31.05.2017 yildagi PQ-3024-son
Hujjat 03.03.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hay’at

Rais

Rais yordamchisi

1*



Raisning birinchi o‘rinbosari

Rais o‘rinbosari

Rais o‘rinbosari

Iqtisodiy tahlil va buxgalteriya hisobi boshqarmasi

4


Davlat chegarasini dyelimitatsiya va demarkatsiya qilish boshqarmasi

5

Yer tuzish boshqarmasi

1

Davlat kadastri boshqarmasi

1

Yer munosabatlari
va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish bo‘limi

2*

Yer munosabatlarini tartibga solish va yer hisobi bo‘limi

3

Davlat kadastrlari yagona tizimi bo‘limi

2

Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi

3

Yer tuzish ishlarini loyihalash ekspertizasi bo‘limi

2

Binolar va inshootlar davlat kadastri bo‘limi

2

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sho‘basi

2*


Xalqaro munosabatlar bo‘limi

2*

Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasi

1

Axborotlashtirish va axborot resurslari xavfsizligi bo‘limi

2*

Kadrlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Yer monitoringi
va tuproq unumdorligini oshirish bo‘limi

2


Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi

Yer qonunchiligi buzilishi profilaktikasi
va tahlili bo‘limi

2

Maxsus qism

1


Yuridik bo‘lim

2**

Markaziy aerogeodeziya korxonasi

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi


Ishlar boshqarmasi

1

Samarqand aerogeodeziya korxonasi

Tuproqshunoslik
va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti

Kompyuterlash-tirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari


“Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi

“Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Hujjat turi, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. YERGA OID MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

1.

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga;

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga;

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga;

“Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonunga;

“Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil sentyabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Qonun loyihasi.

Yer egalarining, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer resurslarini saqlash va ulardan samarali foydalanish borasidagi majburiyatlari, shuningdek “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlarining yerlardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashdagi vakolati qonunchilik asosida to‘ldiriladi.

Yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima sanksiyalarini belgilashda yer maydoni va tuproq unumdorligini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarzda yondoshish ta’minlanadi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibi takomillashtiriladi.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil
iyun

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori.

Yerga oid munosabatlarning samarali tartibga solinishi va yerlar muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi va unin� hududiy bo‘linmalari vazifa va funksiyalari hamda ular faoliyatini tashkil etish takomillashtiriladi.

3.

Yerga oid munosabatlar va davlat kadastrini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil
iyun

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori.

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasi yaxshilanadi.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil
iyul

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori.

Yerga oid qonunchilik buzilishlari o‘z vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishi ta’minlanadi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha davlat inspektorlarini maxsus formali kiyim-kechak bilan ta’minlash, ularning huquqlarini, javobgarlik choralarini va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi.

II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QO‘MITASINING SAMARALI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI

Yer tuzish va yerdan foydalanish sohasida:

5.

Xalqaro grantlarni jalb etgan holda ArcGIS dasturiy mahsuloti negizida “Yer-axborot tizimi” dasturini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

qishloq xo‘jaligi yerlarining tavsifi, huquqiy maqomi, miqdor va sifat jihatdan baholanishi, shuningdek yerdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi axborotni hisobga olgan holda elektron ma’lumotlar bazasini va materiallar xaritalarini yaratish;

kosmik suratlarni qabul qiluvchi stansiyalar o‘rnatish;

har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi va ekinzorlari, ekilgan ekinlari va ularning maydonlari to‘g‘risida muntazam yangilanib turiladigan ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bazasini shakllantirish.

2018 — 2021-yillar

Xalqaro tashkilotlar grantlari, Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyal�ri
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Xalqaro grant loyihasi.

Qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerlardan foydalanish samaradorligi oshadi, har bir qishloq xo‘jaligi korxonasi to‘g‘risida yozma ravishda va son bilan ifodalangan yangilangan hisob axborotini tezkorlik bilan olish ta’minlanadi.

6.

Joylarda yerlarni sifatli nazorat qilishni tashkillashtirish, erga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va boshqa agrotexnika tadbirlarini o‘tkazishning uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida tizimli monitoringini olib borish.

har yili

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yerlardan foydalanish samaradorligi va yerlar talon-taroj qilinishining oldini olish chora-tadbirlari natijadorligi oshadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishi ta’minlanadi.

7.

Zamonaviy geoaxborot texnologiyalari va asboblarini qo‘llagan holda respublika hududida ma’muriy chegaralarni o‘rnatish (tiklash) ishlarini o‘tkazish.

har yili

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Yerlardan foydalanishning huquqiy asosi, ma’muriy tuzilmalar yer maydonlarining miqdorlari va �egishli ravishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar to‘g‘risidagi axborotning ishonchliligini, chegaraoldi nizolarining tezkor hal etilishini ta’minlaydi.

8.

Yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

doimiy
ravishda

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Ichki idoraviy normativ hujjat.

“O‘zdaverloyiha” DILI tuzilmasida maxsus bo‘linma — yerlarni o‘zlashtirish va buzilgan yerlarni qayta tiklash loyihalarini ishlab chiqish bo‘limi tuziladi.

Qishloq xo‘jaligi va O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashdan tushadigan mablag‘lar hisobiga ilmiy asoslangan loyiha ishlarining bajarilishi ta’minlana�i.

9.

Tabiiy yaylovlar va pichanzorlardan samarali foydalanishni tashkillashtirish.

doimiy
ravishda

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Geobotanik tekshirish ma’lumotlari asosida yaylovzorlar holati va yaylovlarning cho‘llashuvi va yomonlashuvining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar natijadorligi baholanadi.

10.

Sug‘oriladigan va lalmi yerlarning sifatini baholash bo‘yicha ishlar bajarilishining muntazamligini ta’minlash.

har yili

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Sug‘oriladigan yerlar (har 5 yilda) va lalmi yerlar (har 10 yilda) tuproq unumdorligi muntazam asosda baholanib, yangilangan tuproq va er-baholash xaritalari tuziladi, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyanomalar bilan ta’minlash.

11.

Qishloq xo‘jaligi ekinzorlari tuprog‘ini monitoring qilish bo‘yicha ishlarning bir vaqtda va to‘la miqyosda olib borilishini ta’minlash.

har yili

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Yillik ishlar rejasi.

Tuproq holatiga ta’sir o‘tkazuvchi ifloslantiruvchi va boshqa ekologik omillarni aniqlash bo‘yicha muntazam ishlar olib borilishi ta’minlanadi.

Qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining tuproq holatidagi o‘zgarishlar o‘z vaqtida aniqlanishi, ularning baholanishi va salbiy jarayonlarning oldini olish hamda ularning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilishi ta’minlanadi.

Davlat kadastrini yuritish sohasida:

12.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarini doimiy asosda inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va elektron ma’lumotlar bazasini yangilash.

2017-yil dekabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Adliya vazirligi

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat.

Tumanlar (shaharlar) ko‘chmas mulk obyektlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi axborotni real vaqt rejimida yangilash tartibi o‘rnatiladi.

13.

Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarining ma’lumotlar bazasini to‘liq shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida, ma’lumotlarni tegishli vazirliklar va idoralar bilan idoralararo integratsiyalash.

2017-yil dekabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar

Ko‘chmas mulk kadastri bazasi shakllantirilishini ta’minlaydigan ma’lumotlarning axborot bazalarini boshqarish mavjud tizimi doirasida dasturiy mahsulot joriy etiladi.

Maxsus dasturiy mahsulotdan ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadi.

14.

Davlat kadastrlarini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va viloyat darajasida hududlar kadastri ma’lumotlar bazasini yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

2017-2018-yillar

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Davlat kadastrini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar hududlar kadastrining ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda axborotni doimiy asosda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazish chora-tadbirlarini muttasil amalga oshirib turadilar.

15.

Yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlash hamda davlat kadastrlarini yuritish masalalarini reklama roliklarida va ommaviy axborot vositalarining boshqa ko‘rsatuv va eshittirishlarida yoritish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

doimiy
ravishda

O‘zbekiston MTRK,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Yerlardan oqilona va maqsadli foydalanish sohasida aholining va boshqa yerdan foydalanuvchilarning huquqiy madaniyati oshadi, shuningdek yer resurslariga nisbatan tejamli munosabatda bo‘lish ta’minlanadi.

Geodeziya va kartografiya faoliyati sohasida:

16.

Davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish maqsadida turli miqyoslardagi elektron-raqamli kartografiya asoslarini yaratish.

2017-2018-yillar

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

Respublikaning butun hududi bo‘ylab 1:2000 miqyosidagi shaharlar va tuman markazlarining raqamli topografik planlarini, 1:10000 miqyosdagi qishloq xo‘jaligi yerlarining xaritalarini, shuningdek 1:25000 miqyosdagi topografik xaritalarning yaratilishi ta’minlanadi.

17.

�avlat kadastri obyektlari to‘g‘risidagi geoaxborot ma’lumotlarini to‘liq shakllantirish maqsadida respublikaning butun hududi bo‘ylab mahalliy koordinatalar tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish hamda ulardan turli tarmoqlarda keng foydalanilishini ta’minlash.

2018-yil dekabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

Respublikaning butun hududi bo‘ylab mahalliy koordinata tizimlari, mahalliy koordinatalar tizimida geodeziya punktlarining kataloglari ishlab chiqiladi. Foydalanuvchilarga kadastr ma’lumotlarini taqdim etishdagi cheklovlar olib tashlanadi.

18.

Zamonaviy talablarga mos keladigan kartografik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun “Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasini qo‘shimcha uskunalar bilan ta’minlash.

2018 — 2020-yillar

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi va xalqaro grant mablag‘lari hisobidan

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

Kompleks tadbirlar rejasi.

Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, qo‘l mehnatidan voz kechish maqsadida qo‘shimcha yangi zamonaviy yuqori unumli texnologiyalar bilan jihozlash.

III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QO‘MITASI TIZIMINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI YANADA MUSTAHKAMLASh, AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISh

19.

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining binolarini qurish va rekonstruksiya qilish.

2018 — 2021-yillar

Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Faoliyatni samarali tashkil etish uchun idoraga qarashli muassasalar namunaviy binolar bilan ta’minlanadi.

20.

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi hududiy boshqarmalari va bo‘linmalari quyidagi miqdorda texnik va texnologik jihatdan ta’minlanadi:

a) DAMAS avtomobillari bilan (193 ta);

b) er inspektorlari uchun keys-komplektlar bilan (1068 dona);

v) tuproqni tezkor ekspertiza qilish uchun mobil laboratoriya komplekslari bilan (17 ta);

g) er usti va qishloq xo‘jaligi ekinzorlarini monitoring qilish uchun uchuvchisiz uchar apparatlari bilan (168 ta).

2017 — 2021-yillar

Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi va “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Idoraviy hujjat.

Yer inspektorlari ish�ning sifati va samaradorligi sezilarli darajada oshiriladi.

Tuproqning sifat tarkibi tezkorlik bilan aniqlanadi.

Yer tuzilishini ilmiy asosda loyihalashtirish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.

Yer yuzasi va qishloq xo‘jaligi ekinzorlarini monitoring va nazorat qilish jarayonlari avtomatlashtiriladi.

21.

Qo‘mita tuzilmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari Jamg‘armasini shakllantirish uchun yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan bajariladigan ishlar uchun tushumlar hajmining ko‘pi bilan 5 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘larni nazarda tutish.

2017-yil
avgust

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qarori.

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tizimining tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini modernizatsiyalash va axborotlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkonini beradi.

22.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, shuningdek mazkur sohadagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2017-yil
iyun

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

Loyihani amalga oshirishning texnik hujjatlari.

Murojaatlarning turlarini tasniflash va shikoyatlar sonini qisqartirish ta’minlanadi.

23.

Davlat kadastri xizmatlarini taqdim etish jarayonini inventarizatsiya qilish, aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish.

Zarur bo‘lganda qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlagan holda davlat xizmatlarini modernizatsiyalash va axborotlashtirish rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

2017-yil sentyabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Chora-tadbirlar amaliy rejasi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish tadbirlari o‘tkaziladi.

Davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish orqali mavjud n�zomlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Barcha darajalardagi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlarning vazifalari, funksiyalari va javobgarligi chegaralanib qo‘yiladi, bir-birini takrorlovchi va dolzarbligini yo‘qotganlari bekor qilinadi.

24.

Hududiy boshqarmalar va tuman bo‘limlarida mahalliy tarmoqlarni va himoyalangan yagona korporativ tarmoqni takomillashtirish, shuningdek himoyalangan elektron hujjatlar aylanishining yagona tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2017-2018-yillar

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, tarmoq usku�alari va boshqa uskunalarni xarid qilish, ularni montaj qilish va ishga tushirish ta’minlanadi.

Virtual tarmoq orqali markazlashtirilgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalariga ulanish, shuningdek axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish.

25.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmalarini quyidagilar bilan bosqichma-bosqich jihozlash:

kompyuter va ofis texnikasi, zamonaviy aloqa vositalari, dasturiy ta’minot bilan;

axborot xavfsizligini ta’minlaydigan maxsus texnik vositalar va uskunalar bilan.

2017-2018-yillar

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, raqamli vositalar va uskunalar (serverlar, aloqa kabellari, konferens aloqa va hokazolarni) sotib olish ta’minlanadi.

Qo‘yilgan vazifalarni hal etishda mehnat unumdorligi, tezkorlik va mobillik oshishiga ko‘maklashuvchi operatsion jarayonlar tizimlashtiriladi.

IV. TARMOQNI MALAKALI KADRLAR BILAN TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI

26.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organlari tizimi uchun oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va o‘quv predmetlari dasturlarini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

2017-yil
avgust

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Tarmoqni malakali mutaxassislar bilan ta’minlashning ilmiy asoslangan tizimi yaratiladi.

27.

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining professional hamda malakaviy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun ularni attestatsiyadan o‘tkazish.

2017-yil sentyabr

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish grafigi. Rahbar xodimlar va mutaxassislarning yuqori darajadagi professional tayyorgarligi ta’minlanadi.

28.

Kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va joriy etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning yetakchi turdosh tashkilotlari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish.

doimiy
ravishda

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasini moliyalashtirish uchun har yili ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Bitimlar va memorandumlar. Xorijiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari bilan tajriba ayirboshlash.

29.

Oliy ma’lumotli iste’dodli yoshlarni tarmoqqa jalb etish, ularni xizmat uy-joyi bilan ta’minlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.

doimiy
ravishda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Yer resurslariga nisbatan tejamkorlik ruhida tarbiyalangan, oliy ma’lumotga ega yoshlarni tarmoqqa jalb etish ta’minlanadi.

30.

Masofaviy o‘qitish tamoyili bo‘yicha tarmoq barcha xodimlarining malakasini oshirish.

doimiy
ravishda

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish grafigi.

Tarmoq xodimlarining zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlarini zarur darajada egallashi ta’minlanadi.

 LexUZ sharhi