ularni mahalliy yetkazib beruvchilar yoki dilerlar haqida axborot; xomashyo turlarini yetkazib beruvchilar va turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari tayyor mahsulotlarining iste’molchi tashkilotlari to‘g‘risida axborot; tijorat banklari mutaxassislarining aholi bilan uchrashuvlari jadvallari, bog‘lanish uchun ma’lumotlar, mikrokredit shartlari (bukletlar), savolnoma nusxalari; muayyan tumanda transport xizmatlari ko‘rsatadigan tashkilot haqida ma’lumotlar. | 2017-yil IV chorak | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi |
19. | Aholi o‘rtasida bandlikni ta’minlashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini keng yoritish. | Aholi bandligini ta’minlashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali yoritish: joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qiziqtiradigan uchrashuv va seminarlar tashkil etish; Milliy teleradiokompaniya kanallarida, xususan, “Mahalla” kanalida mikromoliya xizmatlari haqida reklama va teleko‘rsatuvlari tayyorlash; shahar va tumanlarning odamlar gavjum bo‘ladigan markaziy joylarida, jamoat transporti, savdo muassasalarida imtiyozli mikrokreditlarga e’tiborni jalb qiladigan reklama materiallarini joylashtirish; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda tijorat banklarining veb-saytlarida mikrokreditlar afzalliklarini batafsil yoritish. | 2017 — 2020-yillar | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi, Milliy teleradiokompaniya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
20. | Tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini sotish shoxobchalarini tashkil etish. | O‘quv muassasalarining mikrokreditlar olgan bitiruvchilari, oilaviy tadbirkorlar, kasanachilar, hunarmandlar, shaxsiy yordamchi xo‘jalik egalarining tovar va xizmatlari sotilishini maqsadli qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish. | 2017 — 2020-yillar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
21. | Mikrokreditlar ajratish tizimiga aholining e’tiborini keng jalb qilishni rag‘batlantirish. | Mikrokreditlar ajratish tizimiga aholining e’tiborini keng jalb qilish maqsadida ko‘rik-tanlovlar, xususan, “Mikromoliyalashtirish tizimida eng faol mijoz”, “Mikromoliyalashtirish tizimida eng faol mahalla fuqarolar yig‘ini”, “Bandlikka ko‘maklashuvchi eng yaxshi markaz”, “Bankning eng yaxshi bo‘limi” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish va g‘oliblarni tantanali taqdirlash. | 2018 — 2020-yillar | “Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat m�nosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
III. Bank faoliyati samaradorligini oshirish uchun resurslarni va moddiy-texnik bazani kengaytirish choralarini ko‘rish | ||||
22. | Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun resurs bazasini mustahkamlash. | “Mikrokreditbank” ATB resurs bazasini quyidagilarni amalga oshirish orqali mustahkamlash: yangi jozibador omonat turlarini joriy etish hisobidan bank depozit bazasini muntazam kengaytirish; yuridik shaxslar depozitlarini jalb etish ishlarini amalga oshirish; bank ustav kapitalini Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan har yili 10 foizga oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish. | 2017 — 2019-yillar | “Mikrokreditbank” ATB, Moliya vazirligi |
23. | “Mikrokreditbank” ATBning tashkiliy tuzilmasi va filiallari tarmog‘ini optimallashtirish. | “Mikrokreditbank” ATBning, jumladan, quyidagilarni ko‘zda tutuvchi yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahk�masiga tasdiqlash uchun kiritish: “Mikrokreditbank” ATBning 14 ta filiali negizida zamonaviy va qulay mini-banklar tashkil etish; bankning zarar ko‘rib ishlayotgan filiallarining moliyaviy ahvolini kassa xizmatlarini vaqtinchalik to‘xtatish orqali yaxshilash. | 2017-yil 1-noyabr | “Mikrokreditbank” ATB |
24. | Bankning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy barqarorligini yaxshilash. | Berilgan imtiyozlar tufayli bo‘shagan mablag‘lar hisobidan bankning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir uch yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash; | 2017-yil III chorak | “Mikrokreditbank” ATB |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankiga berilgan imtiyozlar tufayli bo‘shagan mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha yillik hisobotni har yili taqdim etish. | Har yili mart oyida | |||
25. | Bank aktivlari sifatini yaxshilash. | Sudning uzoq vaqt ijrosi ta’minlangan qarorlarini bajarish va “Mikrokreditbank” ATBning qaytarilmagan kredit qarzlarini undirishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish. | Doimiy asosda | “Mikrokreditbank” ATB |
26. | Kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va o‘tkazish. | Mikromoliyalashtirish sohasining yangi yo‘nalishlari va aholi bandligini ta’minlashning samarali dasturlarini ishlab chiqishni inobatga olgan holda bank xodimlari malakasini oshirish, jumladan: mikromoliyalashtirish sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy qilish dasturini ishlab chiqish; Butunjahon mikromoliyalashtirish markazi bilan aloqalarni kengaytirish, xususan, kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqish; Kadrlar tayyorlash uchun xalqaro tashkilotlar — Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Butunjahon mikromoliyalashtirish markazining texnik ko‘magi va grantlarini jalb etish; “Mikrokreditbank” ATBnng kredit inspektorlari va xodimlari uchun mikrokreditlar ajratish va aholi bandligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha treninglar tashkil etish. | 2017 — 2020-yillar | “Mikrokreditbank” ATB, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |