24.05.2017 yildagi PQ-2995-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
 LexUZ sharhi

Qosimxonov B.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi mudiri, Ekspertlar guruhi raisi

Bobojonov B.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, Ekspertlar guruhi raisi o‘rinbosari

Lutfullayev H.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari

Aminov H.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari

Qoriyev O.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari

Muhammadaminov S.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari

Jumanazarov A.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi

Po‘latov Sh.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i

Umrzoqov B.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi

Rahimov K.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi

Abdullayev B.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi

Ismoilov M.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti

Buldakov I.

Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i

Isomov A.

Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti “Mumtoz filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi

Oldingi tahrirga qarang.

Abduhalimov B.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, komissiya raisi

Oxunov B.A.

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori v.b., komissiya raisi o‘rinbosari

Qosimxonov B.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi mudiri, komissiya raisi o‘rinbosari

Karimova S.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Hasanov M.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi

Yusupova D.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi

Bo‘riyev O.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi

G‘ulomov S.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi

Uvatov U.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori

Ziyodov Sh.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi direktori

Nasrullayev N.

Toshkent islom universiteti qo‘lyozmalar xazinasi mudiri

Hasanov S.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi direktori

Mansurov A.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Salimov M.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bo‘limi mudiri

Ismoilov M.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti

Isakova M.

Markaziy davlat arxivi bo‘lim boshlig‘i

Isanov U.X.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yuristi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

T/r

Manbaning nomi

Nashr shakli

Izohlar

I. TARIX

1.

“Insho” to‘plamlaridagi Amir Temurning xatlari

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Ushbu xatlarda Amir Temur davlatining diplomatik munosabatlari tarixi aks etgan

2.

Fosih Xavofiy. “Mujmal-i Fasixiy” (Fasihiy to‘plami)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Asar xronologik tartibda tuzilgan bo‘lib, Temuriylar davridagi muhim voqealarni va Markaziy Osiyodagi mashhur shaxslarning tarjimai hollarini qamrab oladi

3.

Noma’lum muallif. “Ta’rifi Xorazm” (Xorazm ta’rifi)

Matnning ilmiy-izohli tarjimasi

Ushbu asar Xorazm tarixining qadim zamonlardan buyon to mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan davridan iborat. U o‘z ichiga yirik shaharlar, madrasalar, masjidlar, olimlar, qorilar, bozorlar, savdo do‘konlari, o‘sha davrda Xorazmda amalda bo‘lgan hunarmandchilikning barcha turlari haqidagi ma’lumotni qamrab oladi

4.

Amir Abdulahad. “Ro‘znomayi safari Fitirburg”

Ilmiy-izohli tarjima

Buxoro amiri Abdulahadning 1893-1894 yillardagi Peterburg safari kundaligi

5.

Amir Abdulahad. “Ro‘znomayi safari chahorumi Fitirburg”

Ilmiy-izohli tarjima

Buxoro amiri Abdulahadning 1907 yildagi Peterburg safari kundaligi

6.

Istaxriy (X asr). “Masolik al-mamolik” (Yo‘llar va mamlakatlar)

Arab tilidan o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Kitobda o‘sha davr musulmon olami 20 ta geografik iqlimga taqsimlangan holda tavsiflangan

7.

Muhammad Amin Buxoriy (XVII asrning oxiri — XVIII asrning boshi). “Muhit at-tavorix”

Fors tilidan o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Ushbu asar umumiy tarixga bag‘ishlangan bo‘lib, Ashtarxoniy Subxon Qulixon (1680 — 1702) hukmronligi davridagi Buxoro tarixi bilan tugallanadi. Kitobning oxiri shu davrning yetuk arboblari, yozuvchilar, shoirlar va rassomlarning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan

8.

Abdullajon Nasimiy. “Majma al-havodis” (Hodisalar majmuasi)

Eski o‘zbek tilida. Tabdil so‘zboshi, izohli ko‘rsatkich bilan nashrga tayyorlash.

1918 — 1922 yillarda Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan milliy ozodlik harakati voqealarini guvoh sifatida yoritgan

II. TABIIY FANLAR

A�TRONOMIYA

9.

Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048). “Mamarr...” (Yoritqichlarning o‘tish manzillari)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Samoviy obyektlarning old yoki orqa tomonidan o‘tuvchi yoritqichlarning manzillari haqidagi risola

10.

Abu Rayhon Beruniy. “G‘urrat az-zidjat” (Zijlar yog‘dusi)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Beruniy tomonidan sanskrit tilidan arab tiliga o‘girilgan hind astronomiyasi haqidagi risola

11.

Abu Rayhon Beruniy. “Tastih as-suvar va tabtix al-kuvar” (Kartografiya)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Yer yuzidagi obyektlar va yoritqichlarning tasvirlari sathlarini tuzish haqidagi matematik risola

12.

Jamshid Koshiy (XIV asr). “Zij-i Xoqoniy”

Tanqidiy matn va tarjima

Ulug‘bek madrasasi kutubxonasi uchun maxsus tuzilgan astronomik jadvallar

TIBBIYOT

13.

Abu Rayhon Beruniy. “Kitob as-Saydana fi-t-tibb” (Tabobatda dorishunoslik)

Ilmiy-izohli tarjima

Dorishunoslikka oid asar bo‘lib, unda mingdan ortiq o‘simlik, ma’dan va boshqa moddalarning tavsifi va turli tillardagi nomlanishi berilgan

III. FALSAFA

14.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy (X asr). “Mafotih al-ulum” (Ilmlar kaliti)

Arab tilidan rus tiliga izohli tarjima

O‘rta asr ilmlari tasnifiga bag‘ishlangan ensiklopedik asar

IV. ISLOM ILMLARI

15.

Abu Hafs an-Nasafiy (1067 — 1142).

“Mashori’ ash-sharoyi’” (Diniy hukmlarning namunalari)

Matnning ilmiy-izohli nashri

Hanafiylik mazhabi sohasidagi amaliy fiqhga oid klassik asar bo‘lib, uning mavjudligi shu paytgacha noma’lum edi. Asar hanafiy mazhabiga oid fiqhiy hukmlar to‘plamidan iborat

16.

Husayn Voiz Koshifiy. “Mavohibi Aliyya” (Oliymaqom tuhfalar)

Faksimile ko‘rinishdagi nashr

Hazrat Alisher Navoiyning topshirig‘iga binoan muallif tomonidan Qur’onning barcha suralariga yozilgan tafsir. Asarda tafsirdan tashqari XV asrdagi mashhur shaxslar va manbalarning nomlari keltirilgan

17.

Noma’lum muallif. “Dur al-ajoyib” (Ajoyibotlar gavhari)

Matnning ilmiy-izohli tarjimasi

Asar e’tiqodning axloqiy va etik me’yorlarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif unda mahalliy olimlarning asarlariga asoslangan

18.

Hakim at-Termiziy (820 — 930). “Xatm al-avliya” (Valiylar muhri)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Asar tasavvuf tarixiga, so‘fiylar odobining asosiy qoidalariga, shuningdek tasavvuf ta’limoti g‘oyalarining yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasidagi o‘rnini yoritishga bag‘ishlangan

19.

Hakim at-Termiziy. “Masa’ili maknuna” (Pinhon masalalar, tushunchalar)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Asar tasavvuf tariqatlari ta’limotining asosini tashkil etuvchi axloqiy-tarbiyaviy, diniy-ma’naviy masalalarni yoritishga bag‘ishlangan

20.

Hakim at-Termiziy. “Manhiyat” (Ruxsat etilgan va man qilingan)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Asar shariatda ruxsat etilgan va man qilingan hukmlarga bag‘ishlangan

21.

Hakim at-Termiziy. “Tahsil naza’ir al-Qur’on” (Kur’on istilohlarining leksikologik talqini)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Asar qur’onshunoslikda istifoda etiladigan istilohlarning leksik-filologik talqiniga bag‘ishlangan

22.

Sobir Termiziy. “Devon” (Devon)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

O‘rta asr shoirining fors tilidagi she’r va g‘azallaridan tarkib topgan

23.

Abu Iso Termiziy (IX asr). “Sunan at-Termiziy”

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Asar musulmon fiqhining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, u Payg‘ambarning aytganlari va o‘zlarini tutishlariga bag‘ishlangan. Axloqiy-etik va tarbiyaviy mazmundagi hadislardan iborat to‘plam

24.

Abu Iso Termiziy. “Tasmiyya ashob ar-Rasul” (Payg‘ambar sahobalarining biografiyasi)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Asar Payg‘ambar sahobalarining tarjimai hollarini yoritishga bag‘ishlangan

25.

Abu Iso Termiziy. “Ilal at-Termiziy” (Hadislarning illatlarini aniqlash qoidasi)

O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima

Asar hadis roviylarining darajalari va ularning o‘zaro bog‘liqlik silsilasini hamda hadis matnini aniqlashga bag‘ishlangan

26.

Burhoniddin al-Marg‘inoniy (1118 — 1197). “Muxtarat an-navozil” (Nozil bo‘lganlardan tanlab olinganlari)

Matn nashri

Asar har bir insonning kundalik hayotida uchrab turadigan masalalarni hanafiylik mazhabi fiqhi nuqtai nazaridan yoritishga bag‘ishlangan

27.

Burhoniddin al-Marg‘inoniy.
“at-Tadjnis va-l mazid”

Matn nashri

Asar hanafiylik mazhabining amaliy fiqh sohasiga bag‘ishlangan

28.

Faxruddin Qozixon (vaf. 1196). “Fatavo-i Qozixon” (Qozixon fatvolari)

Matn nashri

Asar hanafiylik mazhabining amaliy fiqh sohasiga bag‘ishlangan

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ko‘p asrlik madaniy va ilmiy yutuqlarimiz aks etgan yozma yodgorliklarni saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilishga katta e’tibor berilmoqda.

O‘zbekistonda asrlar davomida Markaziy Osiyo bo‘yicha eng boy qo‘lyozma meros jamlangan bo‘lib, uning salmoqli qismi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Har biri ulkan ma’naviy obida, madaniyat durdonasi bo‘lgan bu qo‘lyozmalar fondi jahon miqyosida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho xazinadir. Mazkur fond 2000-yilda noyob ilmiy va madaniy obyektlardan biri sifatida YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Institutning qo‘lyozmalar fondi oltita alohida bo‘limdan tashkil topgan bo‘lib, arab, fors, eski o‘zbek tili va boshqa sharq tillarida bitilgan 26 ming jild qo‘lyozma, 39 ming jild toshbosma kitoblar va 10 mingga yaqin tarixiy hujjatlardan tashkil topgan.

Mazkur ilm dargohida nafaqat ilmiy-tadqiqot ishlari, balki qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, fondni boyitib borish, shuningdek, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga manbalar bilan ishlashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kabi keng qamrovli ishlar olib boriladi.

Milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira davomiyligini ta’minlash, ulkan yozma merosni asrab-avaylash, boyitib borish va tadqiq qilish hamda madaniy va ma’naviy qadriyatlarni ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror yosh avlodni vatanparvarlik va boy tariximizga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekistonning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mamlakat sifatidagi xalqaro obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlash, boy yozma merosimizni saqlash, o‘rganish va keng targ‘ib qilish ishlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan.

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasin�ng Sharqshunoslik instituti qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa yozma manbalarni saqlash, o‘rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ‘ib qilish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilangani uning dunyodagi yetakchi sharqshunoslik markazlaridan biri sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, qarorda Institutning ilmiy va tashkiliy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, zamonaviy talablar asosida Institutning asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ulardan biri institut fondlarini saqlash va aholi qo‘lida saqlanayotgan qo‘lyozma va boshqa yozma yodgorliklarni xarid qilish hisobidan boyitishni nazarda tutadi. Shu maqsadda yozma yodgorliklarni to‘plash, baholash va sotib olish bilan shug‘ullanadigan ekspertlar guruhi va maxsus komissiya tuzilmoqda.

Shuningdek, O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududidan yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlarning ilm-fanning aniq, tabiiy, gumanitar sohalari va islom ilmlari bo‘yicha yaratgan asarlari tadqiqini kengaytirish va chuqurlashtirish hamda ularni asl matn va ilmiy izohli tarjima shaklida nashr etib, ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish va ilmiy muomalaga kiritish ishlariga alohida urg‘u berilgan.

Shu bilan birga, qarorda institutning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘lyozma manbalar bilan ishlash malakasiga ega yosh kadrlarni tayyorlash ishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Qarorda Institutning xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganish borasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish borasidagi vazifalar aniq belgilab berilgan.

Dunyo miqyosida qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilishga bo‘lgan e’tiborning tobora ortib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, qarorda Institutning foto va restavratsiya laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlarning samarali yo‘lga qo‘yilishi qo‘lyozmalarning umrini uzaytirish va ushbu laboratoriyalarni O‘zbekistondagi boshqa mavjud fondlar uchun namunaviy peshqadam restavratsiya maydoniga aylantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qadimiy yozma manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos murakkab xususiyatlarini, bu ish yuqori ilmiy malaka va ko‘nikmalarni talab qilishini inobatga olib, Institutning qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini moliyaviy rag‘batlantirish choralari ham belgilangan.

Qarorda o‘z yechimini topgan muhim masalalardan yana biri — bu boy va turfa yozma merosimizni namoyish etish maqsadida Institutning Sharq qo‘lyozmalari muzeyini yaratishdir. Muzeyda qo‘lyozmalar fondida mavjud kolleksiyalarning eng yorqin namunalari namoyish etiladi.

Ushbu qaror davlatimiz tomonidan ilm-fanning rolini kuchaytirish, mamlakatning intellektual salohiyatini mustahkamlash, akademik institutlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tizimli va ilmiy asosda saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarning mantiqiy davomi bo‘lib, u barchamizni boy ma’naviy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, uni bugungi va kelajak avlodlar uchun xizmat qildirishga da’vat etadi.