17.05.2017 yildagi 291-son
1-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda sotish;
2-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini operativ boshqarish huquqi bilan davlat organlariga, shuningdek keyinchalik ulardan samarali foydalanish uchun tashkilotlarga bepul berish;
3-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini xo‘jalik boshqaruvi organlari ustav kapitaliga berish;
4-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlarini vakolatli organlarning xulosasi va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qaroriga ko‘ra buzib tashlash nazarda tutilgan.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda 5-ilovaga* muvofiq davlat mulki obyektlaridan — turar joy binolaridan samarali foydalanish, shu jumladan ularni ustuvor huquq bilan ushbu turar joy binolarida yashayotgan fuqarolarga xususiylashtirib berish masalalarini bir oy muddatda ko‘rib chiqsinlar.