Mamlakatimiz turizm industriyasi jadal rivojlanishi uchun qisqa muddatda eng qulay shart-sharoit, iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy muhit yaratish, jumladan, sohada xususiy sektorning ustuvor ishtirokini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, hududlarning iqtisodiy salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surish maqsadida:
1. 2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur qarorda ko‘zda tutilgan va Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishning manbalari etib tadbirkorlik subyektlari — loyiha tashabbuskorlari, vazirlik va idoralar — ijrochilarning o‘z mablag‘lari, jalb etilayotgan tijorat banklarining kreditlari, chet el investitsiyalari, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning zayom va grantlari, xayriya mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirlik va idoralar — mas’ul ijrochilar bilan birgalikda ko‘zda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlasin, har chorakda Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligiga axborot taqdim etsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (Abduhakimov) 2018-2019-yillarda chet davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar ishlab chiqish va ularni imzolashga tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga (Abduhakimov) xorijiy hamkorlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha xalqaro shartnomalarni tayyorlash va ularni imzolashni tashkil etishda amaliy ko‘mak bersin.
6. Xorijlik turistlar, jumladan, ziyorat qilish maqsadida kelayotgan turistlar uchun viza va ro‘yxatdan o‘tish tartibotlarini bosqichma-bosqich soddalashtirishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
bir oy muddatda chuqur o‘rganish asosida fuqarolariga 2018-yilning 1-yanvaridan viza tartibini soddalashtirish taklif etilayotgan mamlakatlar hamda fuqarolariga maxsus ziyorat turizmi dasturlari taklif etiladigan davlatlar ro‘yxati bo‘yicha takliflar kiritsin;
chet davlatlar fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflarni ushbu davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish darajasidan, jahon turizm bozorining konyunkturasi hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda muntazam ravishda kiritib borsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduhakimov) “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Tyan) bilan birgalikda Malayziya, Indoneziya va boshqa mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasidagi muqaddas qadamjolarga ziyorat turizm yo‘nalishidagi sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni faollashtirsin, bu borada kerakli reklama tadbirlarini o‘tkazsin, logistika, jumladan, charter reyslarni tashkil etish masalalarini hal etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, (Abduhakimov), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova) va qator tijorat banklarining Buxoro va Samarqand shaharlaridagi turizm hududlari tajribasi asosida Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari, shuningdek, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tog‘ klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda 2018 — 2022-yillarda turizm hududlari va tog‘ klasterlarini tashkil etishning tashkiliy-texnik masalalarini ko‘zda tutadigan hukumat qarorini qabul qilsin, unda loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va kreditlash uchun mas’ul tijorat banklarini belgilashni nazarda tutsin, shuningdek, chet el sarmoyadorlarini o‘z vaqtida jalb qilish, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalari ajratilishi, qurilish ishlarining boshlanishi va sifatli yakuniga yetkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduhakimov) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Ahmedxo‘jayev) bilan birgalikda tashkil etilayotgan turizm hududlari va tog‘ turizmi klasterlariga chet el investitsiyalarini jalb qilish, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish uchun respublikaga yetakchi mehmonxona brendlarini taklif qilish yoki mamlakatimizdagi mehmonxona xo‘jaliklarini ular boshqaruviga berish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
tadbirkorlik subyektlariga yangi mehmonxonalar va boshqa turizm infratuzilma inshootlari qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli (15 yilgacha) kreditlar ajratishni amaliyotga joriy qilish, bunda kredit va foizlarni qoplashning mehmonxonalar kapital talabliligi va mavsumiy yuklanganligini hisobga oluvchi sharoitdan kelib chiqadigan talablarni nazarda tutish;
aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, mehmonxonalar va boshqa turizm obyektlarida xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlaydigan bankomat va terminallar miqdorini tubdan ko‘paytirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga to‘lovlarni chet el valyutasida qabul qilish, jumladan, aloqasiz elektron to‘lovlarni joriy qilish bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklar yaratish;
tadbirkorlik subyektlariga chet el valyutasidagi mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar, terminallar ijarasi, erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi naqd pullarni inkassatsiya qilish va chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar uchun yig‘imlarning (komissiya to‘lovlarining) miqdori maksimal darajada maqbul bo‘lishini ta’minlash tavsiya qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
LexUZ sharhi
LexUZ sharhi