O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Muqaddimadan “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 15-son, 197-modda)” va “(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 46-son, 604-modda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.