O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-apreldagi PQ-2885-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga kompleks imtihondan o‘tishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining:
O‘zbekiston Milliy universiteti, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialini Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kompleks imtihondan o‘tishini tashkil etish bo‘yicha bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) etib belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari asosida respublikaning mintaqaviy va Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari tomonidan, Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istagan O‘zbekiston fuqarolari sonini hisobga olgan holda, kompleks imtihon, o‘tkazish bo‘yicha Markazlar (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) ochish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Rus tili, Rossiya Federatsiyasi tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha bilimlarni aniqlashga qaratilgan kompleks imtihon pulli ta’lim xizmati ekanligi va kompleks imtihon topshiruvchi nomzodlar (keyingi o‘rinlarda nomzodlar deb ataladi) tomonidan to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan tariflar bo‘yicha milliy va xorijiy valyutada amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi uch oy muddatda:
bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihonlarni o‘tkazish haqidagi ikki tomonlama shartnomalar hamda Markazlar faoliyatining tashkiliy, huquqiy, texnik va moliyaviy jihatlarini tartibga soluvchi shartnomalar tuzilishini;
bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq, vakolatli Rossiya oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘qitishning belgilangan talablari va muddatlariga muvofiq, testor-imtihon oluvchilarni tayyorlashni, shuningdek ularni pulli asosda sertifikatlash tashkil etilishini ta’minlasinlar.
4. Belgilansinki, Markazlar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq, shu jumladan zarur binolarni tayyorlash, aloqa kanallarini tashkil etish, jihozlar va texnik vositalar sotib olish, imtihon oluvchi testorlarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar boshlang‘ich bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan hisob-kitoblar asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, keyinchalik ushbu xarajatlar ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Markazlarga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan Agentlik xarajatlari qoplanadi.
bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalariga — bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq, kelgusida Rossiya tomoniga maqsadli ajratish uchun kompleks imtihon topshirish qiymatining bir qismini (bank va pochta xizmatlarini hisobga olgan holda), imtihon oluvchi testorlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, Markazlarni rossiyalik mutaxassislar tomonidan monitoring va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash qismini har bir nomzoddan xorijiy valyutada qabul qilishga;
kompleks imtihonni o‘tkazish bo‘yicha vakolatli bo‘lgan Rossiya oliy ta’lim muassasalariga — bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini doimiy muassasa sifatida hisobga qo‘ymagan holda amalga oshirishga ruxsat etilsin.
har bir nomzod kompleks imtihonni topshirish qiymatini xorijiy valyutada to‘lagan qismidan qolgan qismini bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari tariflari bo‘yicha milliy valyutada to‘laydi va mazkur mablag‘lar Markazlar ochilgan oliy ta’lim muassasalarining alohida budjetdan tashqari hisobiga o‘tkaziladi;
oliy ta’lim muassasalarining alohida budjetdan tashqari hisobiga kelib tushgan mablag‘lar Markazlar jami xarajatlarining o‘rni to‘ldirilgandan keyin Markaz hamda Markazlar ochilgan oliy ta’lim muassasalarining moddiy- texnika bazasini yanada rivojlantirishga va xodimlar faoliyatini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda Markazlarni xorijiy valyutadagi to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha terminallar bilan jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik so‘rovlari asosida kompleks imtihonni o‘tkazish bo‘yicha vakolatli bo‘lgan Rossiya oliy ta’lim muassasalari tomonidan imtihonlar jarayonini “onlayn” rejimida kuzatish hamda imtihonlar natijalariga ko‘ra, materiallarning elektron shaklini (audio, video va yozma ma’lumotlarni) yetkazib berish uchun yuqori tezlikka ega bo‘lgan Internet va aloqaning zarur kanallari bilan Markazlarni belgilangan tartibda ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi belgilangan tartibda va muddatda kompleks imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolar ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan elektron bazasini yaratish hamda uni Agentlik orqali mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarning mavjud elektron bazasi bilan sinxronlashtirsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda kompleks imtihonni o‘tkazishni tashkil etish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
11. Agentlik o‘z rasmiy veb-saytida fuqarolarning kompleks imtihonni topshirishga tayyorlanishi uchun uslubiy materiallarni hamda imtihon o‘tkazish joyi va vaqti bo‘yicha e’lonlar joylashtirilishini va ularning tizimli tarzda yangilab borilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlikning buyurtmanomalariga binoan O‘zbekiston fuqarolari uchun kompleks imtihonni tashkil etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan Rossiya Federatsiyasi oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarining vaqtinchalik propiskadan o‘tkazilishini hamda uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari hamda markazlar ochilgan Toshkent shahridagi va mintaqaviy oliy ta’lim muassasalari — kompleks imtihonni topshirishga tayyorlash uchun o‘qitish hamda kompleks imtihonni o‘tkazishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslar daromadiga solinadigan foyda solig‘idan hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘idan, shuningdek kompleks imtihonni topshirish va tayyorlash uchun o‘qitish to‘lovi qismi davlat maqsadli fondlariga majburiy to‘lovlar va qo‘shilgan qiymat solig‘idan, Rossiya oliy ta’lim muassasalari — testor-imtihon oluvchilarni tayyorlash, attestatsiyadan o‘tkazish va sertifikatlash hamda Markazlarni nazorat qilish va monitoringini o‘tkazish xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
Keyingi tahrirga qarang.
kompleks imtihonni o‘tkazish bo‘yicha vakolatli bo‘lgan Rossiya oliy ta’lim muassasalari (O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari) — O‘zbekiston Respublikasining vakolatli oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar doirasida testor-imtihon oluvchilarni tayyorlash, attestatsiyadan o‘tkazish va sertifikatlash, Markazlarni nazorat va monitoring qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslar daromadidan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmanomalari asosida Markazlar faoliyatini tashkil etish uchun bepul olib kiriladigan o‘quv adabiyotlari, asbob-uskunalar, kompyuterlar, tashkiliy texnika va multimediya mahsulotlari — bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolarining kompleks imtihon topshirishini tashkil etish bo‘yicha bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalarini tanlash huquqi berilsin.
15. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.