Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 15.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi) qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi sud hokimiyati organidir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Konstitutsiyaning ustunligi, mustaqillik, kollegiallik, oshkoralik, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
Konstitutsiyaviy sud o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligini, qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy prinsipning va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa normalarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga da’vat etilgandir.
Konstitutsiyaviy sud faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etadi va xulosalar beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaga muvofiqligiga shubha tug‘dirgan, ko‘rib chiqilayotgan aniq masalalar yuzasidangina hujjat qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib, tekshirilgan hujjatga asoslangan yoxud uning qoidalarini takrorlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar xususida ham, garchi Konstitutsiyaviy sud ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan masalada ular to‘g‘risida so‘z yuritilmagan bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida hujjat qabul qilishi mumkin.
Xalqaro shartnomaning va normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida ko‘rib chiqilgan ishning mohiyati bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning hujjati qaror deb ataladi. Qarorlar Konstitutsiyaviy sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”