Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 6-oktabr,
593-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 10-son, 311-modda)