08.08.2017 yildagi 605-son
Hujjat 14.08.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-avgustdagi 238-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 32-son, 433-modda) bilan tasdiqlangan Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom 8-bandining o‘n birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Energiyani tejovchi lampalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 20-oktabrdagi 299-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorining 6-bandiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qarorining 10-bandiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.