25.04.2017 yildagi 239-son
Hujjat 07.06.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qaroriga muvofiq, shuningdek 2018 — 2020-yillar davrida faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini joriy etishning aniq muddatlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Jadvalda ko‘rsatilgan muddatlardan uch oy oldin Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qarori 3 va 5-bandlari talablarining ijrosini ta’minlasinlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tegishli davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan, shuningdek eskirgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan hujjatlar va ma’lumotlarni shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadigan ma’lumotlarni tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etish to‘g‘risidagi talablarni bekor qilishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)

T/r

Beriladigan hujjat, ko‘rsatiladigan xizmat nomi

Harakat va (yoki) muayyan faoliyat

Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ

Joriy etish muddati

2018-yil

1.

Tovarni vaqtincha olib kirish (olib chiqishga) ruxsatnoma.

Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish).

Davlat bojxona qo‘mitasi

2018-yil 1-aprel

2.

Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma.

Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish.

3.

Bino va inshootlarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga rioya etgan holda loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishni kelishish.

Bino va inshootlarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga rioya etgan holda qurish, rekonstruksiya qilish loyihasini tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2018-yil

1-iyul

4.

Maxsus qo‘llaniladigan biologik aktiv moddalarni chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma.

Maxsus qo‘llaniladigan biologik aktiv moddalarni chetdan keltirish va ishlab chiqarish.

5.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma.

Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

2018-yil

1-iyul

6.

O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesishni kelishish.

O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesishga ruxsatnoma olish.

2018-yil

1-iyul

7.

Yer uchastkasi tanlash to‘g‘risidagi xulosa.

Yer uchastkasi tanlashni tasdiqlash to‘g‘risidagi yoki yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorni olish.

“O‘zshaharsozlik LITI” DUK, “Toshkentboshplan LITI” DUK, “Qishloq-qurilishloyiha” MChJ

2018-yil

1-oktabr

8.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan eng kam miqdorga muvofiq yaratilgan (zaxira qilib qo‘yilgan yoki ajratilgan) ish o‘rinlarini qisqartirish yoki tugatish to‘g‘risida qaror.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan eng kam miqdorga muvofiq yaratilgan (zaxira qilib qo‘yilgan yoki ajratilgan) ish o‘rinlarini qisqartirish yoki tugatish.

Tuman (shahar) hokimliklari

2018-yil

1-oktabr

9.

Mol so‘yishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi.

Mol so‘yishni amalga oshirish.

10.

Yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror (Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari).

Yer uchastkasidan foydalanish.

11.

Muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun texnik shartlar.

Me’moriy-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish.

Foydalanish tashkilotlari

2018-yil

1-oktabr

12.

“O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan iste’mol tovarlari ulgurji savdosiga litsenziya.

“O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan iste’mol tovarlari ulgurji savdosi.

Adliya vazirligi

2018-yil

1-oktabr

13.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2018-yil

1-oktabr

14.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish.

15.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish.

16.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish uchun litsenziya.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish.

17.

Tovarlarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma.

Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish.

Davlat bojxona qo‘mitasi

2018-yil

1-oktabr

18.

Bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma.

Yuridik shaxsning bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirishi.

2018-yil

1-dekabr

19.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma.

Yovvoyi hayvonlarni ovlash.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

2018-yil

1-dekabr

20.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma.

Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqish.

21.

Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma.

Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish.

22.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashmalarini tashkil etish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish.

Davlat raqobat qo‘mitasi

2018-yil

1-dekabr

23.

Qonunchilikda belgilangan holatlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik.

Qonunchilikda belgilangan holatlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish yuzasidan shaxs yoki bir guruh shaxslar bilan oldi-sotdi, ayirboshlash shartnomalari, hadya, ishonchli boshqaruv va shu kabi bitimlarni tuzish.

24.

Loyihaviy hujjatlarning me’moriy-rejalashtirish topshirig‘iga muvofiqligi nuqtai nazaridan Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi me’moriy-shaharsozlik kengashi bilan kelishish.

Loyiha hujjatlarini obyektning yong‘inga qarshi xavfsizligi va zilzilaga bardoshliligi yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini olish.

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi

2018-yil

1-dekabr

2019-yil

25.

Davlat foydasiga voz kechish uchun tovarni bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma.

Chet el tovarlaridan davlat foydasiga voz kechish.

Davlat bojxona qo‘mitasi

2019-yil

1-aprel

26.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnomani kelishish.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma olish.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI

2019-yil

1-iyul

27.

Yangi ozuqa qo‘shimchalarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma.

Yangi ozuqa qo‘shimchalarini chetdan keltirish va ishlab chiqarish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2019-yil

1-iyul

28.

Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma.

Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chetdan keltirish va ishlab chiqarish.

29.

Bosh agentni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma.

Jismoniy shaxslardan to‘lov agentlik tarmog‘i orqali (to‘lov agentlari/subagentlari bundan mustasno) to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatish.

Markaziy bank

2019-yil

1-iyul

30.

Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirishga ruxsatnoma.

Eksport qilinadigan mahsulotni olib chiqish uchun xorijiy avtomobilda yuk tashuvchining harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirgan holda xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilardan foydalanish.

Davlat bojxona qo‘mitasi

2019-yil

1-iyul

31.

Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

2019yil

1-oktabr

32.

Tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlashga ruxsatnoma.

Tovarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi

2019-yil

1-oktabr

33.

Bojxona ombori ta’sis etishga litsenziya.

Bojxona omb�ri ta’sis etish.

34.

Me’moriy-rejalashtirish topshirig‘i.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

2019yil

1-oktabr

35.

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llashga ruxsatnomani kelishish.

O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llashga ruxsatnoma olish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

2019yil

1-oktabr

36.

Sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertiza xulosasi.

Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish yuzasidan faoliyatni olib borish.

Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari

2019-yil

1-oktabr

37.

Obyektning yong‘inga qarshi xavfsizligi va seysmik barqarorligi to‘g‘risida davlat ekspertizasi xulosasi.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma olish.

Davlat ekspertiza organlari

2019-yil

1-oktabr

38.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziya.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish.

Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazi

2019-yil

1-oktabr

39.

Bojsiz savdo do‘konini ta’sis etishga litsenziya.

Bojsiz savdo do‘konini ta’sis etish.

Davlat bojxona qo‘mitasi

2019-yil

1-dekabr

40.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona ta’sis etishga litsenziya.

“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona ta’sis etish.

41.

Dori vositasi va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma.

Dori vositasi va tibbiy buyumlardan tibbiy foydalanish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2019-yil

1-dekabr

42.

Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati.

Moliya vazirligi

2019-yil

1-dekabr

43.

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Auditorlik faoliyati.

44.

Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Lotereyalar tashkil etish.

45.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazishga litsenziya.

Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish.

Davlat arxitektura qo‘mitasi

2019-yil

1-dekabr

46.

Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Baholash faoliyati.

Davlat raqobat qo‘mitasi

2019-yil 1-dekabr

47.

Birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya. (valyuta birjasi faoliyati bundan mustasno).

Birja faoliyati. (valyuta birjasi faoliyati bundan mustasno).

48.

Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Rieltorlik faoliyati.

49.

Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bog‘liq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish.

Yer usti suvlaridan foydalanish bilan bog‘liq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini tasdiqlash.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

2019-yil

1-dekabr

50.

Yo‘llar, yo‘l inshootlari, temir yo‘l o‘tkazgichlari, yo‘llar va ko‘chalar bo‘ylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini kelishish.

Yo‘llar, yo‘l inshootlari, temir yo‘l o‘tkazgichlari, yo‘llar va ko‘chalar bo‘ylab joylashgan servis shoxobchalari, AYQSh, AGTQS va AGQS, bino va inshootlar qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash hamda transport vositalari konstruksiyalari loyihalarini tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirligi

2019-yil

1-dekabr

51.

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma.

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etish.

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi

2019-yil

1-dekabr

52.

Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini kelishish.

Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish.

53.

Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishish.

Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlarini amalga oshirish.

2020-yil

54.

Neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlari orqali sotishga litsenziya.

Neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlari orqali sotish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2020-yil

1-aprel

55.

Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya, O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari bundan mustasno.

Ulgurji savdo, “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari bundan mustasno.

Tumanlar va shaharlar hokimliklari

2020-yil

1-aprel

56.

Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni ko‘paytirish, sotish, ijaraga berishga litsenziya.

Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni ko‘paytirish, sotish, ijaraga berish.

Intellektual mulk agentligi

2020-yil

1-aprel

57.

Fonogrammalarni tayyorlashga litsenziya.

Fonogrammalarni tayyorlash.

58.

Asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat o‘rmon fondidan uchastkalar ajratishga ruxsatnoma.

Asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat o‘rmon fondidan uchastkalar ajratish.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

2020-yil

1-iyul

59.

Turg‘un savdo shoxobchasining sanitariya talablariga muvofiqligi to‘g‘risida sanitariya xulosasi.

Bozorda va savdo shoxobchalarida go‘sht mahsulotlari savdosini amalga oshirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2020-yil

1-iyul

60.

O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari — rezidentlari tomonidan chet elda hisob raqamlarini ochishga ruxsatnoma.

O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari — rezidentlari tomonidan chet elda hisob raqamlarini ochish.

Markaziy bank

2020-yil

1-iyul

61.

“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarishga ruxsatnoma.

“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarda rele himoyasi uskunalarini, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni sozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

“Sanoatgeokon-texnazorat” DI

2020-yil

1-oktabr

62.

Uskunalar, quvurlar, tsisterna va boshqa sig‘imlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarishga ruxsatnoma.

Uskunalar, quvurlar, tsisterna va boshqa sig‘imlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish.

63.

Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya.

Turizm faoliyati.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2020-yil

1-oktabr

64.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun litsenziya.

Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

2020-yil

1-dekabr

65.

Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishni kelishish.

Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi qarorni olish.

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,Ichki ishlar vazirligi

2020-yil

1-dekabr

66.

Past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari og‘ir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yo‘nalishi sxemalarini kelishish.

Past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari og‘ir vaznli, yirik gabaritli yoki xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish.

Ichki ishlar vazirligi

2020-yil

1-dekabr

67.

Sug‘urta zaxiralarini xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga joylashtirishni kelishish.

Sug‘urta zaxiralarini xor�jiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga joylashtirish.

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi

2020-yil

1-dekabr

68.

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish.

Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirish.

“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” DI, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

2020-yil

1-dekabr

Keyingi tahrirga qarang.