09.08.2017 yildagi PQ-3190-son
Hujjat 06.04.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining moddiy-texnik bazasini 3-ilovaga* muvofiq, ro‘yxat bo‘yicha xarid qilinadigan ilmiy-texnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining moddiy-texnik bazasini 4-ilovaga* muvofiq, ro‘yxat bo‘yicha xarid qilinadigan ilmiy-texnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmologik va prognostika stansiyalarini yanada modernizatsiyalash hamda 5-ilovaga* muvofiq, ro‘yxat bo‘yicha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar va hisoblash texnikasi vositalari bilan to‘liq ta’minlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul bajaruvchilar

Seysmologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

1.

Yer qobig‘i shaklining jiddiy o‘zgarishini statsionar va dala sharoiti usullari bilan monitoring qilish tizimini yaratish, seysmik �avf-xatarning qaltis zonalarini aniqlash. Tabiatni va seysmogen jarayonlarning mexanizmlarini tadqiq etish sohasi va fundamental bazasini rivojlantirish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. “Turli darajalardagi tektonik tuzilmalar shaklining jiddiy o‘zgarishi namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini tatbiq etish hamda geologik-geofizik, gidrogeologik va geodinamik usullar kompleksi bilan ularni baholash metodologiyasini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2.

Seysmik tomografiya va yer qobig‘ini profillashtirish usullari bilan seysmogen zonalarning yupqa tuzilmasini o‘rganish texnologiyasini ishlab chiqish

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi

3.

Kuchli zilzilalar to‘g‘risida barvaqt xabardor qilish va O‘zbekiston Respublikasi hududida yuz bergan zilzilalar haqida shoshilinch xabar tarqatish metodikasini ishlab chiqish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV

4.

8-9 balli seysmik zonalarda joylashgan yirik suv omborlarining seysmik xavf-xatarini monitoring qilish mahalliy tarmoqlari loyihasini ishlab chiqish va yaratish.

Qurilish me’yorlari va qoidalari QMQ-2.01.03.96 “Seysmik rayonlarda qurilish” (QMQ-2.01.03.96)ga muvofiq mahalliy seysmologik monitoring tizimini joriy etish zarur bo‘lgan suv omborlari ro‘yxatini belgilash. Ilmiy-tadqiqotlarning maqsad, vazifa va jadvallarini aniqlash, 8-9 balli seysmik zonalarda joylashgan yirik gidrotexnika inshootlari zonalarining seysmikligini monitoring qilish mahalliy tizimlarini yaratishning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. “Yirik suv omborlari zonalarining shakli jiddiy o‘zgarishi geodinamikasi modellarini hamda ularning seysmik xavf-xatarini monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish” ilmiy loyihasini amalga oshirish. Seysmologik monitoringning mahalliy tarmoqlarini yaratish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” DI

5.

Binolar va inshootlarning seysmik zaifligini instrumental baholash metodikasini ishlab chiqish.

Hozirgi vaqtda qurilayotgan binolarning seysmik chidamliligini ekspress-baholash va ularning zilzila vaqtidagi holatini seysmometrik tadqiqotlar bilan prognoz qilish metodikasini yaratish. Metodikani tajriba loyihasida sinab ko‘rish.

2017-2018-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ,
FVV

6.

Seysmik xavf-xatarni baholash va rayonlashtirish sohasida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini hisobga olgan holda “Seysmik rayonlarda qurilish” QMQ-2.01.03.96ga o‘zgartirishlar kiritish takliflarini ishlab chiqish.

Ishchi guruhini tuzish. QMQ -2.01.03.96ga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasini kelishib olish. Yangilangan QMQ loyihasini tasdiqlash uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Ilmiy-texnik kengashiga kiritish.

2018-yil dekabr

Seysmologiya instituti, Mexanika va seysmik chidamli qurilish instituti, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
FVV

7.

O‘zbekistonning seysmik jihatdan xatarli zonalarida joylashgan hududlarini batafsil seysmik rayonlashtirish va faol tektonik uzilishlar xaritasini yaratish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Obyekt bo‘yicha fond materiallarini o‘rganish. Yuqori seysmik xatarli zonalarning kadastr xizmatini moliyalashtirish bazasini kengaytirish. Mintaqalar hududida geologik-geofizik tadqiqotlar o‘tkazish. 1:200000-250000 miqyosdagi batafsil seysmik rayonlashtirilgan xaritani va O‘zbekiston hududidagi hamda transchegara zonalari faol tektonik uzilishlar xaritasini tuzish.

2017 — 2022-yillar

Seysmologiya instituti mablag‘lari

Seysmologiya instituti, viloyat hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

8.

Aholi punktlar, shu jumladan istiqboldagi sanoat va fuqarolar qurilishi zonasini seysmik mikrorayonlashtirish hududlarini kengaytirish.

Seysmologiya institutida seysmik mikrorayonlashtirish bo‘linmasini tashkil etish. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishgan holda respublika hududlarini ustuvor rayonlashtirish rejalarini ishlab chiqish. Obyekt bo‘yicha fond materiallarini o‘rganish. Dala sharoitida instrumental o‘lchovlarni o‘tkazish, respublika shaharlarini seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarini tuzish.

2017 — 2022-yillar

Seysmologiya instituti mablag‘lari

Seysmologiya instituti, viloyat hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

9.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprog-nostik monitoring markazining barcha seysmologik stansiyalari uchun muqim IP-manzillar ajratilgan holda seysmik xavf-xatar monitoringi tarmog‘ining barcha stansiyalari bilan ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash markazi o‘rtasida barqaror aloqani ta’minlash.

Texnik topshiriqni ishlab chiqish. Shartnoma tuzish. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

2017-yil sentyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘z mablag‘lari

FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Seysmologik tadqiqotlarning eksperimental bazasini rivojlantirish maqsadida instrumental seysmologiya laboratoriyasini tashkil etish.

Laboratoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yo‘nalishlarini, shtat jadvalini belgilash.

2018-yil yanvar

Fan va texnologiyalar agentligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Fanlar akademiyasi,
Fan va texnologiyalar agentligi

11.

Loyiha tashkilotlari foydalana oladigan sintezlashtirilgan va real akselerogramma ma’lumotlar bazasini yaratish.

Qidirish tizimi bilan ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, dasturiy ta’minotni yaratish va Seysmologiya institutining Axborot-tahliliy xizmatida ma’lumotlar bazasi yuritishini qo‘llab-quvvatlash.

2018-yil

Seysmologiya instituti, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

12.

1.1 QMQ 2.01.03-96 “Seysmik rayonlarda qurilish” jadvaliga tuzatishlar kiritish uchun seysmik xususiyatlariga ko‘ra yerlarni toifalash maqsadida tuproq sharoitlar belgilarini aniqlash bo‘yicha geofizik tadqiqotlar o‘tkazish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Seysmologiya instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

13.

Seysmologiya institutining Geofizika observatoriyasi quduqlari negizida gidrogeologik va gidrogeokimyoviy kuzatuvlar tayanch kompleksini yaratish.

Texnik topshiriq va bajarila-digan ishlar jadvalini ishlab chiqish. Respublika hududlarida suv osti quduqlari guruhini tozalash bo‘yicha bitimni ishlab chiqish va davlat Davlat geologiya qo‘mitasi bilan uni imzolash. Tayanch kompleksni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

2017-yil dekabr

Seysmologiya institutining budjetdan tashqari mablag‘lari

Seysmologiya instituti, Davlat geologiya qo‘mitasi

14.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmoprognostik stansiyalari tarmog‘ida zilzilalarning gidrogeologik darakchilari diagnostikasi samaradorligini oshirish.

Yer osti suvlarining quduqlar bo‘yicha nosozlik aktlarini, bajariladigan ishlarning texnik topshirig‘i va jadvalini ishlab chiqish. O‘zbekiston hududlarida yer osti suv quduqlari guruhini tozalash bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasi bilan bitimni ishlab chiqish va imzolash.

2017-yil

�VV,
Davlat geologiya qo‘mitasi

Binolar va inshootlar qurilishi seysmik chidamliligi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

15.

Shakli o‘zgaradigan qattiq jism mexanikasi, tog‘ jismlari tuproqlari, zilzilaga chidamli qurilish mexanikasi sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda QMQ -2.01.03.96ni aktuallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Maqsad va vazifalarni asoslab berish. Ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini ishlab chiqish. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ, Innovatsion rivojlanish vazirligi

16.

Arxitektura yodgorliklarini seysmik ta’sirlardan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tadqiqot guruhini tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,
Madaniyat vazirligi

17.

Yuqori seysmik faollik sharoitida amaldagi va barpo etilayotgan tuproq to‘g‘onlarining barqaror ishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Muvaqqat ijodiy jamoani tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, “Davsuvxo‘jaliknazorat” DI, FVV

18.

Respublika hududida bino va inshootlarning faol seysmik himoyasini qo‘llash sohasida texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Tadqiqot guruhini tuzish. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyihani amalga oshirish.

2018-yil

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,

“ToshuyjoyLITI” AJ,
FVV

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

19.

Davlat boshqaruvi organlarini viloyatlar kesimida sodir bo‘lgan zilzilalar intensivligi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash.

Seysmologiya instituti, FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, MTRK va O‘zA. mutaxassislari-dan iborat ichki guruhini tuzish. Shoshilinch xabarlarni yetkazib berish tartibi to‘g‘risida Idoralararo yo‘riqnomani ishlab chiqish. Mavjud holatni va davlat organlarining sodir bo‘lgan zilzilalar intensivligi va ularning o‘chog‘i to‘g‘risidagi axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini o‘rganish. Viloyatlarda zilzilalar intensivligini tezkor aniqlash bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqish. Xabardor qilishning infratuzilmasi va texnik vositalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2018-yil

FVVga va Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga, Seysmologiya institutiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida

FVV,
Seysmologiya instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

20.

Kuchli zilzilalar paytida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tugatish bo‘yicha Davlat tizimi xatti-harakatlarining samarali ssenariylarini ishlab chiqish.

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, FVV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Seysmologiya instituti hamda Fanlar akademiyasining mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. Kuchli zilzilalarning oqibatlarini modellashtirish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. Kuchli zilzilalarga qarshi tezkor chora ko‘rishning samarali ssenariylarini ishlab chiqish. Ssenariylari ishlab chiqilgan zilzilalar asosida tegishli xizmatlarning harakatlarini sinovdan o‘tkazish.

2018 — 2020-yillar

FVVga ajratiladigan mablag‘lar

Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti,
FVV,
“ToshuyjoyLITI” AJ

21.

Respublikaning urbanizatsiyalashgan hududlari uchun zilzila oqibatlarini baholash modellari va dasturiy komplekslarini ishlab chiqish, tajriba loyihasi misolida ularning metodikasini sinab ko‘rish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV, Fanlar akademiyasining mexanika va seysmik mustahkamligi instituti, “ToshuyjoyLITI” AJ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. Kuchli zilzilalarning oqibatlarini modellashtirish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. “Seysmik xavf-xatarni baholash uchun seysmik jarayon dinamikasi va seysmiklikning yupqa tuzilmasini tadqiq qilish” va “Integratsiyalashgan GISlar asosida zilzilalar oqibatlarining matematik modelini ishlab chiqish” ilmiy loyihalarini amalga oshirish.

2017 — 2020-yillar

FVV tomonidan ajratiladigan mablag‘lar

Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
“O‘zbekneftgaz” MXK,
“O‘zkimyosanoat” AK, “O‘zbekenergo” AJ,
FVV

22.

Kuchli zilzilalarni baholash va xavf-xatarlarini boshqarish metodikasini ishlab chiqish.

Zilzila xavf-xatarlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish. “Kuchli zilzila ssenariysi misolida tabiiy ofatlarning yuqori xavf-xatari sharoitida geologik muhitning texnogen o‘zgarishlarini prognoz qilish metodikasini ishlab chiqish” ilmiy loyihasini amalga oshirish. Respublikada xavf-xatar omillarini e’tiborga olgan holda xavf-xatarlarni pasaytirish bo‘yicha tavsiyanoma (qo‘llanma) ishlab chiqish.

2018 — 2020-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Fanlar akademiyasi,
FVV, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

23.

Tabiiy va texnogen omillar tufayli hosil bo‘ladigan kompleks xavf-xatarlar bo‘yicha respublika aholisi va hududlarining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish texnologiyasini yaratish bo‘yicha maqsadli davlat dasturini ishlab chiqish.

Ishchi guruhini tuzish. Maqsadli davlat loyihasini ishlab chiqish. Davlat dasturini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish. Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018 — 2022-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi grantlari (tanlov natijalari bo‘yicha)

Fanlar akademiyasi, FVV, “ToshuyjoyLITI” AJ, “Yergeodezkadastr”

davlat qo‘mitasi,
Davlat geologiya qo‘mitasi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.