Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

«Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi yuzasidan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kunidan boshlab o‘n sakkiz oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi munosabati bilan ularda ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llashning ixtiyoriylik tusiga ega bo‘lishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”