Ishsizlarni va vaqtincha band bo‘lmagan aholini, shu jumladan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasb-hunarga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
grant yordami ajratish to‘g‘risida 2014-yil 5-avgustdagi Hadli bitimga muvofiq Koreya Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga “Shahrisabz shahrida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish va O‘zbekistonda kasbga o‘qitish salohiyatini oshirish bo‘yicha konsalting loyihasi (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) uchun 8,5 mln AQSh dollari miqdorida grant (keyingi o‘rinlarda grant deb ataladi) berishi;
loyiha doirasida Shahrisabz shahrida 60 o‘rinli yotoqxonasi bilan quvvati 240 o‘quvchi o‘rniga teng bo‘lgan Kasb-hunarga o‘qitish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi), tashkil etilishi nazarda tutilganligi;
Markazni (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) tashkil etish uchun Shahrisabz shahridagi sobiq “Hujum” fabrikasining ma’muriy va ishlab chiqarish binolari ajratilganligi, qurilish uchun yer uchastkasini tayyorlash ta’minlanganligi va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganligi;
grant mablag‘lari hisobiga chetdan olib kelinadigan va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar, shu jumladan avtotransport vositalari, ishlar (xizmatlar)ning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari), shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi;
loyihani amalga oshirish doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi ofisi (keyingi o‘rinlarda KOICAning O‘zbekistondagi ofisi deb ataladi) obyekt qurilishining buyurtmachisi hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, Markaz davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va bevosita Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga bo‘ysunadi, umumiy o‘quv-metodik rahbarlik esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda)
ishsizlarni va vaqtincha band bo‘lmagan aholini, shu jumladan kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni bitirgan doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslarni o‘qitish muddati 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bepul kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish: metallga ishlov berish va chilangarlik (payvandlovchilar, chilangarlar va metallga ishlov berish mutaxassislari), elektr va elektronika (elektron va maishiy texnikani, radio va teleapparaturalarni ta’mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari), axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash), yigiruv ishlab chiqarishi texnologiyasi (yigiruv-to‘quv uskunasi operatori va boshqalar) va tikuv jarayoni texnologiyalari (keng assortimentdagi tayyor kiyimlar konstruktorlari, tikuv uskunasi operatorlari va boshqalar);
mehnat organlarida ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan, ish izlayotgan shaxslarni, shuningdek ish beruvchilarning buyurtmanomalari bo‘yicha — xodimlarni, har yili o‘qitiladiganlar sonining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda, O‘zbekiston mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga to‘lov asosida qisqa muddatli o‘qitishni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, Markazning ta’minoti, ishsizlarni va vaqtincha band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek import qilinadigan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni va avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Markazning rahbarlari, o‘qituvchilari, ustalari va boshqa xodimlariga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan o‘quvchilarga bevosita Markazda bepul o‘qigan davrida O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga stipendiya to‘lanadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
tashkilotlar o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlaydigan haq to‘lanadigan ish joylari taqdim etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning o‘qituvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga aniq miqdori Markaz rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi mablag‘laridan 40 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash to‘g‘risidagi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
pulli qisqa muddatli kurslar tashkil etishdan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan Markazni moddiy-texnik rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Markazni rivojlantirish jamg‘armasi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda Markaz ustavini hamda Markaz ishida qo‘llanadigan zarur o‘quv-metodik dasturlar va materiallar;
Markazni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan foyda normativini belgilashni hisobga olgan holda, qisqa muddatli o‘qitish bo‘yicha pulli xizmatlarning qiymatini shakllantirish metodikasini aniqlashni nazarda tutuvchi Markazni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining belgilangan pedagogik va o‘quv-ishlab chiqarish yuklamalaridan kelib chiqqan holda Markazning shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga grantga hisob-kitob xizmati ko‘rsatish yuklansin.
“O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda Markaz qurilishi uchun ajratilgan maydonda joylashgan eski elektr transformatorini quvvati kamida 1000 kVA bo‘lgan yangisiga almashtirilishini hamda quvvati aynan shunday bo‘lgan zaxira transformatori o‘rnatilishini;
obyektga tutash hududni obodonlashtirishni (asfaltlash, piyodalar uchun yo‘laklar tashkil etish, ko‘kalamzorlashtirish va boshqalar), shuningdek kommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazilishini (elektr, isitish tizimi, ichimlik suv, kanalizatsiya, telefon aloqasi va boshqalar) ta’minlasin.
11. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ loyiha doirasida Markazning qurilishi va jihozlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kelinadigan tovarlarni temir yo‘l stansiyalarida saqlash va yuklash-tushirish ishlarining to‘lov undirilmasdan bajarilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda ko‘p martalik kirish vizalari berilishini konsullik va boshqa yig‘imlar undirmasdan ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda ko‘p martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirmasdan ta’minlasin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasiga loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda)