O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmoniga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom va uning Kuzatuv kengashi tarkibi 2-3-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi Direksiyasi xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Jamg‘arma tuzilmasiga o‘zgartish kiritish, shu jumladan, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtatlar joriy etish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi;
Jamg‘armani boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra Oliy sud raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, moliya va adliya vazirlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori, shuningdek, boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning joriy faoliyatiga, shu jumladan, mablag‘lar to‘planishi va sarflanishiga rahbarlik Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimdan ozod qilinadigan ijro etuvchi direktor boshqaradigan Jamg‘arma Direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Byuro xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, har chorak yakuni bo‘yicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlar beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi (M.B. Azimov) bir oy muddatda Jamg‘arma Direksiyasining malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini, shuningdek, uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa tashkiliy-texnik masalalar hal etilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2907-son qarorining 5-bandida:
“maishiy iste’molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy elektron uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish va keyinchalik xizmat ko‘rsatish “O‘ztransgaz” AKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Jamg‘arma kuzatuv kengashining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga,O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
respublika iste’molchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushgan mablag‘larning 10 foizi;
vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘larning 8 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi) xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamg‘armaga uning daromadlari bo‘yicha kelib tushayotgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi g‘azna hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
6. Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishining to‘liqligini nazorat qilish Byuro va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Byuro xodimlariga ish haqi, ustama haqi, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni to‘lashga;
Keyingi tahrirga qarang.
bino va inshootlarni saqlash, foydalanish, qurish va ta’mirlashga, ularni zarur inventarlar, shu jumladan, mebel, aloqa, kompyuter va Byuroga tegishli boshqa vositalar bilan ta’minlashga;
belgilangan tartibda Byuro xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun to‘lovlarni kompensatsiya qilishga;
xizmat va maxsus avtotransport, shuningdek, boshqa texnika vositalarini sotib olishga, ularga servis xizmati ko‘rsatish, ehtiyot qismlari va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashga;
Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga, shu jumladan, xizmat turar joylari qurishga, tibbiy xizmat ko‘rsatishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan milliy standartlarga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning yagona integratsiya qilingan avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga;
Byuroning axborot-kompyuter tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va uni rivojlantirishga, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga;
Byuro xodimlarini, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish hamda stajirovka o‘tashiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etishga;
Byuro xodimlarining mamlakat ichkarasidagi va uning tashqarisidagi xizmat safari xarajatlarini to‘lashga;
Keyingi tahrirga qarang.
Byuroning seminarlari, davra suhbatlari, konferensiyalari, amaliy mashg‘ulotlari, treninglari, profilaktika va boshqa tadbirlarini o‘tkazishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jamg‘arma mablag‘lari Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra boshqa prokuratura organlari xodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustama haqi to‘lashga va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilishi ham mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Keyingi yil uchun daromadlarni aniqlashda Jamg‘armaning rejalashtirilayotgan yil boshidagi qoldiq mablag‘lari va so‘nggi 2 yildagi tushumlarning dinamikasidan kelib chiqib hisoblangan tushumlarning prognoz hajmi hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Byuro direktori tomonidan tasdiqlangan yig‘ma daromadlar va xarajatlar smetasi Jamg‘arma kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Jamg‘armadan pul mablag‘larini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi hamda Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
12. Xarajatlarni moliyalashtirish Byuro tomonidan Jamg‘arma Direksiyasiga taqdim etiladigan to‘lovlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning g‘azna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi to‘g‘risidagi ma’lumot Byuro tomonidan Jamg‘arma Direksiyasiga moliya yilida tegishli ravishda bir yilda kamida ikki marta — 1-iyul va 1-noyabrda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Jamg‘arma Direksiyasi Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
17. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Jamg‘armani boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshqaradigan uning Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga ko‘ra Oliy sud raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, moliya vaziri, adliya vaziri, Byuro direktori, Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori, shuningdek, boshqa mas’ul shaxslar ham kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta majlis o‘tkazadi. Zarur hollarda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
21. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga, shu jumladan, mablag‘larning to‘planishi va sarflanishiga rahbarlik Jamg‘arma Direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Jamg‘arma Direksiyasiga Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
undirilgan va Jamg‘armaga o‘tkaziladigan pul mablag‘larining amalda kelib tushgan summasi bo‘yicha tegishli tashkilotlardan axborotlar hamda statistika ma’lumotlarini so‘rab olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha to‘lovlardan tashqari, moliyalashtirishni to‘xtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy valyutada depozitlarga joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ruxsati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq elektr va gaz ta’minoti sohasidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha moliyalashtiruvchi taraf, shuningdek, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi tushumlar yuzasidan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
Jamg‘armadan tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish bo‘yicha kelib tushgan buyurtmalarni to‘plash, ularni umumlashtirish va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlarni uning Kuzatuv kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etish.
26. Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalar bajarilishi, shu jumladan, uning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi;
Jamg‘arma xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqida Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisiga taklif kiritadi;
davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy davlatlarning davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamg‘arma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamg‘arma nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi;
shtatlar jadvalini, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma ta’minotining xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
28. Jamg‘arma Direksiyasi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, Byuro direktoriga, shuningdek, har yili Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga hisobotlar taqdim etadi.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot har chorakda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Direksiyaning ta’minoti budjet tashkilotlari uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda Jamg‘arma Direksiyasi xodimlariga Byuroning boshqa xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
1. | Azimov M.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari, Kuzatuv kengashi raisi |
2. | Kamilov K.F. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi |
3. | Samadov S.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari |
4. | Mirzamaxmudov J.T. | — | |
5. | Xodjayev B.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri |
6. | Ikramov M.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri |
7. | Kudratxodjayev B.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori |
8. | Yuldashev K.O. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishlar boshqaruvchisi |
9. | lavozimga ko‘ra | — | Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori |
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi)xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
alohida mehnat sharoitlari uchun darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 foizi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari Byuroning boshqa xodimlariga lavozim maoshining 100 foizi miqdorida. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda Byuro xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;
darajali unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarga — ko‘p yillik mehnati uchun lavozim maoshiga 5 foizdan 40 foizgacha miqdorda.
o‘rnatilgan tartibda maxsus toifalar uchun lavozim maoshiga 10, 20 va 30 foiz miqdordagi ustama haq ham kiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlar faoliyatini individual baholash asosida xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun ularni yilda ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida mukofotlash;
bayramlar, muhim va yubiley sanalari, uzoq yillik hamda bekamu ko‘st xizmati (mehnati) uchun, pensiyaga chiqqanda va boshqa shu kabi holatlar munosabati bilan mukofotlash, shuningdek mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi hisobidan shakllantiriladigan Moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari hisobidan shaxsiy ustamalar;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdordagi oylik to‘lovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Byuro tuman va shahar bo‘limlari xodimlariga — yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdordagi oylik to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
baxtsiz hodisaga uchragan, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda halok bo‘lgan Byuro xodimlarining oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish.
Ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari uchun oylik to‘lovlarning eng kam oylik ish haqi bir baravaridan yuqori miqdorini belgilash, shuningdek, moddiy rag‘batlantirish fondi miqdorini ko‘paytirish Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
4. Xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi hamda ishdagi yuksak yutuqlari uchun shaxsiy bir martalik to‘lov shaklida mukofotlash Byuroning rahbarlar tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan, Byuroning boshqa xodimlarini — uning direktori tomonidan amalga oshiriladi.
5. Byuro va uning hududiy tuzilmalari xodimlariga mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Byuro direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Byuro xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan quyidagi miqdorlardagi to‘lovlar beriladi:
Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlariga — Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy tuzilmalar xodimlariga nisbatan tegishli hududiy boshqarma (bo‘lim) boshliqlari tomonidan belgilanadi.
7. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ijro intizomi buzilganda lavozim maoshiga belgilangan ustamalar bekor qilinishi yoki kamaytirilishi mumkin.
8. Mehnatga haq to‘lash fondini shakllantirishda yil hisobiga oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘lar nazarda tutiladi.
9. Xodim vafot etgan hollarda, moddiy yordam (agar xodim vafot etgan yilda bevosita unga moddiy yordam ko‘rsatilmagan bo‘lsa) uning turmush o‘rtog‘iga, turmush o‘rtog‘i yo‘qligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironlarni — yoshidan qat’i nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar xodimlar nikohda turmagan va farzandlari bo‘lmagan hollarda, xodimning qaramog‘idagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda to‘lab beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Istisno tariqasida, xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida, quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:
alohida ehtiyoj tug‘ilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklashga, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol va boshqa holatlar).
11. Xodimlar xarajatlarini qoplash, moddiy yordam miqdori va uning to‘lanishi xodimda intizomiy jazo chorasi mavjudligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan mablag‘lari;
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Byuro xodimlariga respublika budjetidan quyidagi mablag‘lar nazarda tutiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Byuro xodimlariga boshqa to‘lovlar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.