Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar faoliyatidagi tekshirishlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda kredit bitimlarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida, shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari va vakolatxonalari, tugatilib, qo‘shib yuborilib (olinib), davlat reyestridan chiqarilgan subyektlar, budjet va jamoat tashkilotlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirishga tatbiq etilmaydi.
7. Tegishli asoslar mavjud bo‘lganda (xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki tekshirishda ishtirok etishi lozim bo‘lgan sohaviy mutaxassislar yo‘qligi va boshqa obyektiv sabablar) tekshirish muddatini o‘zgartirish yoki mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan asoslarga ko‘ra tekshirish muddatini to‘xtatib turish Kengash tomonidan, tekshirishlarni o‘tkazish yoki ularda ayrim nazorat qiluvchi organlar ishtirok etishi imkoni bo‘lmaganligi sababli ularni kechroq muddatlarga ko‘chirish viloyat komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
12. Tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvali loyihasi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi tartib va muddatlarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarning yillik va yil choraklariga mo‘ljallangan muvofiqlashtirilgan reja-jadvallarini shakllantirish tamoyillari to‘g‘risidagi tasdiqlangan qoidalariga qat’iyan muvofiq holda amalga oshiradi.
Mazkur bandning birinchi — to‘rtinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin.
15. Yillik tekshirishlar reja-jadvali loyihasiga yoki tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga choraklik o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar mazkur Nizomning 2-ilovasiga, tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish to‘g‘risidagi takliflar mazkur Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq kameral nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar ko‘rsatilgan holda hamda muvofiqlashtirish reja-jadvallarini shakllantirish tamoyillari to‘g‘risidagi tasdiqlangan qoidalariga qat’iyan muvofiq holda taqdim etilishi shart.
Nazorat qiluvchi organlar yoki ularning bo‘linmalari tomonidan Kengash yoki viloyat hududiy komissiyalari ishchi organlariga mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan muddatlardan keyin taqdim etilgan yoki mazkur Nizomning 2 va 2a-ilovasida belgilangan shaklga mos ravishda taqdim etilmagan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
19. Nazorat qiluvchi organlar mazkur Nizomning 14 — 17-bandlaridagi talablarga binoan joriy yil uchun tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Nazorat tartibida tekshirishlar mazkur Nizomning 27-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buyruq asosida, 28 — 33-bandlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi va natijalari 34-bandida belgilangan tartibda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
38. Nazorat qiluvchi organlar zimmalariga qonun hujjatlari bilan yuklatilgan ayrim nazorat vazifalarini mazkur Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan hollarda Kengash bilan qo‘shimcha ravishda kelishuvsiz amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 6-iyundagi 2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2878-1, 20.06.2017-y.) asosan yigirma yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 556-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 22-sentabrdagi 3-sonli (ro‘yxat raqami 2878-2, 13.10.2017-y.) qaroriga asosan yigirma sakkizinchi, yigirma to‘qqizinchi va o‘ttizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2017-yil 11-dekabrdagi 235-sonli (ro‘yxat raqami 2878-3, 21.12.2017-y.) qaroriga asosan o‘ttiz birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2878-3/0437-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”