16.03.2017 yildagi PQ-2838-son
Hujjat 22.03.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-martdagi PF-4985-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Chora-tadbirlar dasturi quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan:
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Summasi

Moliyalashtirish manbalari

Bajaruvchilar

I. Fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, tez tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish

1.

Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

Tez tibbiy yordam xizmati to‘g‘risida nizom;

jihozlash tabellari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash normativlari;

tez tibbiy yordam xizmatini ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan ta’minlash normativlari, undan foydalanish va hisobdan chiqarishning cheklangan muddatlari.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil III chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

Muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlarning kompleks rejasi, shu jumladan yagona axborot bazasi va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish, Muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining hududlarning davlat kadastri resurslarini o‘z ichiga oladigan milliy geomakon ma’lumotlardan foydalanishini ta’minlash;

Muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘ztransgaz” AKning shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kom-munikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

IIV,

FVV,

“O‘ztransgaz” AK, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari va tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun statistika hisobotining yagona elektron shaklini yaratish.

Kompleks chora- tadbirlar

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona standartlarini tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

5.

Ixtisoslashtirilgan va umumiy tarmoqli ko‘chma brigadalar hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qiluvchi brigadalar uchun tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona standartlaridan kelib chiqib klinik protokollarni tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil IV chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

II. Tez tibbiy yordam xizmatining tezkorligini, sifatini va undan foydalanish darajasini oshirish

6.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari va tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona standartlarini joriy etish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

7.

Tez tibbiy yordam xizmatining dispetcherlari uchun chaqiriqlarni qabul qilish protokollarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

8.

Tez tibbiy yordam xizmatining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari bilan samarali o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini joriy etish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

9.

Shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali axborot-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini keng yoritish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimo

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi,
MTRK

III. Tez tibbiy yordam xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda mahalliy va ilg‘or xorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini milliy amaliyotga joriy etish, shoshilinch tibbiyot tizimini tashkil etish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish

10.

Xalqaro tajribani hisobga olgan holda “tez tibbiy yordam” fani bo‘yicha oliy tibbiyot ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

O‘quv dasturlari

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

11.

“Tez tibbiy yordam” yo‘nalishini ishlab chiqish va klinik ordinaturaning o‘quv dasturlariga joriy etish.

Klinik ordinaturada yo‘nalish tashkil etish

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.

Jahon standartlari asosida tez tibbiy yordam vrachlarini professional tayyorlash darajasini yaxshilashni nazarda tutuvchi ularning malakasini oshirish tizimining o‘quv dasturlarini takomillashtirish.

Yangilangan o‘quv dasturlari

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

13.

Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmati dispetcherlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

14.

Xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlarining uzluksiz tibbiy ta’limi tizimini takomillashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil III chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

15.

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqqan holda “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida har yilgi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

Tadbirlar rejasi

Har yili

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

16.

Mahalliy va ilg‘or xorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini o‘rganish va profilaktika, diagnostika va davolash usullari va texnologiyalari samaradorligini kuchaytirish va oshirish maqsadida shoshilinch tibbiyot sohasiga keng joriy etish.

Tadbirlar rejasi

2017-yil IV chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

IV. Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uning amaliyotiga zamonaviy ilmiy-texnik vositalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

17.

Tasdiqlangan normativlarga muvofiq tez tibbiy yordamning ko‘chma brigadalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan ushbu maqsadlar uchun ularning hajmini 2017-yilda 2016-yildagiga qaraganda kamida 2 baravar ko‘paytirish.

Har yili tasdiqlanadigan smeta xarajatlari

2017 — 2020-yillar

Shu jumladan

2017-yil

49 393,0 mln so‘m

8 516,2 mln so‘m

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

18.

2017-2020-yillarda:

240 ta obyektni mukammal ta’mirlash;

369 ta obyektni joriy ta’mirlash yo‘li bilan te� tibbiy yordam xizmati binolari va xonalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

Manzilli ro‘yxatlar

2017 — 2019-yillar

12 000,0 mln so‘m

7 380,0 mln so‘m

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

1200 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport, shu jumladan:

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida Jahon banki mablag‘lari hisobiga 231 ta;

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobiga 619 ta;

Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 50 ta;

150 ta (eskirgan avtomashinalarni sotishdan);

grant va donorlik mablag‘lari hisobiga 150 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport sotib olish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmatining (shu jumladan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining) avtoparkini yangilash.

Ixtisoslashtirilgan avtotransportning texnik tavsifini tasdiqlash

2017-yil

6 525,8 ming AQSh dollari

21 479,3 mln so‘m

1 735,0 mln so‘m

5 205,0 mln so‘m

4 237,5 ming AQSh dollari

Jahon banki

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari

Davlat budjeti mablag‘lari

Budjetdan tashqari mablag‘lar

Xalqaro moliyaviy institutlar va donorlar grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,
“O‘zavtosanoat” AK

20.

Tez tibbiy yordam xizmatining 420 ta ixtisoslashtirilgan avtotransportini mukammal ta’mirlash.

Ixtisoslashtirilgan avtotransportni mukammal ta’mirlash

2018 — 2020-yillar

4 200,0 mln so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

21.

Tez tibbiy yordam xizmatining 465 ta ixtisoslashtirilgan avtotransportini tibbiy uskunalar komplektlari bilan jihozlash (to‘liq jihozlash).

Tibbiyot asbob-uskunalarining texnik tavsifini tasdiqlash

2017 — 2020-yillar

16 871,4 mln so‘m

4 848,5 ming AQSh dollari

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari

Jahon banki

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida

Sog‘l�qni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

22.

Tezkor boshqarishni, ko‘chma brigadalar faoliyatini muvofiqlashtirishni, axborotni qabul qilish va uni qayta ishlashni, shuningdek Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘ztransgaz” AKning shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni nazarda tutuvchi tez tibbiy yordam xizmati uchun axborot tizimini va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini yaratish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil I chorak

12 000,0 mln so‘m

3 000,0 mln so‘m

1 500,0 ming AQSh dollari

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Xalqaro moliyaviy institutlar va xalqaro donorlar kreditlari va grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

IIV
FVV,

“O‘ztransgaz” AK

23.

Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ishi samaradorligini ta’minlash maqsadida tez tibbiy yordam stansiyalari va kichik stansiyalarini, shuningdek tez tibbiy yordamning ixtisoslashtirilgan avtotransporti va brigadalarini kompyuter va telekommunikatsiya uskunalari, aloqa vositalari va GPS-kuzatish bilan jihozlash, shuningdek respublikaning butun hududi bo‘yicha tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishning yagona telefon raqami uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Tadbirlar rejasi

2017 — 2020-yillar

15 510,0 ming AQSh dollari

Xalqaro moliyaviy institutlar va donorlar kreditlari va grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.