|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Mamlakatimizda mustaqillik yillarida madaniyat sohasini izchil rivojlantirish, jahon miqyosidagi ijobiy tajriba va tendensiyalar, yutuq va natijalarni har tomonlama chuqur oʻrganish asosida madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, ularning tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Ayni shu maqsadda 2002-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Toshkent davlat konservatoriyasi uchun yangi bino qurilib, u zamonaviy talablar asosida jihozlandi. Ushbu oliy oʻquv yurtining nufuzi va maqomini oshirish uchun unga “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi” nomi berildi, konservatoriya qoshida iqtidorli yoshlar uchun akademik musiqa litseyi ham tashkil etildi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatining tanqidiy tahlili oʻtgan davr mobaynida ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan akademik va milliy musiqa sanʼati yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oʻquv-pedagogik va ilmiy-ijodiy ishlarni tashkil etish borasida muayyan yutuqlarga erishilganini, shu bilan birga, bir qator jiddiy kamchilik va nuqsonlarga ham yoʻl qoʻyilganini koʻrsatmoqda. Mutasaddi tashkilotlar, birinchi navbatda Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan yetarli darajada amaliy yordam va koʻmak berilmagani, tegishli nazorat olib borilmagani, masʼuliyat va talabchanlik boʻshashtirib yuborilgani oqibatida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi mamlakatimiz madaniy hayotidagi oʻzining yetakchi oʻrni, obroʻ-eʼtibori va taʼsirini yoʻqotib borayotgani, uning faoliyati bugungi zamon talablaridan orqada qolayotgani, bu borada kechiktirmasdan hal qilish zarur boʻlgan bir qancha jiddiy muammolar mavjudligi yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Jumladan, taʼlim-tarbiya ishlarining zamonaviy standartlar va sohaning oʻziga xos xususiyatlari asosida toʻgʻri tashkil etilmagani, oʻquv dasturlari va metodikasining mukammal emasligi, darslik va qoʻllanmalarning yetishmasligi, professor-oʻqituvchilar, ilmiy va ijodiy xodimlarning salohiyati aksariyat hollarda talabga javob bermasligi, konservatoriyaning moddiy-texnik bazasi nochor ahvolga kelib qolgani tashvish uygʻotmasdan qolmaydi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqishga qabul qilish kvotalarida nomutanosiblik vujudga kelgani, xususan, 700 nafar oʻquv oʻrni mavjud boʻlgani holda, amalda 1346 nafar talaba tahsil olayotganini albatta normal holat sifatida baholab boʻlmaydi. Mana shunday kamchilik va muammolar oʻz navbatida ushbu oliy taʼlim muassasasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni toʻlaqonli va samarali amalga oshirishga, madaniyat sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Xalqimiz, xususan, yoshlarimizning dunyoqarashi, maʼnaviy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda gʻoyat muhim oʻrin va ahamiyatga ega boʻlgan musiqa sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, boy musiqiy merosimizni chuqur oʻrganish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa sanʼatining mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. Quyidagilar: Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur deb ataladi) 1-ilovaga; (1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son) Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin: oʻzbek xalqining milliy musiqiy merosi va jahon musiqa madaniyati durdonalari negizida musiqa sanʼatini rivojlantirish, musiqiy taʼlim tizimini sifat jihatidan yanada koʻtarish; aholimiz, birinchi navbatda yoshlarni milliy va umumbashariy musiqa sanʼatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ularning madaniy saviyasini yuksaltirish, maʼnaviy yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalash; mulkiy yoki idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, musiqa sanʼati, musiqa taʼlimi yoʻnalishi uchun kadrlar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni joriy etish boʻyicha kelishuvlarda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi metodik va ijodiy jihatdan tayanch oliy taʼlim muassasasi ekanini eʼtirof etish; Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, konsert zallari, auditoriyalar va maxsus xonalarni taʼmirlash va zamon talablari darajasida jihozlash; konservatoriyada faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik mahoratini oshirish, oʻquv jarayoni sifati va saviyasini tubdan yaxshilash, musiqa sanʼati sohasida jahonning yetakchi oliy taʼlim muassasalari, ijodiy markazlar, taniqli kompozitor, musiqachi va ijrochilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan, xorijiy mutaxassislarni mamlakatimizga taklif etish bilan bir qatorda respublikamizda yuqori natijalarga erishgan musiqachi va pedagoglarning mahorat darslarini chet davlatlarda tizimli tashkil etish; Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining yosh pedagog kadrlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida zarur maishiy sharoitlar yaratish, ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; Konservatoriya va uning tarkibidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi professor-oʻqituvchilari hamda talabalarining ijodiy faolligini yanada oshirish, yozgi taʼtil davomida yoshlarning boʻsh vaqti mazmunli oʻtishi uchun Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan sanatoriyni “Musiqa oromgohi” degan nom bilan konservatoriya tasarrufiga oʻtkazish. (3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son) 4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi: Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻquv binolari yetishmaganligi sababli hamda talabalar kontingenti sezilarli darajada ortganini inobatga olib, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi, Mustaqillik prospekti, 31-uyda joylashgan V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga tegishli boʻlgan binoni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻrnatilgan tartibda berilishini taʼminlasin; Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri, Buxoro koʻchasi, 10-uyda joylashgan binoni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tasarrufiga oʻtkazish va ushbu binoda jahon andozalariga toʻliq mos boʻlgan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga moʻljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mazkur loyihalarni amalga oshirishda xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda konservatoriyaning loyihalashtirish, qurilish va taʼmirlash ishlarida masʼul etib belgilansin. Uch oy muddatda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi binosida “Noyob cholgʻular davlat kolleksiyasi”ni tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; toʻrt oy muddatda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari tartibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; 2018-yilning 1-martiga qadar Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida musiqa sanʼati taʼlim-tarbiyasi boʻyicha “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini tashkil etsin; respublikadagi eng yaxshi bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat va sanʼat kollejlarida konservatoriyaning tayanch ijodiy markazlarini tashkil etsin hamda ularga konservatoriyaning yetakchi professor-oʻqituvchilarini yuborib, “Mahorat maktabi” mashgʻulotlarini oʻtkazishni yoʻlga qoʻysin; noyob va murakkab cholgʻu sozlarini yanada puxta oʻzlashtirishlari uchun har yili yosh ijrochilar va texnogen sanʼat turlari mutaxassislarini xorijdagi nufuzli musiqa akademiyalari va konservatoriyalariga kelishuv shartnomalari asosida Madaniyat vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qisqa muddatli (2-3 oygacha) oʻqishga yuborsin; iqtidorli oʻquvchi va talabalarning mamlakatimizda, xorijiy davlatlarda oʻtkazib kelinayotgan nufuzli tanlov, festival va ilmiy-ijodiy konferensiyalarda Madaniyat vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan muntazam ishtirok etishlarini taʼminlasin. 5. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning moliyaviy manbalari etib belgilansin: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari — 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshida musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va 400 oʻrinli yotoqxona binolarini qurish va jihozlash qismida; Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining tashabbusi bilan xayriya asosida ajratiladigan mablagʻlar — Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Olmazor koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining bino va inshootlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish qismida; Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari — “Noyob cholgʻular davlat kolleksiyasi”ni, “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini tashkil etish, yosh ijrochilar va texnogen sanʼat turlari mutaxassislarini xorijdagi nufuzli musiqa akademiyalari va konservatoriyalariga oʻqishga yuborish, iqtidorli oʻquvchi va talabalarning mamlakatimizda, xorijiy davlatlarda oʻtkazib kelinayotgan nufuzli tanlov, festival va ilmiy-ijodiy konferensiyalarda ishtirok etishlarini taʼminlash qismida; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar — boshqa tadbirlarni bajarish qismida. 6. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali xodimlar, jumladan, iqtidorli yosh mutaxassislar uchun munosib turarjoy sharoitlarini yaratish maqsadida ipoteka kreditlari asosida Toshkent shahrida quriladigan koʻp qavatli uylardan uy-joylar ajratilishini taʼminlasin. (6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son) 7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha Hukumatning tegishli qarorini qabul qilsin. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X. Sultonov va A. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2017-yil 8-avgust, PQ-3178-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3178-sonli qaroriga 1-ILOVA Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3178-sonli qaroriga 3-ILOVA Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi. (3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga SHARH Bugungi kunda mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini izchil rivojlantirish, jahon miqyosidagi ijobiy tajriba va tendensiyalar, yutuq va natijalarni har tomonlama chuqur oʻrganish asosida madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, ularning tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Oʻzbekiston ijodkor ziyolilari bilan boʻlgan uchrashuvda soʻzlagan maʼruzasida bu boradagi vazifalar yanada aniq-ravshan belgilanib, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasini rivojlantirish boʻyicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda. Bu borada, ayniqsa, “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror alohida ahamiyatga ega. Qarorda xalqimiz, xususan, yoshlarimizning dunyoqarashi, maʼnaviy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda gʻoyat muhim oʻrin va ahamiyatga ega boʻlgan musiqa sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, boy musiqiy merosimizni chuqur oʻrganish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa sanʼatining mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida muhim vazifalar belgilandi. Prezidentimiz tomonidan imzolangan ushbu muhim hujjatga muvofiq, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi, mazkur bilim yurtining yangi tarkibiy tuzilmasi, konservatoriya faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Mazkur dasturda bugungi kunda maʼnaviy hayotimiz uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan bir qancha masalalarga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlangan. Jumladan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, maʼnaviy yetuk, milliy gʻoya va mafkuramizga sadoqat bilan xizmat qiladigan barkamol shaxslarni tarbiyalash, oʻzbek xalqining milliy musiqiy merosi negizida, jahon musiqa madaniyati durdonalaridan andoza olgan holda, musiqa sanʼatini rivojlantirish, musiqiy taʼlim tizimini sifat jihatidan yanada koʻtarish boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturda aks etishi lozimligiga urgʻu berilgan. Shuningdek, mulkiy yoki idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, musiqa sanʼati, musiqa taʼlimi yoʻnalishi uchun kadrlar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni joriy etishda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi metodik va ijodiy tomondan koʻmaklashadigan tayanch oliy taʼlim muassasasi ekaniga alohida urgʻu berilgan. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, konsert zallari, oʻquv auditoriyalari, maxsus mashgʻulot xonalarini taʼmirlash va zamon talablari darajasida jihozlashga katta eʼtibor qaratilgan. Ayni vaqtda konservatoriyada faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini yanada oshirish, oʻquv jarayoni sifati va saviyasini tubdan yaxshilash, musiqa sanʼati sohasida jahonning yetakchi oliy taʼlim muassasalari, ijodiy markazlar, taniqli kompozitor, musiqachi va ijrochilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan, xorijiy mutaxassislarni mamlakatimizga taklif etish bilan bir qatorda respublikamizda yuqori natijalarga erishgan musiqachi va pedagoglarning mahorat darslarini chet davlatlarda tizimli tashkil etish zarurligi qayd etilgan. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining yosh pedagog kadrlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular uchun zarur maishiy sharoitlar yaratish, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari ham dasturda oʻz ifodasini topishi kerakligi belgilangan. Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻquv binolari yetishmasligi, talabalar soni sezilarli darajada koʻpaygani taʼlim-tarbiya jarayonlarini yuqori darajada va sifatli olib borishda muammo tugʻdirmoqda. Qarorda ana shu masalani samarali hal etish choralari belgilangan. Shu maqsadda mutasaddi tashkilotlarga 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 31-uyda joylashgan V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga tegishli boʻlgan binoni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻrnatilgan tartibda berish hamda Toshkent shahri, Buxoro koʻchasi, 10-uyda joylashgan binoni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tasarrufiga oʻtkazish va ushbu binoda jahon andozalariga toʻliq mos keladigan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga moʻljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etish vazifasi topshirilgan. Konservatoriyaning madaniy hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri bir vaqtning oʻzida konservatoriya rektori vazifasini ham bajarishi qarorda belgilab berilgan. Shu bilan birga, oʻqituvchi va talaba yoshlarning ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish uchun Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilangan. Bir soʻz bilan aytganda, mazkur qaror Prezidentimiz tomonidan milliy musiqa sanʼatimiz rivojiga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir amaliy namunasi boʻlib, u Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish, musiqa sanʼati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgani bilan gʻoyat muhim ahamiyatga egadir. (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 835-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son) |
Постановление Президента Республики Узбекистан О мерах по дальнейшему развитию и совершенствованию деятельности Государственной консерватории Узбекистана В годы независимости в нашей стране особое внимание уделяется вопросам последовательного развития культуры, эффективной организации деятельности, расширения сети, укрепления материально-технической базы и кадрового потенциала учреждений культуры и искусства на основе всестороннего и глубокого изучения передового опыта и достижений, тенденций развития мировой культуры. С этой целью в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 2002 года было возведено новое здание Ташкентской государственной консерватории, оснащенное в соответствии с современными требованиями. Для повышения престижа данного высшего учебного заведения ему был присвоен статус Государственной консерватории Узбекистана, при нем также организован академический музыкальный лицей для одаренной молодежи. Критический анализ деятельности Государственной консерватории Узбекистана показывает, что за минувший период это высшее образовательное учреждение достигло определенных успехов в подготовке высококвалифицированных кадров, организации учебно-педагогической и научно-творческой работы в сфере академического и национального музыкального искусства, вместе с тем в его деятельности допущен ряд серьезных недостатков. Из-за отсутствия должной практической помощи и содействия, соответствующего контроля, ослабления ответственности и требовательности со стороны уполномоченных организаций, в первую очередь Министерства культуры и Министерства высшего и среднего специального образования, Государственная консерватория Узбекистана в настоящее время теряет свою ведущую роль, авторитет и влияние на культурную жизнь нашей страны, в ее деятельности, которая уже не отвечает требованиям времени, наблюдается ряд серьезных проблем, требующих безотлагательного решения. В частности, вызывают озабоченность организация учебно-воспитательной работы без учета современных стандартов и специфики сферы, несовершенство учебных программ и методик, нехватка учебников и пособий, несоответствие в большинстве случаев потенциала профессоров и преподавателей, научных и творческих работников, состояние материально-технической базы консерватории требуемому уровню. Нельзя считать нормальным возникший дисбаланс в квотах приема на обучение в Государственную консерваторию Узбекистана, в частности, тот факт, что при установленной квоте в 700 учебных мест в консерватории обучаются 1346 студентов. Все эти недостатки и проблемы оказывают негативное влияние на эффективное выполнение задач, стоящих перед данным высшим образовательным учреждением, на качество подготовки высококвалифицированных специалистов для сферы культуры. В целях всестороннего развития музыкального искусства, занимающего важное место в повышении уровня духовно-эстетического воспитания населения, глубокого изучения богатого музыкального наследия нашего народа, приобщения молодого поколения к выдающимся произведениям национальной и мировой музыкальной классики, дальнейшего совершенствования системы подготовки высококвалифицированных кадров для сферы: 1. Утвердить: Программу мер по дальнейшему развитию и совершенствованию деятельности Государственной консерватории Узбекистана (далее — Программа) согласно приложению № 1; (абзац третий пункта 1 исключен постановлением Президента Республики Узбекистан от 2 февраля 2022 года № ПП-112 — Национальная база данных законодательства, 03.02.2022 г., № 07/22/112/0099) состав Республиканской комиссии по реализации Программы мер по дальнейшему развитию и совершенствованию деятельности Государственной консерватории Узбекистана согласно приложению № 3. 2. Принять к сведению, что основными направлениями Программы являются: развитие музыкального искусства на базе национального музыкального наследия нашего народа и ярких достижений мировой музыкальной культуры, подъем музыкального образования на качественно новый уровень; повышение культурного уровня молодежи, воспитание гармонично развитых личностей; определение Государственной консерватории Узбекистана базовым высшим образовательным учреждением в оказании организациям и учебным заведениям, независимо от их имущественной или ведомственной принадлежности, на основе соглашений методического и творческого содействия в подготовке кадров в области музыкального искусства, музыкальном образовании, разработке проектов нормативно-правовых актов для сферы; дальнейшее укрепление материально-технической базы Государственной консерватории Узбекистана, в частности, ремонт и оснащение в соответствии с современными требованиями ее концертных залов, аудиторий и специальных помещений; повышение педагогического мастерства профессоров и преподавателей консерватории, кардинальный рост качества и уровня учебного процесса, налаживание сотрудничества с ведущими мировыми высшими образовательными учреждениями в сфере музыкального искусства, творческими центрами, известными композиторами, музыкантами и исполнителями, приглашение в страну зарубежных специалистов, а также организация на системной основе за рубежом мастер-классов музыкантов и педагогов нашей страны, достигших высоких результатов в своей деятельности; разработка и реализация конкретных мер по созданию необходимых условий для материальной и моральной поддержки молодых педагогических кадров Государственной консерватории Узбекистана, предоставление им жилья на основе ипотечных кредитов; в целях дальнейшего повышения творческой активности профессоров и преподавателей, студентов консерватории и учащихся действующего при ней академического лицея для одаренных детей, организации их содержательного досуга во время летних каникул передать в распоряжение консерватории пустующее здание, расположенное в Бостанлыкском районе Ташкентской области, и создать здесь санаторий «Мусика оромгохи». (пункт 3 утратил силу постановлением Президента Республики Узбекистан от 2 февраля 2022 года № ПП-112 — Национальная база данных законодательства, 03.02.2022 г., № 07/22/112/0099) 4. Министерству культуры Республики Узбекистан: в связи с нехваткой учебных помещений, учитывая значительное увеличение контингента студентов, в месячный срок обеспечить совместно с хокимиятом города Ташкента передачу Государственной консерватории Узбекистана в установленном порядке здания Республиканского специализированного музыкального академического лицея имени В. Успенского, расположенного по адресу: город Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, проспект Мустакиллик, дом № 31; совместно с Государственным комитетом Республики Узбекистан по содействию приватизированным предприятиям и развитию конкуренции и хокимиятом города Ташкента в месячный срок внести в Кабинет Министров предложение о передаче в распоряжение Государственной консерватории Узбекистана здания, расположенного по адресу: город Ташкент, улица Бухара, дом № 10, и строительству в нем современного, отвечающего мировым стандартам концертного зала; при реализации совместно с зарубежными специалистами этих проектов определить Министерство культуры Республики Узбекистан ответственным за проектирование, строительство и ремонт новых зданий консерватории; в трехмесячный срок внести в Кабинет Министров Республики Узбекистан предложение об организации Государственной коллекции уникальных музыкальных инструментов в здании Государственной консерватории Узбекистана; в четырехмесячный срок внести в Кабинет Министров Республики Узбекистан предложения о внесении изменений в Порядок проведения профессиональных (творческих) вступительных экзаменов в Государственной консерватории Узбекистана; до 1 марта 2018 года организовать при учредительстве Государственной консерватории Узбекистана деятельность научно-методического журнала по музыкальному образованию «Музыка»; организовать в детских школах музыки и искусства, колледжах культуры и искусств и других образовательных учреждениях республики мастер-классы ведущих профессоров и преподавателей консерватории; организовать ежегодную отправку молодых исполнителей и специалистов по техногенным видам искусства на краткосрочные (до 2-3 месяцев) курсы в ведущие зарубежные музыкальные академии и консерватории на основе договоров для дальнейшего глубокого освоения игры на уникальных и сложных музыкальных инструментах, за счет средств внебюджетного Фонда развития культуры и искусства при Министерстве культуры; обеспечить регулярное участие талантливых учащихся и студентов в престижных конкурсах, фестивалях и научно-творческих конференциях, проводимых в нашей стране и за рубежом, за счет средств внебюджетного Фонда развития культуры и искусства при Министерстве культуры. 5. Определить финансовыми источниками реализации Программы: средства внебюджетного Фонда развития материально-технической базы образовательных и медицинских учреждений при Министерстве финансов Республики Узбекистан — в части строительства и оснащения зданий Центра по переподготовке и повышению квалификации педагогов музыкальной сферы и общежития на 400 мест при Государственной консерватории Узбекистана в 2018-2019 годах; средства, выделяемые на благотворительной основе по инициативе Национального банка внешнеэкономической деятельности Республики Узбекистан, — в части модернизации материально-технической базы зданий и сооружений Государственной консерватории Узбекистана, расположенных по адресу: город Ташкент, Шайхантахурский район, улица Алмазар, дом № 1; средства внебюджетного Фонда развития культуры и искусства при Министерстве культуры Республики Узбекистан — в части организации Государственной коллекции уникальных музыкальных инструментов, научно-методического журнала «Музыка», отправки молодых исполнителей и специалистов по техногенным видам искусства на обучение в зарубежные музыкальные академии и консерватории, обеспечения участия талантливых учащихся и студентов в престижных конкурсах, фестивалях и научно-творческих конференциях, проводимых в стране и за рубежом; спонсорские средства юридических и физических лиц, а также иные источники, не запрещенные законодательством, — на организацию других мероприятий. 6. Хокимияту города Ташкента в целях создания достойных жилищных условий для высококвалифицированных работников Государственной консерватории Узбекистана, в том числе талантливых молодых специалистов, обеспечить выделение им на основе ипотечных кредитов жилья в многоэтажных домах, возводимых в Ташкенте. (пункт 2 в редакции Указа Президента Республики Узбекистан от 11 марта 2021 года № УП-6186 — Национальная база данных законодательства, 11.03.2021 г., № 06/21/6186/0200) 7. Кабинету Министров Республики Узбекистан принять соответствующее постановление правительства по обеспечению исполнения настоящего постановления. 8. Министерству культуры совместно с Министерством юстиции в месячный срок внести в Кабинет Министров Республики Узбекистан предложения об изменениях и дополнениях в законодательные акты, вытекающих из настоящего постановления. 9. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А. Арипова, Государственных советников Президента Республики Узбекистан Х. Султанова и А. Юнусходжаева. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 8 августа 2017 г., № ПП-3178 ПРИЛОЖЕНИЕ № 1 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 8 августа 2017 года № ПП-3178 ПРОГРАММА мер по дальнейшему развитию и совершенствованию деятельности Государственной консерватории Узбекистана
(приложение № 2 утратило силу постановлением Президента Республики Узбекистан от 2 февраля 2022 года № ПП-112 — Национальная база данных законодательства, 03.02.2022 г., № 07/22/112/0099) ПРИЛОЖЕНИЕ № 3 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 8 августа 2017 года № ПП-3178 СОСТАВ Республиканской комиссии по реализации Программы мер по дальнейшему развитию и совершенствованию деятельности Государственной консерватории Узбекистана
Примечание: при переходе членов Совета на другую работу в его состав включаются лица, вновь назначенные на эти должности либо на которых возложено выполнение соответствующих задач. КОММЕНТАРИЙ к постановлению Президента Республики Узбекистан «О мерах по дальнейшему развитию и совершенствованию деятельности Государственной консерватории Узбекистана»
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||