T/r | Tadbirlar nomi | Bajarish muddati | Mas’ul ijrochilar |
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash | |||
1. | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari maxsus guruhlarini jihozlash normativlarini ishlab chiqish, maxsus guruhlar uchun zarur moddiy-texnika shart-sharoitlarini yaratish, nomzodlarni oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlash jarayonini sifatli tashkil etishni ta’minlash. | 2017-yil aprel — iyun | Mudofaa vazirligi, “O‘zstandart”agentligi, O‘MKHTM, Sog‘liqni saqlash vazirligi, vazirliklar va idoralar |
2. | O‘quv binolari, sport majmualari,auditoriya va laboratoriya xonalarining o‘quv-moddiy, texnika bazasi mulkiy ta’minlanishini, sport jihozlari va anjomlarini ishlab chiqilgan ta’minlash normativlariga muvofiqligini hatlovdan o‘tkazish. | 2017-yil iyul —avgust | O‘MKHTM, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar |
3. | O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritish uchun maxsus guruhlar tashkil etilishini inobatga olgan holda rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash talab etiladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, tasdiqlangan ta’minlash normativlariga muvofiq zarur o‘quv jihozlari va inventarlar, o‘qitishning texnik vositalari bilan qo‘shimcha ta’minlash. | har yili 1-avgustgacha | O‘MKHTM,Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
O‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash | |||
4. | Maxsus guruhlarning faoliyatini samarali tashkil etish uchun o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, jumladan: o‘quv-normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish; “Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani bo‘yicha o‘quv dasturini qayta ko‘rib chiqish va mazmunini takomillashtirish; boshlang‘ich harbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish va o‘tkazish; umumta’lim fanlari bo‘yicha to‘garak va qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish; o‘quvchilarning vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha tadbirlar tashkil etishni nazarda tutish. | 2017/2018 o‘quv yili boshlangunga qadar O‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq | O‘MKXTM, Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, harbiy okruglar va qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari |
5. | Harbiy mavzular bo‘yicha maxsus o‘quv-metodik qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish, nashr etish, nomzodlarni oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlash uchun akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining kutubxona fondini lug‘atlar, ensiklopediyalar, ma’lumotnomalar, badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish. | 2017/2018 o‘quv yili | Mudofaa vazirligi, Harbiy okruglar, O‘MKHTM |
6. | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarni ZiyoNET tarmog‘iga ulash, o‘qituvchi va o‘quvchilarni ta’lim va o‘qitish tizimiga doir statistik, metodik ma’lumotlarni olishga, axborotlar bazasi va zamonaviy axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanishga imkoniyatlar yaratish. | 2017/2018 o‘quv yili | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘MKHTM, Mudofaa vazirligi |
7. | Maxsus guruhlarning har bir o‘quvchisini umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash. | Har yili 1-sentabrgacha | O‘MKHTM, Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar |
8. | Maxsus guruhlarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha maqsadli o‘qu�-metodik majmualarni va ularning elektron shakllarini yaratish. | Xar yili 1-sentabrgacha | O‘MKHTM, Mudofaa vazirligi |
9. | Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishni xohlovchi eng iqtidorli 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, umumta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirish va o‘quvchilarni keng xabardor qilish bo‘yicha ishlarni izchil va maqsadli amalga oshirish. | Har yili, o‘quv yili davomida | XTV, O‘MKHTM, Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar |
O‘quvchilarni tayyorlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, harbiy vatanparvarlik va jismoniy tarbiya bo‘yicha tadbirlar tashkil qilish | |||
10. | Maxsus guruhlarda dars berishga va tarbiyalash faoliyatiga pedagogik ish staji 5 yildan kam bo‘lmagan eng tajribali va malakali o‘qituvchilarni, jumladan harbiy xizmatchilar va safarbarlik zaxirasidan belgilangan tartibda jalb etish. | 2017-yil avgust | O‘MKHTM, Mudofaa vazirligi |
11. | Kadrlar tomonidan eng yuqori samarali murabbiylikni ta’minlash maqsadida chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha rahbar va o‘qituvchi lavozimiga harbiy xizmatchilar rezervi va safarbarlik zaxirasi tarkibidan tajribali va bilimdon, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida o‘qituvchilik lavozimida kamida 10 yil xizmat qilgan shaxslarni belgilangan tartibda tayinlash choralarini ko‘rish. | 2017/2018 o‘quv yilidan | O‘MKHTM, Mudofaa vazirligi |
12. | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy okruglarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha rahbar va o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik yig‘inlar tashkil etish va o‘tkazish. | 2018-yildan boshlab har yili | Harbiy okruglar qo‘mondonligi |
13. | Maxsus guruhlar o‘quvchilarining vaqtlarini oqilona tashkil etish maqsadida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari maxsus guruhlari uchun o‘zaro muvozanatli jismoniy, psixologik, ma’naviy-axloqiy rivojlanishni ta’minlovchi ilmiy asoslangan, yagona mazmunli kun tartibini ishlab chiqish va joriy etish. | 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab | O‘MKHTM, Mudofaa vazirligi |
14. | Yosh avlod muhitida oliy harbiy ta’lim muassasalarining faoliyati va umumiy harbiy xizmat to‘g‘risida obyektiv va ijobiy taassurotni shakllantirish, maxsus guruhlar o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadi, mazmuni va mohiyatini tushuntirishga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasini tashkil etish va o‘tkazish. | Har yili, o‘quv yili davomida | Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, harbiy okrug va qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, O‘MKHTM |
15. | Belgilangan normativlarga muvofiq, doimiy ravishda maxsus guruhlar o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini amalga oshirish. | 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab | O‘MKHTM, Mudofaa vazirligi |
16. | Harbiy akademik litseylarda kecha-kunduz tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish. | 2017/18 o‘quv yilidan boshlab | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi |
17. | Harbiy akademik litseylar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari maxsus guruhlarining o‘quvchilarining fan olimpiadalarida, kasblar bo‘yicha musobaqalarda, harbiy-sport musobaqalarida qatnashishga keng jalb etilishini ta’minlash. | Har yili, jadval asosida | O‘MKHTM |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.04.2017 yildagi 227-son
Кучга кириш санаси
01.05.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2019
|
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-sonli “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qarori bilan oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat deb ataladi) tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Harbiy akademik litseylar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maxsus guruhlariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maxsus guruhlari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
Harbiy akademik litseylar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari infratuzilmasini, ularning o‘quv va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
har bir bosqichda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha bittadan maxsus guruh (keyingi o‘rinlarda maxsus guruhlar deb ataladi) tashkil etiladi;
maxsus guruhlarda chuqurlashtirilib o‘tiladigan fanlardan amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari maxsus guruhlarni ikkita kichik guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi;
maxsus guruhlarda umumta’lim fanlarini chuqurlashtirib o‘tish bilan birga chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va jismoniy tarbiya fanlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ixtiyoridagi soatlar hisobidan 100 soatgacha qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari, shuningdek, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan to‘garaklar mashg‘ulotlari va qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi;
harbiy okruglar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda harbiy akademik litseylar, ro‘yxatga kiritilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yoshlarda oliy harbiy ta’lim muassasalari faoliyati hamda harbiy xizmat to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirishga, o‘quv dasturlarni ishlab chiqish hamda taalluqli fanlar bo‘yicha ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish va o‘tkazishda har tomonlama ko‘maklashsinlar;
ro‘yxatga kiritilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan maxsus guruhlarda o‘quv-metodik jarayonni tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda jihozlash normativlarini ikki oy muddatda “O‘zstandart” agentligi bilan hamkorlikda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 2017-yil 1-iyulga qadar, ro‘yxatga kiritilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari maxsus guruhlarining o‘quv rejalar va dasturlarini, shu jumladan “chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani o‘quv dasturini Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda harbiy akademik litseylar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirayotgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda harbiy akademik litseylar hamda ro‘yxatga kiritilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida yuqori sifatli o‘quv-tarbiya jarayonini ta’minlashda, shuningdek pedagoglar malakasini oshirishni tashkil etishda tizimli ravishda har tomonlama metodik va amaliy yordam ko‘rsatib borsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda “Maorif” sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar doirasida ushbu qaror ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ikki oy muddatda ta’minlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom umumiy ta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini (keyingi o‘rinlarda nomzod deb ataladi) harbiy akademik litseylarga hamda oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) maxsus guruhlariga tanlovni tashkil etish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ta’lim muassasalarga umumiy ta’lim maktablarini joriy yilda bitirgan, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bo‘lgan, sog‘lig‘i jihatidan o‘qishga yaroqli deb topilgan, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar o‘qishga qabul qilinadi.
3. Nomzodlar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga Ta’lim muassasasiga tanlovni va qabul qilishni tashkil etish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildi bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur materiallar va hisobotlarni tayyorlash har bir ta’lim muassasasida tashkil etiladigan maslahat markazi tomonidan ta’minlanadi.
4. Nomzodlarni ta’lim muassasalariga qabul qilish tanlov yo‘li bilan, teng huquqlilik va odillik tamoyillar asosida, qabul qilishning yagona tartibi va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
5. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar kontingentini sifatli va maqsadli butlash quyidagilarni o‘z ichiga oladigan bosqichma-bosqich kompleks tanlov amalga oshiriladi:
7. Maslahat markazi tarkibi har yili 25-maygacha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining (keyingi o‘rinlarda O‘MKHT Markazi deb ataladi) qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
8. Harbiy akademik litsey maslahat markazi raisi etib O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda O‘MKHT hududiy boshqarmasi deb ataladi), rais o‘rinbosari etib biriktirilgan oliy harbiy ta’lim muassasasining (keyingi o‘rinlarda OHTM deb ataladi) tavsiyasi asosida yuqori malakali va tajribali katta ofitserlar tarkibidan belgilanadi. Maslahat markazi tarkibiga shuningdek oliy ta’lim muassasasi va OHTMning ikki nafardan vakili, O‘MKHT hududiy boshqarmasining bir nafar vakili, ta’lim muassasasining ikki nafar vakili kiritiladi.
9. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kolleji maslahat markazi rahbari etib ularning direktorlari, rahbar o‘rinbosari etib harbiy okruglar qo‘mondonligi tavsiyasi asosida eng yuqori malakali va tajribali katta ofitserlar tarkibidagi shaxs tayinlanadi. Maslahat markazi tarkibiga shuningdek harbiy okrugning ikki nafardan, O‘MKHT hududiy boshqarmasining bir nafar, ta’lim muassasasining ikki nafar vakili kiritiladi.
nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini o‘rganish natijalari asosida test sinovlariga qo‘yilgan nomzodlar ro‘yxatlarini ularning yashash joylaridagi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
test sinovlari natijalari bo‘yicha harbiy akademik litseylarga, ta’lim muassasalarining maxsus guruhlariga birinchi o‘quv yil uchun nomzodlarni o‘qishga qabul qilish ro‘yxatini tayyorlash va buyruqqa kiritish uchun O‘MKHT Markaziga ularni taqdim etish;
nomzodlarni qabul qilish natijalari to‘g‘risida hisobotlar tayyorlash (maslahat markazi bayonnomalari, ta’lim muassasalari birinchi bosqichiga o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar ro‘yxati, test sinovlari natijalari bo‘yicha umumiy ro‘yxat) va O‘MKHT Markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga taqdim etish;
nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish masalalari bo‘yicha shikoyatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
11. Tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari va ota-onalar vakillari nomzodlarni qabul qilish jarayonida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
12. Ta’lim muassasasi direktori maslahat markazining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi.
13. Test sinovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonida tashkiliy ishlarni amalga oshirishda (guruhlar ro‘yxatlarini shakllantirish, tartib va intizom saqlash kabi ishlar) yordam berish uchun ta’lim muassasasi maslahat markazi rahbari tomonidan ta’lim muassasasi o‘qituvchilaridan vakillar jalb etilishi mumkin.
14. Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalarni topshirish muddati va maslahat markaziga taqdim etiladigan zarur hujjatlar ro‘yxatini O‘MKHT Markazi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi birgalikda belgilaydi.
15. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirib harbiy mutaxassislik olishni xohlagan shaxslarga nisbatan qo‘yilayotgan talablarga nomzodlarning sog‘lig‘i, individual-psixologik xususiyatlari va jismoniy tayyorgarligi jihatidan javob berishini, barqaror ichki e’tiqodga, yuksak intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega bo‘lgan nomzodlarni aniqlash dastlabki tanlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.
nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), ofitser kasbini tanlashining sabablarini, asoslarini aniqlash;
umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishini, sog‘lig‘ini va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va xolisona baholash;
17. Dastlabki tanlash nomzodlarning yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va boshqarmalarda o‘tkaziladi.
nomzodga nisbatan jinoiy ish yuritilganda, birlamchi tergov va surishtirish ishlari yuritilganda, sudda jinoiy ishi ko‘rib chiqilayotganda;
jazo choralari yoki amnistiya qo‘llanilishidan qat’i nazar, jinoyat sodir etilgani sababli ayblov e’lon qilinganda;
g) ta’lim muassasasiga kirayotgan nomzodning tibbiy xulosalar qayd etilgan tibbiy daftarchasi (kartasi);
e) tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi, mudofaa ishlari bo‘limlarida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;
z) psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, narkologik va odam immuniteti tanqisligi sindromiga (SPID) qarshi kurashish markazlaridan berilgan ma’lumotnoma, laboratoriya tekshirishlari natijalari (qon va peshobning umumiy tahlili, najasni gelmentologik tekshiruvi, ko‘krak qafasi flyuorografiyasi, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG), ultratovush tekshiruvi (UTT), endoskopik ezofagogastroeduodenoskopiya tekshiruvi (EFGDS) xulosalari) bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomalar;
i) nomzodga nisbatan jinoiy ish yuritilmaganligi, birlamchi tergov va surishtirish ishlari yuritilmaganligi, sudda nomzodga nisbatan jinoiy ish ko‘rib chiqilmayotganligi, jazo choralari va amnistiya qo‘llanilishidan qat’i nazar jinoyat sodir etilgani sababli ayblov e’lon qilinganligi, nomzodning ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olinmaganligi holatlarini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
20. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash talablariga javob beruvchi, ta’lim muassasalariga tanlovsiz qabul qilinish huquqiga ega bo‘lgan ayrim toifadagi nomzodlar qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) tegishli ixtisos fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar va respublika fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari O‘MKHT Markazining belgilangan namunadagi guvohnomalari;
b) o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari:
mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan bolalarni ta’lim muassasasiga tanlovdan tashqari qabul qilish to‘g‘risidagi tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining iltimosnomasi;
vazifasini o‘tash davrida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi, huquqni muhofaza qilish organlari xodimining vafoti to‘g‘risida xizmat tekshiruvi (ma’muriy tekshiruv) xulosasining nusxasi;
tegishli harbiy qism yoki muassasa, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarining buyrug‘idan ko‘chirma;
21. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki pasport, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risida guvohnoma, o‘qishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning (20-bandda ko‘rsatilgan nomzodlar toifasi uchun) asl nusxalari nomzodlar tomonidan tegishli ta’lim muassasasiga kelganda maslahat markaziga shaxsan taqdim etiladi.
22. Har yili aprel oyida o‘tkaziladigan dastlabki tanlash davomida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
23. Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish, uning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ma’rifiy fazilatlarini baholash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Nomzodlarning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-axloqiy fazilatlarini aniqlashda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni tushunishi;
24. Nomzodlar bilan yakka tartibdagi suhbat mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va boshqarmalar boshliqlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmalari vakillarini jalb etgan holda tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat nomzodlar to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni aniqlashtirish (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), harbiy kasbni tanlashining sabablarini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra ta’lim muassasasiga kirish tavsiya etilmagan nomzodlar Dastlabki tanlashning keyingi bosqichlariga jalb etilmaydi.
26. Nomzodlarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda tashkil etilgan tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha nomzodning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra OHTMda o‘qishga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
27. Sog‘lig‘i jihatidan OHTMda o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar harbiy-kasbiy tanlovga qo‘yilmaydi.
28. Dastlabki tanlash natijalariga ko‘ra ta’lim muassasasida o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarga har yili 30-aprelgacha taqdim etiladi.
29. O‘zining psixofiziologik xususiyatlariga va sog‘lig‘iga ko‘ra harbiy mutaxassislikning zamonaviy talablariga javob beradigan, ofitser kasbini egallashning asoslariga, yetakchilik sifatlariga, ichki e’tiqodiga, mustahkam ma’naviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan nomzodlarni aniqlash harbiy-kasbiy tanlashning asosiy maqsadi hisoblanadi.
yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish va nomzodni test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilish.
31. Harbiy-kasbiy tanlash nomzodning yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarda amalga oshiriladi.
32. Hujjatlarni o‘rganishda nomzod to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
33. Nomzodlarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri va Sog‘liqni saqlash vazirining qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaxassislaridan shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi.
34. Yakuniy tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘MKHT Markazining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan harbiy akademik litseylar va ta’lim muassasalarining maxsus guruhlariga kirayotgan nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga asosan o‘tkaziladi.
35. Yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha sog‘lig‘iga ko‘ra nomzodning ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqliligi darajasi to‘g‘risida qaror chiqariladi.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra ta’lim muassasasida o‘qishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar tanlashning keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.
36. Nomzodlarning savodxonlik darajasi (orfografiya, punktuatsiya) diktant yozish yo‘li bilan aniqlanadi.
Diktantni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘MKHT Markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
37. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish psixologik test sinovlari orqali, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda harbiy okruglar tomonidan o‘tkaziladi. Psixologik test sinovlarini o‘tkazish tartibi va psixologik testlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘MKHT Markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
Psixofiziologik xususiyatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra tanlashdan o‘ta olmagan nomzodlar tanlashning keyingi bosqichlariga qo‘yilmaydi.
39. Nomzodlarning jismoniy tayyorlanganlik darajasi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan aniqlanadi.
Jismoniy tayyorlanganlik darajasi bo‘yicha belgilangan talabga javob bermaydigan nomzodlar tanlashning keyingi bosqichlariga qo‘yilmaydi.
40. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning OHTM o‘qishga kirishi sababini, yetakchilik sifatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim kasbiy fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika bo‘yicha psixofiziologik o‘rganish va diktant yozish natijalari asosida o‘tkaziladi.
41. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegiallik tamoyillari bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.
42. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni o‘tkazish metodikasi OHTMlari ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘MKHT Markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
43. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo‘yicha nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo‘yish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
44. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi (va boshqa hujjatlar) dalolatnoma bo‘yicha O‘MKHT hududiy boshqarmalari vakillari orqali nomzodlarni keyinchalik yashash joylaridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olish uchun yuboriladi.
45. Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan nomzodlarning rasmiylashtirilgan shaxsiy hujjatlari yig‘majildi mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan ta’lim muassasalarining maslahat markazlariga 20-iyungacha yuboriladi.
46. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildini ta’lim muassasalarining maslahat markazlariga ushbu maqsadlar uchun vakolatga ega bo‘lmagan boshqa shaxslar orqali yuborish qat’iyan man etiladi.
47. Test sinovlarida qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar tomonidan ma’lumotnoma beriladi. Ushbu ma’lumotnoma umumiy ta’lim maktabidan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnomani olish uchun asos bo‘ladi.
48. Ta’lim muassasalari maslahat markaziga taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini o‘rganish natijasida test sinovlarida qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlar ro‘yxatlarini mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarga yetkazish mas’uliyati yuklanadi.
49. Nomzodlarning test sinovlarida qatnashish uchun nomzodlarning ta’lim muassasalariga o‘z vaqtida yetib kelishlarini ta’minlash mas’uliyati mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
50. Nomzodlarni ta’lim muassasalariga kelib-ketishi, test sinovlariga tayyorlanish va ularni topshirish davrida yashashi, ovqatlanishi bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar ularning ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchilar hisobidan qoplanadi.
51. Test sinovlari belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
52. Test sinovlari o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodlar test sinovlarini o‘zlarining tanlovi bo‘yicha uchta: davlat tili, rus tili va qoraqalpoq tillarining birida topshiradilar.
53. Test sinovlari natijalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli ta’lim muassasasi maslahat markaziga taqdim etiladi.
54. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari o‘tkazilmaydi.
55. Ta’lim muassasalariga qabul qilinmagan (tanlashdan o‘tmagan) nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi (va boshqa hujjatlar) dalolatnomaga asosan O‘MKHT hududiy boshqarmalari vakillariga nomzodlarni keyinchalik yashash joylaridagi boshqa akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olish uchun beriladi.
56. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq boshlang‘ich va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan quyidagi nomzodlar ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari va test sinovlarisiz qabul qilinadi:
tegishli ixtisos fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar va fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar va musobaqalarda g‘olib bo‘lib, O‘MKHT Markazining belgilangan namunadagi guvohnomasiga ega bo‘lganlar;
o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari — tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining iltimosnomasi mavjud bo‘lganda.
57. Ta’lim muassasalariga qabul qilish belgilangan tartibda belgilanadigan qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi.
58. Nomzodlarni ta’lim muassasalari o‘quvchilari safiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi.
59. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan o‘tgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam bo‘lgan taqdirda test sinovlari o‘tkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
60. Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan holatlarda ular ta’lim muassasasiga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
61. Test natijalari kelganidan so‘ng ta’lim muassasasining maslahat markazi qabul qilingan nomzodlarning ro‘yxatini tuzadi hamda birinchi bosqichga qabul qilish to‘g‘risidagi bayonni rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar maslahat markazi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va ta’lim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.
62. Maslahat markazi bayoni nomzodlarni ta’lim muassasasiga o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruqni qabul qilishga asos bo‘ladi.
63. Ta’lim muassasalari o‘quvchilarini o‘quvchilar safidan chiqarish va boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
64. Mazkur Nizomni qo‘llash bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qaroriga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) maxsus o‘quv guruhlarining (keyingi o‘rinlarda maxsus guruhlar deb ataladi) maqsadi, vazifalari, funksiyalari, maqomi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Maxsus guruhlarda ta’lim jarayoni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlariga muvofiq, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan, o‘quvchilarni harbiy-kasbiy yo‘naltirishni hamda ularning keyinchalik oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishini nazarda tutadigan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
3. O‘quvchilarni chuqurlashtirilgan kasbiy, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual rivojlanishini, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini ta’minlash maxsus guruhlar faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
o‘quvchilarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq sifatli o‘qitishni tashkil etish;
yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak fuqarolik hamda demokratiya, mustaqillik g‘oyalariga, o‘z xalqining ma’naviy va tarixiy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash;
o‘quvchilarga qonunchilikni to‘g‘ri tushunishni va ularga ongli rioya qilishni ta’minlaydigan yuksak madaniyatni, ko‘nikmalarni, faol ijtimoiy-fuqarolik xulq-atvorni singdirish;
o‘quvchilarning tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishlari uchun zarur va yetarli bo‘lgan, chuqurlashtirilgan nazariy va kasbiy tayyorgarligini ta’minlash;
6. O‘quv rejasi, o‘quv jarayoni jadvali, auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlar, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib, ta’lim muassasalarining o‘ziga xosligi hisobga olingan holda belgilanadi.
7. O‘quvchilarni tarbiyalash va o‘qitish jarayonida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazishning turli zamonaviy shakllari va usullaridan, jumladan o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlari hamda o‘quvchilarni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash tadbirlaridan foydalaniladi.
8. O‘qitish, mehnat qilish, dam olish va turli tadbirlarni qo‘shib olib borishning tibbiy-pedagogik asoslanishini ta’minlaydigan kun tartibi o‘quvchilarning harbiy akademik litseyda kecha-kunduz bo‘lishini hisobga olgan holda tuziladi va Pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlanadi.
9. O‘qish tamom bo‘lgandan keyin har bir bosqichda reyting nazorati va attestatsiya natijalari bo‘yicha maxsus guruh o‘quvchilarini maxsus guruh tarkibida navbatdagi bosqichga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
10. Attestatsiya va reyting nazorati bo‘yicha qoniqarsiz natijalar ko‘rsatgan maxsus guruh o‘quvchilari ta’lim muassasasining umumiy guruhlarida o‘qishini davom ettirish uchun keyingi bosqichga o‘tkaziladi.
11. O‘quvchilarning bosqichdan-bosqichga o‘tishi ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
12. Maxsus guruhlar o‘quvchilarining huquq va majburiyatlari oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining umumiy guruhlari o‘quvchilari huquq va majburiyatlari bilan bir xil bo‘lib, ta’lim muassasasining tegishli tartibda tasdiqlangan ustavi bilan belgilanadi.
13. Maxsus guruhlarga o‘qishga qabul qilingan shaxslar o‘quvchilar deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi o‘quvchi bileti va fanlarni o‘zlashtirish daftarchasi beriladi.
14. Maxsus guruhlar o‘quvchilarini o‘quvchilar safidan chiqarish va o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Maxsus guruhlarda o‘qish muddati — uch yil. Maxsus guruhlarda o‘quvchilar soni har bir bosqichda 26 nafardan, uch bosqichda 78 nafardan oshmasligi lozim.
16. O‘quv rejasi va o‘quv dasturlari talablarini to‘liq bajargan maxsus guruh o‘quvchilari yakuniy davlat attestatsiyasiga qo‘yiladi.
17. Ta’lim muassasalarining maxsus guruhlarida o‘qishni yakunlagan bitiruvchilarga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
18. Oliy ma’lumotli, ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘yiladigan malaka talablariga javob beruvchi, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar maxsus guruhlarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
19. Maxsus guruhlarda dars berayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Ta’lim muassasasining rahbariyati o‘quvchilarning qonun hujjatlarida belgilangan o‘qish, mehnat qilish va dam olish sharoitlariga rioya etishi yuzasidan javob beradi.
21. Direktor maxsus guruhlar faoliyatini nazorat qiladi, o‘quvchilarning sifatli o‘qitilishi va tarbiyalanishi, o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishi, maxsus guruhlarning o‘quv-metodik va moliya-xo‘jalik faoliyatining zarur darajada amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi, maxsus guruhlar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartib asosida buyruqlar chiqaradi.
22. Ta’lim muassasasining Pedagogik kengashi maxsus guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
23. Ta’lim muassasasining rahbariyati pedagog va muhandis-pedagoglarning pedagogik, kasbiy va psixologik mahoratlarini muntazam ravishda takomillashtirish hamda ularning malakalarini oshirish va qayta tayyorlash uchun mas’uldirlar.
24. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlariga muvofiq maxsus guruhlarning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim dasturlariga hamda o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish;
o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ishlab chiqish, nashr etishni hamda maxsus guruhlarni ular bilan ta’minlashni tashkil etish;
o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni ta’minlaydigan kompleks ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda o‘quvchilarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda kasbga yo‘naltirish va oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlash, ularda maxsus guruhdagi o‘qitish yo‘nalishlariga muvofiq kiritilgan maxsus fanlar bo‘yicha kasbiy mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish;
harbiy akademik litseylarga birkitilgan oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlik qilishni tashkil etish va nazorat qilish, birkitilgan oliy ta’lim muassasalarining maxsus guruhlar o‘quvchilarini oliy harbiy ta’lim muassasalariga sifatli tayyorlashdagi roli va mas’uliyatini oshirish, shuningdek bevosita ishtirokini ta’minlash;
maxsus guruhlarning o‘quv-moddiy bazasini o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, kompyuter texnikasi va tegishli o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;
maxsus guruhlarning ma’muriy, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini, shuningdek moddiy-texnik ta’minotini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda, harbiy mavzudagi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim dasturlariga va o‘quv jarayoniga joriy etishda zarur yordam ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqirishgacha dastlabki tayyorlash dasturiga muvofiq maxsus guruhlarni harbiy-muhandislik asbob-uskunalari va kimyoviy muhofaza vositalari, harbiy mavzudagi o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ta’minlashda belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish;
maxsus guruhlar o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalari va serjantlar tayyorlash maktablari bazalarida taktik, o‘q otish, maxsus tayyorgarlik bo‘yicha (shu jumladan dala sharoitlarida ham) amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashish;
maxsus guruhlar o‘qituvchilarini samarali kasbiy yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarini harbiy qismlarga, mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga biriktirish, oliy harbiy ta’lim muassasalariga, serjantlar tayyorlash maktablariga, harbiy qismlarga va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining malaka oshirish muassasalariga borishlarini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining malaka oshirish muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha rahbarlar va pedagog kadrlarning malakasini oshirishni tashkil etish va o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga qadar dastlabki tayyorlash dasturini takomillashtirish;
o‘qishga qabul qilish komissiyalari va maxsus guruhlar bitiruvchilarining davlat yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish komissiyalari ishida qatnashish.
26. Ta’lim muassasalariga birkitilgan oliy harbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim dasturlariga va o‘quv jarayoniga joriy etishda zarur ilmiy-metodik yordam ko‘rsatadilar, shuningdek o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirishni, sifatli tanlashni va pedagog kadrlar malakasini oshirishning samarali tashkil etilishini ta’minlaydilar.
27. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiladilar.
28. Ta’lim muassasalari, jumladan maxsus guruhlar faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va ta’lim muassasasining ustavdagi vazifalariga muvofiq bo‘lgan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
29. Moliyaviy mablag‘lar ta’lim muassasalari tasarrufida bo‘ladi hamda ulardan qonun hujjatlariga va ularning ustaviga muvofiq foydalaniladi.
30. Ta’lim muassasalarining, jumladan maxsus guruhlarning o‘quv-laboratoriyalarini, kabinetlarini va boshqa obyektlarini jihozlash O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonini moddiy-texnik ta’minlashning namunaviy normativlarida belgilanadi.
31. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.