Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Mazkur O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzishning yagona tartibini belgilaydi.
moliyaviy hisobot Buxgalteriya hisobining milliy standartlari va Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish qoidalarida (ro‘yxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) nazarda tutilgan barcha ma’lumotlarni ochib bermaganda;
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan holatlarda izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik xulosasi mazkur Standartning 3 yoki 4-ilovalariga muvofiq shaklda tuziladi.
mazkur Standartning 50-55-bandlariga muvofiq tartibda, alohida maxsus qismni kiritishi shart va u auditorlik tashkilotining fikrini ifodalovchi yakuniy qismdan oldin joylashtiriladi;
mazkur Standartning 56-61-bandlariga muvofiq tartibda qo‘shimcha tushuntirish qismini kiritishi mumkin va u auditorlik tashkilotining fikrini ifodalovchi auditorlik xulosasining yakuniy qismidan keyin joylashtiriladi.

NAMUNA

Ijobiy fikr bildirilgan
AUDITORLIK XULOSASI

____________________________________________________________________________________________
(adresat)

Men (biz), ___________________________________________________________________________________

(70-son AFMSning 44-bandiga muvofiq auditorlik tashkilotining nomi va uning rekvizitlari)

auditorlik tashkilotining auditori (auditorlari)___________________________________________________

(auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining berilgan sanasi va raqami)

tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt_________________________________________________________ning

(auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

______________________________________________________________________________________iborat

(moliyaviy hisobot shakllarining ro‘yxati)

______________yil (sana va hisobot davri ko‘rsatilgan holda) holatidagi moliyaviy hisobotining ishonchliligini majburiy (tashabbus tarzidagi) auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining javobgarligi

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir.

Auditorlik tashkilotining javobgarligi

Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat.
Biz “XXX” tashkilotining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgal�eriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat.
Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi.
Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi davomida olingan auditorlik dalillari moliyaviy hisobot ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarlicha asoslar beradi deb hisoblaymiz.

Ijobiy fikr

Bizning fikrimizcha xo‘jalik yurituvchi subyekt_________________________________________________ning

(xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

20XX yil 31-dekabr holatidagi moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha uning moliyaviy holatini va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini haqqoniy aks ettiradi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq keladi.
Auditorlik tashkiloti rahbari __________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Auditor (auditorlar)_________________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Xulosa tuzilgan sanaM.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)

NAMUNA

Salbiy fikr bildirilgan
AUDITORLIK XULOSASI

____________________________________________________________________________________________
(adresat)

Men (biz), ___________________________________________________________________________________

(70-son AFMSning 44-bandiga muvofiq auditorlik tashkilotining nomi va uning rekvizitlari)

auditorlik tashkilotining auditori(auditorlari)___________________________________________________

(auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining berilgan sanasi va raqami)

tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt_________________________________________________________ning

(auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

______________________________________________________________________________________iborat

(moliyaviy hisobot shakllarining ro‘yxati)

______________yil (sana va hisobot davri ko‘rsatilgan holda) holatidagi moliyaviy hisobotining ishonchliligini majburiy (tashabbus tarzidagi) auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining javobgarligi

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir.

Auditorlik tashkilotining javobgarligi

Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat.
Biz “XXX” tashkilotining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat.
Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi.
Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi davomida olingan auditorlik dalillari moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarlicha asos bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, maxsus qismda qayd etilgan salbiy fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta’minlovchi yetarlicha auditorlik dalillari mavjud.

Salbiy fikr bildirish uchun asos

Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan XXX mln so‘m noto‘g‘ri ravishda xarajatlarga o‘tkazilgan, bu esa buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hisoblanadi va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini ahamiyatli darajada buzib ko‘rsatilishiga olib keladi.

Salbiy fikr

Bizning fikrimizcha salbiy fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan qayd etilgan vaziyatlarning muhimliligi natijasida “XXX” tashkilotining 20XX yil ________ h�latidagi moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini va moliyaviy holatini haqqoniy aks ettirmaydi.

Auditorlik tashkiloti rahbari __________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Auditor (auditorlar)_________________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Xulosa tuzilgan sanaM.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)

NAMUNA

Izohlar bilan fikr bildirilgan
AUDITORLIK XULOSASI

(agar auditorlik tashkiloti zarur darajadagi auditorlik dalillarini olib, aniqlangan buzib ko‘rsatishlarning alohida yoxud birgalikdagi ta’siri muhim hisoblanishi bilan birga, moliyaviy hisobotning aksariyat ahamiyatli elementlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelgan hollarda)

____________________________________________________________________________________________
(adresat)

Men (biz), ___________________________________________________________________________________

(70-son AFMSning 44-bandiga muvofiq auditorlik tashkilotining nomi va uning rekvizitlari)

auditorlik tashkilotining auditori(auditorlari)___________________________________________________

(auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining berilgan sanasi va raqami)

tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt_________________________________________________________ning

(auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

______________________________________________________________________________________iborat

(moliyaviy hisobot shakllarining ro‘yxati)

______________yil (sana va hisobot davri ko‘rsatilgan holda) holatidagi moliyaviy hisobotining ishonchliligini majburiy (tashabbus tarzidagi) auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining javobgarligi

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir.

Auditorlik tashkilotining javobgarligi

Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat.
Biz “XXX” tashkilotining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat.
Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi.
Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi davomida olingan auditorlik dalillar moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarlicha asos bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, maxsus qismda qayd etilgan izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta’minlovchi yetarlicha auditorlik dalillari mavjud.

Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos

20XX yil 31-dekabr holatiga ko‘ra miqdori XXX ming so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish uskunasining qiymati buxgalteriya balansining “Asosiy vosita�ar” moddasi bo‘yicha aks ettirilmagan. Buning oqibatida, mos ravishda 20XX yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, mol yetkazib beruvchi oldidagi XXX ming so‘mlik kreditorlik qarzi buxgalteriya balansining “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlik” moddasida aks ettirilmagan.Umuman olganda, ushbu summa moliyaviy hisobotdagi buzib ko‘rsatishlarning ta’sirini baholash uchun o‘rnatilgan muhimlilik darajasidan oshmaydi.

Izohlar bilan fikr bildirish

Bizning fikrimizcha, izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan bayon etilgan vaziyatlarning moliyaviy hisobotga ta’siridan tashqari, “XXX” tashkilotining 20XX yil 31-dekabr holatidagi moliyaviy hisoboti buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini va moliyaviy holatini haqqoniy aks ettiradi.

Auditorlik tashkiloti rahbari __________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Auditor (auditorlar)_________________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Xulosa tuzilgan sanaM.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)

NAMUNA

Izohlar bilan fikr bildirilgan
AUDITORLIK XULOSASI

(agar auditorlik tashkiloti zarur darajadagi auditorlik dalillarini olib, aniqlangan buzib ko‘rsatishlarning alohida yoxud birgalikdagi ta’siri muhim hisoblanishi bilan birga, moliyaviy hisobotning aksariyat ahamiyatli elementlariga ta’sir qilmaydi degan xulosaga kelgan hollarda)

____________________________________________________________________________________________
(adresat)

Men (biz), ___________________________________________________________________________________

(70-son AFMSning 44-bandiga muvofiq auditorlik tashkilotining nomi va uning rekvizitlari)

auditorlik tashkilotining auditori(auditorlari)___________________________________________________

(auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining berilgan sanasi va raqami)

tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt_________________________________________________________ning

(auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

______________________________________________________________________________________iborat

(moliyaviy hisobot shakllarining ro‘yxati)

______________yil (sana va hisobot davri ko‘rsatilgan holda) holatidagi moliyaviy hisobotining ishonchliligini majburiy (tashabbus tarzidagi) auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining javobgarligi

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir.

Auditorlik tashkilotining javobgarligi

Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat.
Biz “XXX” tashkilotining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat.
Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi.
Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi davomida olingan auditorlik dalillari moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarlicha asos bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, maxsus qismda qayd etilgan izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta’minlovchi yetarlicha auditorlik dalillari mavjud.

Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos

“UUU” tashkilot�ning “ZZZ” chet el qaram korxonasiga qo‘yilmalari, buxgalteriya balansida 20XX yil 31-dekabr holati bo‘yicha XXX so‘m miqdorida ulushli ishtirok etish usuli bilan hisobga olinib ko‘rsatilgan, hamda “UUU” tashkilotining “ZZZ”korxonasi sof foydasidagi ulushi XXX so‘m miqdorida shu sanada yakunlanadigan yil bo‘yicha “UUU”ning foydasiga kiritilgan. Biz 20XX 31-dekabr holatiga ko‘ra “UUU” ning “ZZZ” chet el qaram korxonasidagi qo‘yilmalarining balans qiymati va “UUU”ning “ZZZ” qaram korxonasining sof foydasidagi ulushi yuzasidan yetarlicha zarur darajadagi auditorlik dalillarini ololmadik, chunki bizga moliyaviy axborotlardan foydalanishga ruxsat berilmadi. Buning oqibatida, bizda ushbu summalarga qandaydir tuzatishlar kiritish kerakligi yoki kerak emasligini aniqlash imkoniyati bo‘lmadi.

Izohlar bilan fikr bildirish

Bizning fikrimizcha, izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan bayon etilgan vaziyatlarning moliyaviy hisobotga ta’siridan tashqari, “UUU” tashkilotining 20XX yil 31-dekabr holatidagi moliyaviy hisoboti buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini va moliyaviy holatini haqqoniy aks ettiradi.

Auditorlik tashkiloti rahbari __________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Auditor (auditorlar)_________________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Xulosa tuzilgan sanaM.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)

NAMUNA

Fikr bildirish rad etilgan
AUDITORLIK XULOSASI

____________________________________________________________________________________________
(adresat)

Men (biz), ___________________________________________________________________________________

(70-son AFMSning 44-bandiga muvofiq auditorlik tashkilotining nomi va uning rekvizitlari)

auditorlik tashkilotining auditori(auditorlari)___________________________________________________

(auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining berilgan sanasi va raqami)

tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt_________________________________________________________ning

(auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

______________________________________________________________________________________iborat

(moliyaviy hisobot shakllarining ro‘yxati)

______________yil (sana va hisobot davri ko‘rsatilgan holda) holatidagi moliyaviy hisobotining ishonchliligini majburiy (tashabbus tarzidagi) auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining javobgarligi

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir.

Auditorlik tashkilotining javobgarligi

Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat.
Biz “XXX” tashkilotining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat.
Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi.
Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi.
Fikr bildirishni rad etish uchun asos bo‘ladigan, maxsus qismda qayd etilgan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta’minlovchi yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmadi.

Fikr bildirishni rad etish uchun asos

Xo‘jalik yurituvchi subyekt “XXX”ning birgalikdagi faoliyatga ulushi 20XX yil 31-dekabr holati bo‘yicha buxgalteriya balansining “Uzoq muddatli investitsiyalar” moddasida XXX ming so‘m miqdorida aks ettirilgan va bu 20XX yil 31-dekabr holatiga ko‘ra sof aktivlar qiymatining 90 % ni tashkil etadi. Biroq, moliyaviy investitsiyalar, shuningdek ular bilan bog‘liq pul oqimlari yuzasidan tashqi dalillarni olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan cheklovlar va to‘siqlar o‘rnatildi.

Fikr bildirishni rad etish

Fikr bildirishni rad etish uchun asos bo‘lgan holatlar ko‘rsatilgan qismda qayd etilgan vaziyatlar muhim ekanligi sababli, bizda fikr bildirish uchun asoslarni ta’minlovchi yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati bo‘lmadi, va shundan kelib chiqib, biz xo‘jalik yurituvchi subyekt “XXX”ning moliyaviy hisoboti ishonchliligiga fikr bildirishni rad etamiz.

Auditorlik tashkiloti rahbari __________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Auditor (auditorlar)_________________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Xulosa tuzilgan sanaM.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)

NAMUNA

Tushuntirish qismi kiritilgan izohlar bilan fikr bildirilgan
AUDITORLIK XULOSASI

____________________________________________________________________________________________
(adresat)

Men (biz), ___________________________________________________________________________________

(70-son AFMSning 44-bandiga muvofiq auditorlik tashkilotining nomi va uning rekvizitlari)

auditorlik tashkilotining auditori(auditorlari)___________________________________________________

(auditorlar va auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, auditor malaka sertifikatining berilgan sanasi va raqami)

tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt_________________________________________________________ning

(auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

______________________________________________________________________________________iborat

(moliyaviy hisobot shakllarining ro‘yxati)

______________yil (sana va hisobot davri ko‘rsatilgan holda) holatidagi moliyaviy hisobotining ishonchliligini majburiy (tashabbus tarzidagi) auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining javobgarligi

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir.

Auditorlik tashkilotining javobgarligi

Auditorlik tashkilotining javobgarligi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasida� fikr bildirishdan iborat.
Biz “XXX” tashkilotining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat.
Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko‘rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo‘lishni ta’minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o‘tkazishni taqozo etadi.
Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo‘naltirilgan auditorlik amallarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi davomida olingan auditorlik dalillari moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida fikr bildirish uchun yetarli asos bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, maxsus qismda qayd etilgan izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta’minlovchi yetarlicha auditorlik dalillari mavjud.

Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos

20XX yil 31-dekabr holati bo‘yicha buxgalteriya balansining “Asosiy vositalar” moddasida miqdori XXX ming so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish uskunasining qiymati aks ettirilmagan. Shu sababli buxgalteriya balansining “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlik” moddasida 20XX yil 31 d�kabr holatiga ko‘ra mol yetkazib beruvchi oldidagi XXX ming so‘mlik kreditorlik qarzi aks ettirilmagan.

Izohlar bilan fikr bildirish

Bizning fikrimizcha, izohlar bilan fikr bildirish uchun asos bo‘ladigan bayon etilgan vaziyatlarning moliyaviy hisobotga ta’siridan tashqari, “XXX” tashkilotining 20XX yil 31-dekabr holatidagi moliyaviy hisoboti buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq barcha muhimlilik jihatlari bo‘yicha uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini va moliyaviy holatini haqqoniy aks ettiradi.

Tushuntirish qismi

Moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikrimizni o‘zgartirmagan holda, biz moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etilgan quyidagi axborotga diqqatni jalb etamiz: “ZZZ” tashkiloti tomonidan “XXX” xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan kiritilgan da’vosi bo‘yicha ish shu kunga qadar sudda ko‘rib chiqilishi yakunlanmagan.
Auditorlik tashkiloti rahbari __________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Auditor (auditorlar)_________________________________________________________

(familiyasi, imzo)

Xulosa tuzilgan sanaM.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”